2. Oqova suvlarni oqizish tarmog’idagi quduqlar tuzilishi
Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarida kuzatish, ulash, yuvish, sath quduqlari,
ishlatiladi. Ikki va undan ortiq tarmoqlar ulanishda quduqlarning o’lchamlari yirik
bo’lib kamera deb nomlanadi.
Kuzatish quduqlari, quvurlarni, kvartallarni, ko’cha tarmoqlariga, kollektorlarga
ulanish joylarida va to’g’ri uchastkalarda mahlum masofalarda joylashtiriladi va
tarmoq boshida urnatiladi.
Quvur diametri,mm
Quduqlar orasidagi masofa,m
200...450
50
500...600
75
700...900
100
1000...1400
150
1500...2000
200
2000 dan ortiq
250...300
Burilish quduqlari oqova suvlarni oqizish tarmoklarining yo’nalishi o’zgarish
joylarida o’rnatiladi.
Bog’lanish quduqlari ikki va undan ortiq oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini
ulanishida ishlatiladi.
Nazorat quduqlari hovli kvartal oqova suvlarinioqizish tarmoqlarini ko’cha
oqova suvlarini oqizish tarmog’iga ulanish joyida o’rnatiladi.
Yuvish quduqlari oqim tezligi past bo’lgan uchastkalarda, tushib qolgan
cho’kmalarni vaqti - vaqti bilan yuvib turish uchun ishlatiladi.
Sath
quduqlari har sathda quvurlarni ulash uchun ishlatiladi.
Maxsus quduqlar diametri 600 mm ortiq bo’lgan kollektorlarda har 300, 500 m
masofada o’rnatiladi. Bu quduqlarning og’zi oddiy quduqlardan kattaroq bo’lib
quduqlarga tozalash jihozlarini tushirish uchun mo’ljallangan.
Quduqlarning diametri quvur diametriga bog’liq holda quyidagi jadvaldan
qabul qilinadi.
Quvur diametri, mm gacha
Quduq diametri, mm
600
1000
700
1250
800 1000
1500
1200
2500
CHuqurligi 1,2 m gacha hovli va kvartal oqova suvlarni oqizish tarmoqlarida
700 mm quduqlarni ishlatish ruxsat etiladi.
Kuzatish qudug’i asos, ishchi kamera, torayish yoki bevosita tom va qapqoq
bilan yopiladigan og’iz qismlardan iborat. Asos qismi beton yoki temirbeton plita
(GOST 8020 68) va ustida joylashgan monolit lotokdan iborat. Yer osti suvlarining
sathi past joylashgan hollarda plita qalinligi 80 mm, aks hollarda hisob bo’yicha
qabul qilinadi. Plita ustiga quvur uchlari mindiriladi va rostlovchi toshlar bilan
atrofi to’ldiriladi. Quvurlar orasida monolit betondan lotok shablon yordamida
bajariladi. Ariq (lotok) balandligi eng katta quvur diametriga teng bo’lishi kerak.
Ariq (lotok) bilan quduq devori orasidagi joy berma
deb ataladi va quduq tomonga
0,02 ÷ 0,03 nishablikda bajariladi.
Ishchi kameraning balandligi 1800 mm ichki diametri 700, 1000, 1500, 2000
mm aylana temirbeton elementlardan bajariladi. Bularning balanligi 290, 590, 890
mm, qalinligi esa 70, 80, 90 va 100 mm. Daimetri 700 mm gacha quvurlarda
to’g’ri burchakli quduqlar ham ishlatiladi 1000 x 400 mm.
Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarida quduqlar turli maqsadlarda: tarmoqlarning
ishlashini tekshirish, tozalash, tarmoqlarda tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash va yuvish
uchun quriladi. Quduqlar tarmoqlarida o’rnatilgan joyi va maqsadiga ko’ra quyidagi
turlarga bo’linadi:
1. Kurish quduqlari.
2. Ulash quduqlari.
3. Yuvish quduqlari.
4. To’g’ri chiziqdagi tarmoqda o’rnatilgan quduqlar.
5. Har xil balandlik oqova suvlarini ulash va oqova suv tezligini kamaytirish
uchun quriladigan quduqlar.
6. Maxsus quduqlar.
Kurish quduqlari oqova suvlarni oqizish quvurlari yoki kollektorlar ustida shaxta shaklda
ko’rilib, ichkaridagi quvur yoki kollektorlar ochiq tarnov bilan almashtirilgan bo’ladi (39-
rasm).
Ulash quduqlari quvurlar o’zaro ulanadigan joylarda urnatiladi. Bu quduqlarda
oqova suvlar oqib keladigan quvurlarning soni uchtadan oshmasligi va oqova
suvlarni oqizib ketadigan quvurlar alohida – alohida bo’lib, barchasi ochiq tarnov
yordamida o’zaro ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |