pedagogik yangiliklarni ishlab chiqish » faoliyatning to‘rtta sinfini o‘z ichiga oladi. Birinchi sinf «amaliyotni
tanqidiy tahlili» bo‘lib, uning vazifasi pedagogika nazariyasi va amaliyotida
muammoning ishlanganlik darajasini aniqlashdan iborat. Ikkinchi sinf esa
«muammoni hal qilish g‘oyalarini izlash», uning vazifasi mavjud ziddiyatlarni
o‘rnatish, ularni hal etish usullari va uslublarini tanlashdir. “Innovatsion
loyihalarni ishlab chiqish” uchinchi sinf bo‘lib, uning vazifasi loyihalash
bosqichlarini ajratish, har bir bosqich maqsadlarini, ularni amalga oshirish
vaqtini aniqlashtirish hisoblanadi. Va nihoyat, to‘rtinchi sinf – bu “innovatsion
loyihalarni baholash”, uning vazifasi natijaviylikni baholash sanaladi.