ikkinchi yo’nalish
sobiq sotsialistik lager
mamlakatlari iqtisodiy tizimining inqirozga uchrashi oqibatida vujudga keldi. Bu
mamlakatlarda shiddatli tarzda ro’y bergan ijtimoiy-iqtisodiy beqarorliklar, ya’ni
iqtisodiy o’sish sur’atlari va bandlik darajasining surunkali pasayib borishi, inflyatsion
jarayonlarning noxush oqibatlari hamda takror ishlab chiqarishdagi doimiy ravishda
vujudga kelib turgan boshqa nomutanosibliklar, makroiqtisodiy muvozanatlikka erishish
orqali iqtisodiy o’sishni zarur qilib qo’ydi. Bu nazariya iqtisodiy fanlar oldiga «iqtisodiy
muvozanatlik» tushunchasining iqtisodiy mazmunini, uni ta’minlashning shart-
sharoitlarini va namoyon bo’lish shakllarini ilmiy nazariy tadqiq qilish vazifasini ham
qo’yadi.
Shu sababli sobiq SSSR hududida vujudga kelgan Mustaqil Xamdo’stlik
Davlatlari iqtisodchi olimlari tomonidan mazkur muammoning nazariy va amaliy
tomonlarini o’rganishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bunda albatta rossiyalik
iqtisod-chilar tomonidan bildirilgan fikr va qarashlar ustuvorlikka ega. Biroq, «iqtisodiy
muvozanatlik tushunchasi» turli iqtisodchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi.
Ayrimlar, iqtisodiy muvozanatlikni cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan
foydalanish usullari va ularni jamiyat a’zolari o’rtasidagi taqsimlashning o’zaro mos
kelishi sifatida tavsiflaydi
1
.
Iqtisodiy muvozanat tushunchasiga berilgan bu ta’rif quyidagi sabablarga ko’ra
cheklangandir.
Birinchidan, unda jamiyat ehtiyojlari bilan milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari
ya’ni mavjud iqtisodiy resurslar darajasi o’rtasidagi bog’liqlik tushuntirib berilmaydi.
Ikkinchidan, muvozanatlik resurslardan foydalanish usullari bilan ularning
taqsimlanishi o’rtasidagi bog’liqlik sifatida bir tomonlama talqin qilinadi.
Boshqalari iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodi¸tning shunday bir holatiki,
bunda tovarlar va xiz-matlarni yaratishda foydalaniladigan cheklangan ishlab chiqarish
resurslari va ularni jamiyatning turli a’zolari o’rtasida taqsimlanish jarayoni mos kelishi
lozim, ya’ni resurslar va ulardan foydalanish natijalari, ishlab chiqarish va iste’mol, talab
va taklif, moddiy buyumlashgan va moliyaviy oqimlar o’rtasida yalpi mutanosiblik
mavjud bo’ladi
2
degan fikrni ilgari suradi.
Bunda iqtisodiy muvozanatlik tushunchasining mazmuni uning tarkibiy qismlari
bilan birgalikda ancha to’liq ta’riflangan bo’lsada, ishlab chiqarishning natijalari uning
pirovard maqsadi «jamiyat ehtiyojlari» bilan bog’lanmagan
3
. Ko’pchilik hollarda
makroiqtisodiy muvozanatlikka yuzaki yondashib, umumiy (abstrakt) ta’rif berilsa ayrim
adabiyotlarda unga milliy mahsulot va milliy daromad alohida qismlari o’rtasidagi
4
mahsulotlar va daromadlar o’rtasidagi ma’lum bir nisbat (makroiqtisodiy nisbat) sifatida
qaraladi.
Ko’pincha iqtisodiy muvozanatlik bozor muvozanatini xarakterlovchi yalpi talab
va yalpi taklif o’rtasidagi nisbat sifatida ham talqin qilinadi.
1
Qarang: Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnoe posobie // Pod obshch. red. N.I.Bazileva Minsk, BGEU, 2000g str.126.
2
Qarang: Sajina M.A., Chibrikov G.G.. Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik dlya vuzov – M: izd.gr NORMA-INFRA.
M; 1998, str. 267.
3
Qarang: Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik dlya studentov visshix zavedeniy // kol.avt. Abduraxmanov K. i dr. 1. –
T: "Sharq", 1999, str. 338.
4
Qarang: Menshikov. P. Novaya ekonomika. Moskva, izd. "Bek", 1999, str. 199.
54
Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, iqtisodiy muvozanat tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |