90
-
barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq
undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning
progressiv shakllari
uchun soliq normalarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator printsiplarga asoslanadi.
1. Naflilik printsipi - har xil kishilardan, ularning soliqlar hisobiga
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi
kerakligini bildiradi.
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi
ifodasi soliq stavkasi (R)` deyiladi yoki,
R=
R
D
*100%
2. To’lovga layoqatlilik printsipi - soliq miqdori soliq to’lovchining
boyligi va
daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish
daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur.
3. Adolatlilik printsipi - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish
darajasi bo’yicha teng bo’lgan kishilar teng miqdorda soliq to’lashi zarur.
Soliq bo’yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va
sharoitlar asosida o’rnatiladi. Soliq imtiyozlarining amaliyotda quyidagi turlari keng
tarqalgan:
- ob’ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
-
soliq to’lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan,
urush
fahriylarini) ozod qilish;
- soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
- soliq olinadigan summadan chegirish;
- soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga
kamaytirish).
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi.
Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda
progressiv (o’sib boruvchi), proportsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi)
soliqlarga bo’linadi.
1. Agar soliqning o’rtacha stavkasi daromadlar ortishi bilan o’sib borsa,
progressiv
soliq hisoblanadi.
2. Daromadlar o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar
regressiv soliqlar deyiladi.
3. Proportsional soliq o’rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog’liq bo’lmagan
holda o’zgarishsiz qolishini taqazo qiladi.
91
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot
tannarxiga qo’shilish usuli (to’g’ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab
ham turkumlanadi.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko’rsatib, iqtisodiy faollikni
tartibga solishning vositalaridan biri rolida ham chiqadi.
Bunda davlat butun xo’jalik kon’yunkturasiga umumiy ta’sir ko’rsatish
maqsadida, soliq mexanizmidan keng foydalanadi. Davlat iqtisodiyotdagi turg’unlik
holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital quyilmalarni
rag’barlantiradi, hamda shu orqali iste’molchilik va investitsion tovarlarga yalpi
talabni kengaytirish uchun ancha kulay sharoit yaratadi.
Soliqlarni pasaytirish
iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o’sishiga olib kelishini birinchi bo’lib
amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko’ra,
korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish, ularning
kapital qo’yilmalariga bo’lgan rag’batini susaytiradi, fan texnika taraqqiyotini
to’xtatadi, iqtisodiy o’sishni sekinlashtiradi va bular oxir oqibatda, davlat byudjeti
tushumlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavka (norma) si o’sishi o’rtasidagi
bog’liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig’i” nomini oldi. (7-Chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: