Zaripova Matluba Qulfitdinovna



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana08.01.2022
Hajmi1,68 Mb.
#332287
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
книга

Modellashtirish
  –  tabiatdagi  shunday  ob’ektni  (modelni)  qurish  (yoki 
tanlash)  va  o‘rganish  bo‘lib,  unga  tadqiqot  etilayotgan  ob’ektni  shunday 
joylashtirish mumkinki, uni o‘rganish bu ob’ekt haqida yangi axborotlar beradi 
(47-B.13). 
Bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatini modellashtirishda majmuaviy yondashuv 
qabul qilingan bo‘lib, unga “ob’ektni qarab chiqishda fanlararolik, to‘laqonlilik 
va  ko‘p  bosqichlilik”  ko‘rsatmalari  xarakterlidir.  (47-B.12).  Bu  prinsiplar 
modellashtirishning  real  tadqiqot  vositalaridan  biri  hisoblanib,  o‘qituvchining 
loyihalashtirilayotgan innovatsion faoliyati yaxlitligini ta’minlash uchun xizmat 
qiladi.  Modelni  yaratish  bo‘yicha  keyingi  harakatlarimizni  aniqlab  olish 
maqsadida ana shu prinsiplarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Fanlararolik  prinsipi  ob’ekt  to‘g‘risida  predmetli  tasavvur  sintezini 
amalga  oshirishni  nazarda  tutadi,  ya’ni  bo‘lajak  mutaxassis-o‘qituvchilar 
innovatsion faoliyatini izohlash ular o‘rganadigan jamiyatshunoslik, psixologik-
pedagogik,  uslubiy  va  boshqa  fanlarga  tayanadi.  Innovatsion  faoliyatning 
standartli ro‘yxatini aniqlashda fanlarning oqilona maqsadga  muvofiq ishtiroki 
fanlararo tadqiqot ta’minlanmaydi. Ushbu prinsipning asosiy vazifasi – modelni 
yaratish  maqsadida  fan  mutaxassislari  o‘rganadigan  barcha  fanlarning  o‘zaro 
bog‘lanish masalasidur.  


44 
 
Ikkinchi  prinsip  (tadqiqotning  to‘laqonliligi)  ob’ektni  modelga  adekvat 
ifodalashdan  kelib  chiqadi.  Ma’lumki,  tadqiqotning  to‘laqonli  bo‘lmasligi 
olingan  natijaning  ob’ektiv  bo‘lmasligini  bildiradi,  bu  esa  undan  foydalanish 
sohasining  torayishiga  olib  keladi.  To‘laqonlilik  deganda  ob’ektning  tadqiq 
qilingan  qirralari  tushuniladi,  bu  tuzilmaviy  ko‘rinishda  uning  bir  butunligini 
adekvat  ifoda  etadi.  Tahlilning  to‘laqonliligi  modelda  innovatsion  faoliyatning 
barcha tomonlari qayd etilishining bevosita kafolati sanaladi. Shu holatni hisobga 
olgan  holda  o‘qituvchi  faoliyati  ko‘rsatkichlari  to‘plami  va  uning  morfologik 
tarkibi  turli  usullar  yordamida  ko‘p  martalab  tekshirish  tufayli  yetarli  darajada 
to‘liq (mutlaq emas, albatta) shakllanadi. 
Uchinchi prinsip tadqiq qilinayotgan ob’ektni o‘rganishni har bir darajada 
ob’ektning  yaxlitligini  ifodalashga  qodir  bo‘lgan  yana  ham  umumiyroq  va 
yanada xususiyroq omillar, vaziyatlar, holatlarga ajratishni talab qiladi. Bo‘lajak 
o‘qituvchining innovatsion faoliyati modelini yaratishda ko‘p bosqichlilik uning 
barcha  bosqichlarida  o‘z  ifodasini  topgan.  Shuning  uchun  bu  prinsip  negizida 
mutaxassis-o‘qituvchining  innovatsion  faoliyatining  komponentlar  ro‘yxati, 
ya’ni  umumiy,  oraliq  va  konkret  darajadagi  komponentlar  ro‘yxati  tuziladi. 
Mazmun har bir bosqichda alohida aks etadi va turli maqsadlarga xizmat qiladi.  
Bo‘lajak o‘qituvchi modelini ishlab chiqishda ikki o‘zaro bog‘liq va bir-
birni  taqozo  qiluvchi  ob’ekt:  bo‘lajak  o‘qituvchi  shaxsi  va  uning  innovatsion 
faoliyati e’tiborga olinadi. Bunday faoliyatni biz bir tomondan, umumlashtirilgan 
va  yetarli  darajada  soddalashtirilgan  fenomen  sifatida  qaraymiz.  Ikkinchi 
tomondan  esa,  maktab  ta’limi  alohida  va  umumiy  maqsadlarini  –  o‘quvchi 
yoshlarni mustaqil hayotga va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi talablari muvofiq 
ravishda  mehnatga  tayyorlashni  amalga  oshiruvchi  ma’lum  doiradagi 
sub’ektlarga  (mansabdor  shaxslarga)  xos  bo‘lgan  tizim  sifatida  ko‘ramiz.  Bu 
faoliyat  bir  qator  alohida  harakatlar  (umumiy  maqsadga  erishish  usullari)  va 


