4. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini
o’zgartirish vazifalari.
Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida
nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib
qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish
jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U
iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab
chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik
holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga
oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad
eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin
darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l
qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish,
uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash
kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida
sinalgan yondashuvlar hisobga olinib ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish
talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun
xalq xo’jaligining rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan etakchi tarmoq va
sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab
chiqarishning orqaga ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Shu
sababli respublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik sohasida
ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishini sekinlashtirishga moyillik ko’zga
tashlanadi, ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita
etakchi tarmog’i sanoat va qishloq xo’jaligini isloh qilish va qo’llab - quvvatlashga
qaratilgan tadbirlar natijasida sanoatda 1995 yildayoq qishloq xo’jaligida 1997 yilda
ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtatildi.
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997 yil keskin burilish davri bo’ldi,
islohatlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi ichki mahsulotning
o’sishi (105,2%) aholi sonining o’sishidan (101,8%) yuqori bo’ldi
1
. Bu ijobiy
tamoyillar 1998 va undan keyingi yillarda mustahkamlab borildi. Natijada 2002 yilda
YaIM - 4,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi - 6,4 foizga, qishloq xo’jalik
mahsulotlari - 3,2 foizga ko’paydi. Iste’mol mollari ishlab chiqarish 7,7 foizga
chakana tovar aylanishi - 7,8 foizga, aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi esa 14,0
foizga ortdi. Davlat byudjeti kamomadi YaIM ning bir foizidan oshmadi. Naqd pul
emissiyasi 9,4 foizni tashkil etdi. Jami pul massasi, belgilangan darajada - ya’ni
YaIMga nisbatan 19 foizdan oshmadi
1
.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta
qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo’jalik majmuasining bunyod etilganligi,
1
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi ma’lumotlari.
1
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. «Xalq so’zi».
№
37. (2599).
62
birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini
davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy
e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirishga qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida
vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot
tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni
qisqartirish, xalq xo’jaligining xom ashyo etishtirishga qartilgan bir tomonlama
yo’nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar
ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish
asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini
hal etish bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o’zgarishlar -
respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni
rivojlan-tirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o’zak tarmoqlarni -
neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik
majmuasini, qishloq xo’jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini
rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Xalq xo’jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o’zgartirish asosida
umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg’arish fondi o’rtasidagi
eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o’rin tutadi. Iste’mol fondining eng
maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o’rtasida mutanosiblikni
ta’minlashchda muhim rol o’ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy
takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko’proq e’tibor
berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish muammosini
hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari,
transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida
e’tibor beriladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasida tarkibiy qayta qurishlar faol investitsiya
siyosatini o’tkazish orqali amalga oshirildi. Shu sababli respublika investitsiya
bazasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, bunda o’z sarmoyalarimiz, tashqi
kreditlar, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalaridan o’rinli foydalanish
ko’zda tutildi. Tashqi investitsiyalarni jalb qilishda bevosita investitsiyalar tarzida,
davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlar
moliyaviy-kredit resurslari shakllarida amalga oshirish mumkinligi hisobga olinadi.
Shunday qilib, respublikada iqtisodiy islohotlar davomida makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurish vazifalariga
aholining real turmush darajasini yaxshilash uchun zaruriy shart-sharoitlarni vujudga
keltirish sifatida qaraldi.
63
Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga yo’l tutilgan
hozirgi sharoitda ham «...iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom
ettirish»
1
iqtisodiyot sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bu o’z navbatida boy tabiiy zahiralarimiz, mineral xom-ashyo, mehnat
resurslarimizdan, intellektual hamda ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to’liq va
samarali foydalanishni taqazo etadi.
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish mahalliy xom-ashyo va tabiiy
imkoniyatlar asosida ishlaydigan, ilg’or zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan
holda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobatga bardosh beradigan mahsulot
ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga qaratilishi zarur.
Yangi bosqichda xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish, ularning
iqtisodiyotdagi o’rnini kuchaytirishga alohida e’tibor beriladi. Chunki, bu soha yangi
ish joylarini yaratishning muhim omili bo’lish bilan birga, aholi turmush darajasining
o’sishi ham uning rivojlanish darajasiga bog’liq.
1
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.: «O’zbekiston», 2000, 15-bet.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |