1.4. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik innovatsion faoliyatining mazmuni va
ko‘rinishlari
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun pedagogik kadrlar tayyorlashni
takomillashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar kiritish uchun bu kadrlar
innovatsion faoliyati mazmuni to‘g‘risida aniq tasavvur mavjud bo‘lishi kerak.
Model ustida ishlashning umumiy tizimida bizning tadqiqotlarmiz
ko‘lami o‘qituvchi innovatsion faoliyati mazmunini o‘rganish bilan
cheklanganligi sababli bu mutaxassis uchun kasbiy-pedagogik faoliyatning
muhim va eng tipik ko‘rinishlarini ajratib ko‘rsatish va ilmiy asoslash asosiy
vazifamizdir.
50
Adabiyotlar (V.A. Slastyonin, L.S. Podыmova, Ye.P. Morozov, P.I.
Pidkasistыy, V.S. Lazerov, N.V. Konoplina. N.R. Yusufbekov, va boshqalar) va
mustaqil fotografiyalar kartasi tahlili hozirgi kun uchun innovatsion faoliyat
ko‘rinishlar ro‘yxatini tuzish imkonini berdi (46,36,29,30,58,59,60,61). 50 dan
ortiq faoliyat ko‘rinishlari ajratildi. Olingan materiallarni yanada tizimlashgan
holda yetkazib berish uchun standart ro‘yxatni ishlab chiqishda ularni ma’lum
alomatlar bo‘yicha turli darajada sinflarga ajratib chiqdik.
Faoliyat tahlili bosqichlari uni izohlash o‘lchami bilan aniqlanadi.
Izohlash o‘lchami deganda sinflash asosi soni tushuniladi va u ob’ektning
o‘lchamlari soniga mos keladi. Bu o‘lchamlar mos ravishda bir necha
gradatsiyalardan iborat bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatning alohida ko‘rinishlarini biror bir alomat: amalga
oshirish usullari, vaqt va makon tavsifi, emotsional keskinlik va boshqalar
bo‘yicha o‘zaro ajratish mumkin. Biroq bir faoliyat ko‘rinishini boshqasidan
ajratishda eng asosiysi ularning predmeti (ob’ekti)dagi farqdir.
Umuman olganda, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari bilan bo‘lgan
o‘qituvchi faoliyati turli ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bu ko‘rinishlarning har
biri o‘zining xususiy ob’ektiga ega bo‘ladi.
Bo‘lajak o‘qituvchi innovatsion faoliyatining turli ko‘rinishlari ob’ektlari
o‘quvchilar va pedagogik innovatika hisoblanadi (o‘qituvchi-innovator
faoliyatining an’anaviy tarzda dars beruvchi o‘qituvchi faoliyatidan farqi ham
shundadir).
Biroq har qanday faoliyat maqsad, vosita, natija va faoliyat jarayonining
o‘zini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun birinchi darajada faoliyatni ikki asos:
faoliyat ob’ekti va maqsadi bo‘yicha sinflarga ajratdik. Natijada beshta guruh
tashkil topdi, ularni biz faoliyat tiplari deb atadik (1.1 jadval).
1.1 jadval
51
Do'stlaringiz bilan baham: |