45 
 
o‘zaro aloqador komponentlardan tarkib topadi, ularning har biriga mutaxassis – 
fan o‘qituvchining ma’lum kasbiy funksiyasi mos keladi.  
Innovatsion  faoliyat  modelini  shakllantirishda  jamiyatning  har  bir 
a’zosiga  xos  bo‘lgan  shaxs  sifatlari  va  xususiyatlari  ichidan  faqatgina  eng 
ahamiyatli 
va 
bo‘lajak 
o‘qituvchi 
o‘z 
mutaxassisligi 
uchun 
umumlashtirilganlarini tanladik. Ularni o‘qituvchi dars beradigan fanga bog‘liq 
ravishda  aniqlashtirishi  pedagogik  innovatsiyani  amalga  oshirishga  nisbatan 
ahamiyat kasb etmaydi.  
Biz  ishlab  chiqqan  bo‘lajak  o‘qituvchining  umumiy  o‘rta  ta’lim 
maktablaridagi innovatsion faoliyati modeli tuzilmasi 1.2 rasmda keltirilgan. Bu 
tuzilma asosan to‘rtta asosiy ko‘rsatkich bilan ifodalangan bo‘lib, ular bo‘lajak  
o‘qituvchi innovatsion faoliyatining ichki tuzilmasini aks ettiradi: 
1. Innovatsion faoliyatning umumiy maqsadi; 
2. Innovatsion faoliyatning mazmuni; 
3. Innovatsion faoliyat samaradorligini ta’minlovchi vositalar; 
4. Innovatsion faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlari (1.2 rasm). 
Bunda innovatsion faoliyat modelining birinchi va oxirgi komponentlari 
“bo‘lajak  o‘qituvchi faoliyatining ijtimoiy-kasbiy  foni” blokiga birlashtirilgan. 
Bunday  uslubiy  yondashuvni  amalga  oshirgandan  keyin  innovatsion  faoliyat 
modeli qolgan ikki ko‘rsatkich bilan batafsil tavsiflanadi: 
I. Innovatsion faoliyat mazmuni quyidagilardan tashkil topgan: 
A.  Muammolar  (masalalar),  ya’ni  bo‘lajak  o‘qituvchilar  tomonidan 
bosqichma-bosqich hal etiladigan O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning  yangi  shart-sharoitida  o‘quvchilarni  mustaqil  hayotga  va 
mehnatga tayyorlash bilan bog‘liq muhim muammolar va masalalar. 


46 
 
 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish