103
4.Korxonani tugatish chog‘ida mehnat jamoasi a’zosining ko‘shgan xissasi karz
berganlarning da’volari nizomda ko‘zda tutilgan shartlari asosida belgilangan va tartibda
kondirilgandan so‘ng unga pul shaklida yoki kimmatli kog‘ozlar bilan beriladi.
5.Qarz berganlarning va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari kondirilgandan keyin
kolgan mol-mulkdan mulkdorning ko‘rsatmasiga binoan foydalaniladi.
6.Korxona qaytadan tashkil etilganida uning xuquq va majburiyatlari qonuniy
vorislariga o‘tadi.
Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning eng yirik, etakchi tarmog‘idir. Unda mehnat
qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi
yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv
elementlari ishlab chiqariladi; er osti boyliklari qazib olish amalga oshiriladi; mineral,
o‘simlik va xayvon xom ashyosiga ishlov beriladi, keng iste’mol mollari tayyorlanadi va
x.k.lar.
Sanoat milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari, mehnat
qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash,
sport, turizm va boshqa soxalar rivoji sanoatning taraqqiyot darajasiga bog‘liq.
Sanoat jamiyatning etakchi kuchi bo‘lgan ishchilar sinfini o‘zida birlashtiradi.
Sanoat rivoji tufayli unda band bo‘lgan xodimlarning soni ko‘payadi, ularning bilimi va
ilmi, maxorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Sanoat soxasida mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi bo‘lgan
konsentratsiyaning yuqori darajasi va shu asosda ijtimoiy ishlab chiqarishni
uyushtirshning ilg‘or usullari - maxalliylashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash,
kooperativlashtirish va kombinatsiyalashtirish soxasida ustunlik qiladi.
Sanoat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni qayta ko‘rishning negizi xisoblanadi. Uni
yangi texnika bilan ta’minlash orqali fermer, shirkat, dexqon xo‘jaliklarini va boshqa
shakllarda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlarni iqtisodiy va madaniy jixatdan yuqori
darajaga ko‘tarishga, shahar bilan qishloq o‘rtasidagi muhim tafovutlarni yo‘kotishga,
dexkon mehnatini industrial mehnatga aylantirishga yordam beradi.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy manbai, dunyoda tinchlikni
saqlashning muhim omili, mamlakatlar mustaqilligini va birdamligini ta’minlovchi muhim
soxadir.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg‘ona bilan So‘xda oltin,
mis, temir, Ilokda ko‘rg‘oshin, kumush, oltin, SHaxrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
Ikkinchi jaxon urushigacha 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan,
"Tashselmash", Toshkent to‘kimachilik kombinati, CHirchik elektrokimyo kombinati,
Kattako‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Kuvasoy sement korxonalari kurildi. Neft va
rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati maxsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: