O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
АLISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
ТАRIX FAKULTETI
UMUMIY TARIX KAFEDRASI
«O`RTA ASRLAR TARIXI»
FANIDAN
Mavzu
:
I-IV asrlarda Koguryo, Pekche va Silla nomli uchta davlatning
tashkil topishi.
Bajardi:
G`ulomov D.
203-guruh talabasi
Tekshirdi:
O`sarov S.
SAMARQAND-2014
Koguryo, Pekche va Silla –Koreya yarim orolidagi dastlabki shakllangan
uchta davlat bo`lib, aynan ulardan Koreyaning madaniy tarixi boshlanadi. Deyarli
bir vaqtda tashkil topgan bu uch davlat bir-biri bilan gegemonlik uchun kurash
olib borgan. Natijada Silla davlati ular orasida g`olib chiqib, mamlakatni o`zining
hukumronligi ostida birlashtirdi. Ilm ahli orasida bu uchta davlatning tashkil
topishi borasida turli xil nuqtai-nazarlar shakllandi. Umuman bu nuqtai-nazarlarni
ikkiga bo`lish mumkin.
Birinchi nuqtai-nazarga ko`ra Koguryo, Pekche va Silla nomli bu uchta
davlat milloddan avvalgi I asrdan milodiy I asr oralig`ida shakllangan.
Ma`lumotlarga bunday yondashuvdan maqsad Koreya madaniyatining paydo
bo`lishini yanada qadimiylashtirishga urunishdan iborat. Bu nazariya tarafdori Kim
Busik hisoblanadi. ,,Uch davlat haqidagi tarixiy xatlar’’ (Samguk Sagi) asariga
tayangan holda bu asar Xitoyliklarning tarixiy asarilari singari uch davlat haqida
ma`lumot beruvchi bizgacha yetib kelgan eng qadimgi manba bo`lib hisoblanadi.
Bu asar shuningdek aniq dalillar keltirilgan to`liq manba bo`lib hisoblanadi.
Agarda bu nuqtai-nazarni inkor etadigan bo`lsak, demak ,,Samguk Sagi’’ asari
ko`p jihatdan afsonalardan tashkil topgan manba deb hisoblashimiz mumkin.
Ikkinchi nuqtai-nazar tarafdorlarining fikricha Koguryo, Pekche, Silla
davlatchiligining tashkil topishi bir necha yuz yil davom etib, III-IV asrlarda bu
jarayon nihoyasiga yetgan deb hisoblashadi. Mahalliy tarixchilar ham bu nuqtai-
nazarni qo`llab-quvvatlaydilar. Janubiy Koreyada, oz bo`lsada bu nazariya
tarafdorlarini topish mumkin.
Seulning Kyonbokkun nomli qirollik saroyida 1990-yilning oxirigacha
mavjud bo`lgan. Janubiy Koreya Respublikasining Markaziy Tarixiy davlat
muzeyi xopdimlari ham ikkinchi nazariyani qo`llab-quvvatlab ular milodiy I asrni
,,Proto uch davlatlari’’ davri (,, Von Samguki’’) deb nomlaydilar. Ular arxeologik
ma`lumotlarga, tarixiy ,,Samguk Sagi’’(XII asr) kabi qo`lyozmalarga tayangan
holda o`z nazariyalarini ilgari surganlar. Bu kitobning muallifi ham ikkinchi
nuqtai-nazarni qo`llab-quvvatlaydi.
Umuman olganda bu uch davlatning madaniyati shakllanishini milodiy I
ming yillikning birinchi yuz yilligiga tegishli deyish mumkin. ,,Samguk Sagi’’
asrida keltirilgan bu uch davlat haqidagi dastlabki ma`lumotlarda keltirilishicha
ular dastlab qabilalar ittifoqi tarzida yuzaga kelgan. ,,Samguk Sagi’’ asarida
Koguryo, Pekche va Silla davlatlari tarixning boshlanishi milodiy I asrga to`g`ri
keladi deb ko`rsatilishi, aslida muallif yashagan XII asrga to`g`ri kelsa kerak.
Muallif bu ma`lumotlarni keltirishda o`sha davrda davlat tuzulishi to`g`risdagi
qarashlardan kelib chiqib o`zidan oldingi davr tarixini yoritib borgan. Yana shuni
esdan chiqarmaslik lozimki, Kim Busik tomonidan bu asar yozilgan. XII asrda hali
na Koreyada na dunyoning boshqa hech bir mamlakatida davlatchilik genezisi
haqida tushunchalar mavjud bo`lmagan.