Bunday sharoitda umumiy muvozanatlik holatini (yalpi talab va yalpi taklif mos
kelishi), turg’un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni
taqozo etadi. Bu barcha aytilganlardan xulosa chiqaradigan bo’lsak, umumiy
muvozanatlik butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, mamlakat milliy iqtisodiyotining
mutanosibligidir.
Bu barcha tarmoqlar, sohalar va iqtisodiyot birlamchi bo’g’inlarining bir
me’yorda rivojlanishini ta’minlagan, iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, barcha
bozorlar va iqtisodiy jarayon munosabatlarining ayrim tomonlari o’rtasidagi barqarorlik
xarakteridagi bir qator muvozanatliklar tizimini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |