65
22-MAVZU. IQTISODIG’TNING TSIKLLILIGI VA
MAKROIQTISODIY BEQARORLIK.
REJA:
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning tsiklligi.
Iqtisodiy
inqirozlar.
2. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.
3. Iqtisodiy tsikl nazariyalari. Tsiklning iqtisodiyotning
alohida sohalariga
ta’siri.
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
tsiklligi. Iqtisodiy inqirozlar.
Har
qanday mamlakat, shu jumladan industrial
rivojlangan mamlakatlar ham
iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning
barqaror darajasiga
erishishga
harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish
bir tekis va uzluksiz
bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish
ketidan
doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib
bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi
va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: