8-bob. Prezident maktablari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy ta’minlash tartibi
73. Quyidagilar Prezident maktablarini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Prezident maktablarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari
bilan ruxsat etilgan pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan va boshqa faoliyat turlaridan tushgan
mablag‘lar.
74. Prezident maktablari belgilangan tartibda tasdiqlangan va vazirlikda ro‘yxatdan
o‘tgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
75. Prezident maktablari vazirlikka taqdim etish uchun belgilangan tartibda
buxgalteriya hisobotini yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |