1-2-ma’ruza



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/208
Sana07.01.2022
Hajmi3,84 Mb.
#329432
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   208
Bog'liq
suv taminoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari

23 - AMALIY MASHG’ULOT 
Oqova suv tarmog’idagi quvurlarni ulanishi va quduqlar tuzilishi. 
Reja: 
1. Oqova suvlarni oqizish tarmog’idagi quvurlarni ulanishi 
2. Oqova suvlarni oqizish tarmog’idagi quduqlar tuzilishi 
 
1. Oqova suvlarni oqizish tarmog’idagi quvurlarni ulanishi 
     Sopol quvurlar ichki va tashqi tomonidan sirlanadi. Ular agressiv yer osti va oqova 
suvlarga  chidamli,  suv  o’tkazmaydi,  ko’pga  chidamli  quvurdir.  Asosan  xo’jalik  - 
maishiy va sanoat oqova suvlarini oqizish uchun ishlatiladi. 
     Sopol  quvurlar  GOST  286—82  asosida,  rastrubli  ichki  diametri  125—600  mm, 
uzunligi 800 mm dan 1200 mm gacha tayyorlanadi. 
     Quvurlar bir - biriga yaxshi ulanishi uchun rastrubli qismining ichki  yuzasi va  tekis 
tomonining tashqi yuzasi nov shaklida taram - taram qilinadi. 
     Kislotali  oqova  suvlarni  oqizishda  kislotaga  chidamli  quvurlar  va  fason  qismlar 
kislotaga  chidamli  loydan  va  boshqalardan  tayyorlanadi.  Kislotaga  chidamli  quvurlar 


diametri  50  mm  dan  500  mm  gacha,  uzunligi  300  mm  dan  1000  mm  gacha 
tayyorlanadi. 
     Rastrubli  sopol  quvurlarni  ulash  quyidagi  usulda  amalga  oshiriladi.  Sopol 
quvurning  silliq  tomoni  ikkinchi  quvuraing  og’ziga  kiritiladi  va  ular  orasidagi 
halqasimon  bo’shliq  1/2  chuqurlikda  smolaga  shimdirilgan  kanop  tolasidan 
tayyorlangan  arqon  bilan  mahkamlanib,  qolgan  qismi  asfalg’tdan  va  1—2  qismi 
bitumdan iborat bo’ladi.  Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarida sopol quvurlar beton 
ustiga  yotqizilganda,  ularning  ulangan  joylarini  asfalg’tli  mastika  o’rniga  tsement  yoki 
asbestotsementli  qorishmalar  bilan  to’ldirish  munikin.  Asbestotsementli  qorishmalar 
tarkibida  30%  asbestotsement  tolasi  va  70%  tsement  (markasi  300  va  undan  yuqori) 
aralashmasi  bo’lib,  ular  10%  hajmdagi  suv  bilan  namlanadi.  TSementli 
qorishmalarning bir qismi tsement va bir qismi qumdan tayyorlanadi. 
     Sopolli  quvurlarni  ulashda  polivinildan  tayyorlangan  konussimon  halqalar, 
shuningdek, rezina halqalar ham ishlatiladi. 
     Beton va temir - beton quvurlar turli maqsadlar uchun qurilgan oqova suvlarni oqizish 
tarmoqlarida qo’llaniladi. Ular bosimli va bosimsiz holda tayyorlanadi. 
     O’zi  oqar  oqova  suvlarni  oqizish  tarmoqlarida  beton  va  temir  -  beton  quvurlar 
GOST  20054-82,  GOST  6482-79,  GOST  6482.1—79  rastrubli  va  chashkalari  silliq, 
ichki diametrlari quyidagicha bo’ladi: 
beton quvurlar — 150—600 mm 
temir - beton quvurlar — 300—1500 mm 
Bosimsiz temir - beton quvurlar. 
     Bosimsiz  temir  -  beton  quvurlar  yer  ostida  bosimsiz  suv  oqizish  quvurlari 
loyihalanganda,  xo’jalik  -  maishiy,  yomg’ir  va  sanoat  oqova  suvlari  oqizilganda 
qo’llaniladi.  Bunday  oqova  suvlar  quvurlarga  va  ularning  ulash  qurilmalariga  zarar 
keltirmaydigan bo’lishi lozim. 
     Agar oqiziladigan oqova suvlar betonlarga zarar keltiradigan bo’lsa, quvurlar bunday 
suvlarga chidamli bo’lgan betonlardan tayyorlanadi. Bosimsiz temir - beton quvurlar 
GOST 6482.0— 79 va GOST 6482.1—79 asosida tayyorlanadi. 
            
 
Rasm - 38

Beton va temir-beton quvurlarining ulash usullari: 


a, d, ye — beton quvurni ulash; b, f— temir - beton quvurni ulash; a — beton quvurni 
mufta  yordamida  ulash;  d—  chekkasi  o’yilgan  quvurlarni  ulash;  ye—  og’zi 
kengaytirilgan quvurlarni rezinali manjet yordamida ulash; 
1 — og’zi kengaytirilgan qismi; 2 — silliq tomoni; 3 — mufta; 4 — rezinali halqa; 5— 
og’zi  torayadigan  rezinali  halqa;  6—  asbestotsementli  qorishma;  7—  tsementli 
qorishma; 8— smolaga shimdirilgan arqon. 
Quvurlarning quyidagi turlari mavjud: 
     RT  —  og’zi  kengaytirilgan  tsilindrik  quvurlar,  ularni  o’zaro  bir  -  biriga  ulashda 
suv o’tkazmaydigan zichlagichlar yoki materiallar ishlatiladi
     RTB  —  og’zi  kengaytirilgan  tsilindrik  quvurlar  ulanadigan  qismining  tashqi 
tomonida  tayanadigan  bo’rtiq  bo’ladi,  ularni  ulash  rezinali  halqalar  bilan  amalga 
oshiriladi; 
     RTS  —  og’zi  kengaytirilgan  tsilindrik  quvurlarning  silliq  tomonida  o’zaro  ulash 
bosqichli amalga oshiriladi, rezinali halqa yordamida ulanadi; 
     FT  —  qirralari  uzilgan  tsilindrik  quvurlar,  ularni  o’zaro  bir  -  biriga  ulashda  suv 
o’tkazmaydigan zichlagichlar yoki boshqa materiallar ishlatiladi; 
     RTF — og’zi kengaytirilgan poshnali quvurlar, ularni o’zaro bir - biriga ulashda suv 
o’tkazmaydigan zichlagichlar yoki boshqa materiallar ishlatiladi. 
 

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish