Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi



Download 291,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana06.01.2022
Hajmi291,02 Kb.
#325187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
526-сон 25.06.2019. Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

5-bob. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va o‘qishga qabul qilish tartibi

20. Prezident maktablariga respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi

o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar

tabeli  asosida  tegishli  STEAM  fanlari  (matematika,  biologiya  (tabiatshunoslik),  informatika  va

axborot  texnologiyalari,  fizika,  algebra,  geometriya,  kimyo)  bo‘yicha  a’lo  bahoga  tugatgan)

bolalar tanlov asosida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tartibda qabul qiladi.

Prezident  maktablariga  qabul  jarayonida  o‘quvchilardan  a’lo  baho  talab  etiladigan

STEAM fanlarining (sinflar kesimida) tegishli ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

21.  O‘quvchilarni  qabul  qilish  ishchi  organ  tomonidan  ta’lim  sohasida  xizmat

ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilot  bilan  birgalikda  o‘tkaziladigan  kirish

imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi.

Prezident  maktablariga  qabulni  to‘g‘ri  tashkil  etish  mas’uliyati  ishchi  organga

yuklanadi.  Prezident  maktablariga  teng  huquqlilik,  adolat  va  shaffoflik  prinsiplari  asosida

qabul qilinadi.

Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball olgan

o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadilar.

Hujjatlar  faqat  nomzod  o‘qiyotgan  umumta’lim  muassasasi  joylashgan  hududdagi

Prezident maktabiga topshiriladi.

22. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin ishchi organ

tomonidan  ommaviy  axborot  vositalarida  Prezident  maktablariga  qabul  qilish  tartibi,

hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.

23. Prezident maktablariga hujjatlar vazirlik, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va

psixologik-pedagogik  respublika  tashxis  markazi,  Xalq  ta’limi  sohasida  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlantirish  markazi,  Respublika  ta’lim  markazi,

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  viloyatlar  xalq  ta’limi  boshqarmalari  va

Toshkent  shahar  xalq  ta’limi  bosh  boshqarmasi,  shuningdek,  ishchi  organ  vakillaridan  iborat

qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Qabul  komissiyasi  tarkibi  O‘zbekiston  Respublikasi  xalq  ta’limi  vaziri  buyrug‘i  bilan

tasdiqlanadi.

Qabul komissiyasining tarkibi komissiya raisi, komissiya raisining o‘rinbosari, komissiya

kotibi hamda uning a’zolaridan iborat bo‘ladi.

Qabul komissiyasi kotibi uning a’zolari orasidan rais tomonidan tayinlanadi.

Qabul komissiyasi unga yuklangan vazifalarni samarali ijro etilishi uchun mas’uldir.

24. Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (so‘rovnomalar, testlar, javoblar va

boshqalar) maxfiy xaraktyerga ega bo‘lgan ma’lumotlar deb hisoblanadi.

Ishchi  organ  ta’lim  sohasida  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilot

bilan birgalikda javoblarning maxfiyligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun

javobgardir.

25.  Tanlovda  ishtirok  etish  uchun  xohish  bildirgan  o‘quvchining  (keyingi  o‘rinlarda

talabgor  deb  ataladi)  ota-onasi  (qonuniy  vakillari)  belgilangan  muddatlarda  Qabul

komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi ma’lumotnoma;

talabgorning tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

o‘quv yili natijasiga ko‘ra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan

tasdiqlangan nusxasi.

Talabgorning  ota-onasi  (qonuniy  vakillari)  ushbu  hujjatlarni  Prezident  maktablarining

Internet  jahon  axborot  tarmog‘idagi  rasmiy  veb-sayti  orqali  elektron  shaklda  ham  topshirishi



mumkin.

26.  Umumta’lim  muassasalarining  tegishli  sinflarida  o‘qishni  to‘liq  tamomlagan

talabgorlar Prezident maktabining shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega

emaslar.


27. Hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

belgilangan  muddatlardan  keyin  saralash  tanlovida  ishtirok  etish  xohishini  bildirgan

taqdirda;

talabgorlar  o‘quv  yili  natijasiga  ko‘ra,  mazkur  Nizomning  20-bandida  ko‘rsatilgan

fanlarni a’lo bahoga tugatmagan bo‘lsa;

talabgor  tahsil  olayotgan  maktabning  hududiy  mansubligi  Prezident  maktabining

hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;

Prezident maktabiga tanlovdan o‘tish uchun ushbu Nizomning  25-bandida  ko‘rsatilgan

hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini taqdim etganda.

Chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas.

28. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda maxsus

ajratilgan joylarda o‘tkaziladi.

29. Kirish imtihonlari takroran o‘tkazilmaydi.

30.  Kirish  imtihonlarini  o‘tkazish  paytida  talabgorlar  hamda  ishchi  organning  mas’ul

shaxslariga  aloqa  vositalarini  olib  kirish  va  foydalanish  taqiqlanadi.  Talabgorlarga

ma’lumotnoma  materiallari  va  elektron-hisoblash  texnikasini  olib  kirish  va  foydalanish

taqiqlanadi.

31. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi organning mas’ul shaxslari talabgorni

majburiy  tartibda  chetlatish  dalolatnomasini  tuzgan  holda  kirish  imtihonlaridan  chetlashish

huquqiga egadirlar.

32.  Kirish  imtihonlari  natijalari  qayta  ko‘rib  chiqilmaydi.  Kirish  imtihonlari  natijalari

bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

33.  Hujjatlarni  taqdim  etish  paytida  ko‘rsatib  o‘tilgan  ma’lumotlarning  to‘g‘riligi

bo‘yicha mas’uliyat talabgorning ota-onasiga (qonuniy vakillariga) yuklatiladi.

34.  Chet  el  davlatlarining  fuqarolarini  kirish  imtihonlarida  ishtirok  etishlariga  ruxsat

etilmaydi.

35. Kirish  imtihonlari  davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida

hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

36.  Talabgorning  ota-onasi  (qonuniy  vakillari)  hujjatlarni  qabul  qilish  muddati

tugagunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.

37.  Qabul  komissiyasi  talabgorlarning  ma’lumotlar  bazasini  shakllantirish  va  yuritish

maqsadida talabgorlar haqidagi kunlik ma’lumotlarni elektron shaklda ishchi organga taqdim

etib boradi.

38.  Kirish  imtihonlari  har  yili  ishchi  organ  tomonidan  belgilangan  muddatlarda

o‘tkaziladi.

Kirish  imtihonlarini  o‘tkazish  muddatlari  Prezident  maktablarining  Internet  jahon

axborot  tarmog‘idagi  rasmiy  veb-saytiga  joylashtiriladi  hamda  ommaviy  axborot  vositalarida

e’lon qilinadi.

39. Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich  —  matematika  fanidan  30  ta  topshiriqdan  iborat  test  shaklida  o‘tkaziladi.

Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

birinchi  bosqich  natijasiga  ko‘ra  qabul  kvotasida  belgilangan  har  bir  o‘ringa  20  kishi

hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha — 16 ta

masala;

mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan — 24 ta masala;

ingliz tilidan — 55 ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.




40. Kirish imtihonlari 2-bosqichining natijalariga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar

soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda, Qabul komissiyasi va ta’lim sohasida

xizmatlar  ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilotlar  tomonidan  qo‘shimcha

topshiriqlar beriladi.

41.  Kirish  imtihonlari  natijalarini  tekshirish  va  talabgorlarning  javoblari  natijalarini

baholash ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

42.  Imtihon  natijalarini  baholash  mezonlari  ishchi  organ  tomonidan  ta’lim  sohasida

xizmatlar ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot bilan birgalikda belgilanadi.

43.  Kirish  imtihoni  natijalari  vazirlik  va  Prezident  maktablarining  Internet  jahon

axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida

joylashtiriladi.

44.  Har  bir  o‘quv  yili  yakuni  bo‘yicha,  zarurat  bo‘lganda,  ishchi  organ  ta’lim  sohasida

xizmatlar  ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilot  bilan  birgalikda  bo‘sh  o‘quvchi

o‘rniga o‘quvchilar qabul qiladi.




Download 291,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish