101
tomonidan belgilab beriluvchi xujjatlar takdim etiladi. Ro‘yxatga olish 30 kun mobaynida
amalga oshirilishi lozim.
Ro‘yxatga olish uchun kuyidagi xujjatlar talab kilinadi:
" korxonani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza;
" ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil kilish to‘g‘risidagi qaror;
" korxona Nizomi;
" ta’sis shartnomasi yoki korxonani tashkil kilish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan
Nizom jamg‘armasining kamida 50% mikdoridagi kismi to‘langanligini tasdiklovchi
xujjat;
" Davlat bojini to‘laganlik xakida guvoxnoma;
" Monopoliyaga karshi muassasaning korxonani tashkil kilishga roziligini
tasdiklovchi xujjat;
" Davlat mulkini boshkarish va tadbirkorlikni ko‘llab-kuvvatlash ko‘mitasi yoki
uning kuyi idoralari roziligi xaqidagi xujjat.
Ishlab chiqarishning barqaror emasligi, moliyaviy qiyinchiliklar, surunkali zarar
ko‘rish va to‘lov qobiliyatining yo‘qolishi korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil qilishga
asosiy sabab.
Korxonani tugatish va qayta tashkil etish (birlashtirish, ko‘shish, bo‘lib yuborish,
ajratish, qaytadan tuzish), korxona mol-mulki egasining yoki shunday korxonalarni
tuzishga vakolatli bo‘lgan idoralar qaroriga binoan, yoxud sud yoki xo‘jalik sudining
qaroriga binoan amalga oshiriladi. Singan korxonalarni tugatish O‘zbekiston Respublikasi
qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi.
1. Korxona olti oy mobaynida moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan
takdirda tugatiladi va soliq organlari takdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining
Adliya Vazirligi hamda joylardagi davlat xokimiyati organlari tomonidan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar ro‘yxatidan chikariladi.
2. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida ishdan bo‘shatilayotgan
xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ularning xuquqlari va
manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beriladi.
3. Korxona davlat ro‘yxati reestridan chikarib yuborilgan paytdan boshlab qayta
tashkil etilgan yoki tugatilgan xisoblanadi.
4. Korxona boshqa korxona bilan ko‘shilgan taqdirda mazkur korxonalarning har
biriga taalluqli barcha mulkiy xuquqlar va majburiyatlar ko‘shilishi natijasida vujudga
kelgan korxonaga o‘tadi. Bir korxonaning boshqa bir korxonaga ko‘shilishi chog‘ida uning
barcha mulkiy xuquqlari va majburiyatlari ko‘shib olgan korxonaga o‘tadi.
5. Korxona bo‘lib yuborilgan takdirda qaytadan tashkil etilgan korxonaning mulkiy
xuquqlari va majburiyatlari ana shu bo‘lib yuborish natijasida vujudga kelgan yangi
korxonalarga bo‘lib yuborish xujjatlari (balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda o‘tadi.
Korxonadan bitta yoki bir nechta yangi korxonani ajratib chiqarish chog‘ida qaytadan
tashkil etilgan korxonaning mulkiy xuquqlari, majburiyatlari bo‘lib yuborish xujjati
(balansi)ga muvofiq tegishli qismlarda ularning har biriga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: