Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Mahalliy pedagog kadrlarni, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tanlovini



Download 291,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana06.01.2022
Hajmi291,02 Kb.
#325187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
526-сон 25.06.2019. Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

6-bob. Mahalliy pedagog kadrlarni, shuningdek, xorijiy mutaxassislar tanlovini

(yollashni) tashkil etish va o‘tkazish

45.  Prezident  maktablariga  ma’muriy-boshqaruv  xodimlari  va  pedagog  kadrlar  tanlov

(keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) asosida qabul qilinadi.

Prezident maktablariga xorijiy mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

46.  Ishchi  organ  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  viloyatlar  xalq

ta’limi  boshqarmalari  va  Toshkent  shahar  xalq  ta’limi  bosh  boshqarmasi  bilan  birgalikda

tegishlicha  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi  Prezident

maktablarini ma’muriy-boshqaruv xodimlari va pedagog kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydi.

47.  Tanlov  ochiq  hisoblanadi.  Tanlov  ishtirokchilari  ushbu  Nizom  doirasida  qonun

hujjatlarida  belgilangan  professional,  malakaviy  va  boshqa  talablarga  javob  beradigan,

Prezident  maktablarining  talablariga  va  lavozimiga  mos  keladigan,  shuningdek,  ishchanlik,

shaxsiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak.

48.  Mazkur  Nizom  doirasida  o‘tkaziladigan  tanlov  ishtirokchilari  O‘zbekiston

Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan, davlat va ingliz tillarini yaxshi biladigan, oliy

ma’lumotli  va  kamida  5  yil  pedagogik  stajga  ega  bo‘lgan,  belgilangan  tartibda  attestatsiyadan

o‘tgan, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa malaka talablariga javob beradigan shaxslar

bo‘lishi lozim.

Prezident  maktablarida  pedagogik  faoliyat  uchun  quyidagi  shaxslarga  ruxsat

berilmaydi:

sud tomonidan ushbu huquqdan mahrum etilganlar;

sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz (muomala layoqati cheklangan) deb topilganlar;

tibbiyot  muassasalarida  muayyan  toifadagi  kasalliklar  bo‘yicha  ro‘yxatdan  turgan

shaxslar;

jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar.

49.  Tanlovni  e’lon  qilish  to‘g‘risidagi  qaror  Prezident  maktabi  Ijrochi  direktori

tomonidan  ishchi  organ  bilan  kelishilgan  holda  qabul  qilinadi.  Prezident  maktabi

o‘tkazilayotgan tanlov tashkilotchisi hisoblanadi.

50.  Tanlovni  o‘tkazish  uchun  Tanlov  komissiyasi  tuziladi.  Tanlov  komissiyasi  tarkibi

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Tanlov komissiyasi tarkibi vazirlik, ishchi organ, Prezident maktablari, Qoraqalpog‘iston

Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi,  viloyatlar  xalq  ta’limi  boshqarmalari  va  Toshkent  shahar

xalq  ta’limi  bosh  boshqarmasi,  zarur  hollarda,  ta’lim  sohasida  xizmatlar  ko‘rsatuvchi

ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda shakllantirilishi mumkin.

51. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

Prezident maktablarining nomi, asosiy xususiyatlari va joylashuvi haqida ma’lumot;

tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar;




tanlov  ishtirokchilaridan  tegishli  hujjatlari  bilan  birga  ariza  qabul  qilishning

boshlanishi hamda tugash sanasi va vaqti;

tanlov ishtirokchilarining ariza va hujjatlarini qabul qilish joyi (manzili);

tanlov  ishtirokchilari  tomonidan  taqdim  etiladigan  hujjatlar  ro‘yxati  va  ularni

rasmiylashtirish talablari;

tanlov  o‘tkaziladigan  sana,  vaqti  va  joyi,  tanlov  komissiyasi  ishining  boshlanishi  va

tanlov natijalarini sarhisob qiladigan vaqtni ko‘rsatgan holda;

tanlov  komissiyasi  suhbat  davomida  ishtirokchilarga  berishga  haqli  bo‘lgan  asosiy

yo‘nalishlar ro‘yxati;

g‘oliblarni aniqlash tartibi;

tanlov ishtirokchilari va g‘oliblariga uning natijalarini xabar berish tartibi;

tanlov g‘oliblari bilan tuziladigan mehnat shartnomasining asosiy shartlari;

qonun hujjatlarida nazarda  tutilgan tanlov ishtirokchilariga  qo‘yiladigan talablarni o‘z

ichiga olgan boshqa qoidalar.

52.  Tanlovda  ishtirok  etish  uchun  ishtirokchilar  tanlov  tashkilotchisiga  quyidagi

hujjatlarni taqdim etadilar:

Prezident  maktablarining  Internet  jahon  axborot  tarmog‘idagi  rasmiy  veb-saytida

joylashtirilgan  shaklga  muvofiq  ishtirokchi  tomonidan  imzolangan  va  yozma  ravishda

rasmiylashtirilgan ariza;

tanlov ishtirokchisining pasporti nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi yoki asli;

harbiy  hisobga  olish  hujjatlarining  nusxalari  (harbiy  xizmatga  majbur  bo‘lganlar  va

harbiy xizmatga chaqiriladigan shaxslar uchun);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi yoki xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy

ma’lumot  to‘g‘risidagi  hujjatning  ekvivalentligini  e’tirof  etish  to‘g‘risidagi  vakolatli  davlat

organining guvohnomasi;

o‘tkazilgan  attestatsiya  natijalari  bo‘yicha  belgilangan  tartibda  berilgan  sertifikat

nusxasi;


O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  tomonidan  sudlanganlik  holatining

yo‘qligi (mavjudligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

53.  Ushbu  Nizomning  52-bandida  ko‘rsatilgan  hujjatlarni  o‘z  vaqtida  taqdim  etmaslik,

shuningdek,  ularni  to‘liq  taqdim  etmagan  yoki  noto‘g‘ri  rasmiylashtirgan  tanlov

ishtirokchilariga hujjatlarni qabul qilishda yozma ravishda asoslantirilgan rad javobi beriladi.

Hujjatlar  tanlov  ishtirokchisi  tomonidan  hujjatlarni  qabul  qilishni  rad  etish  sabablari

bartaraf  etilganligi  to‘g‘risidagi  ariza  taqdim  etilgan  kundan  boshlab  besh  ish  kunidan

oshmaydigan  muddatda  qayta  ko‘rib  chiqiladi.  Bunda  hujjatlarni  qayta  ko‘rib  chiqish  tanlov

ishtirokchilaridan  arizalarni  qabul  qilish  e’londa  belgilangan  muddat  davomida  amalga

oshirilishi kerak.

54. Tanlov quyidagi uch bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich  —  tanlov  ishtirokchilari  tomonidan  taqdim  etilgan  ma’lumotlar,  materiallar

va hujjatlarni ko‘rib chiqish, o‘rganish va tahlil qilish;

2-bosqich — tanlov ishtirokchisining fan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovidan o‘tish;

3-bosqich  —  tanlov  ishtirokchisi  fan  yo‘nalishi  bo‘yicha  10  daqiqalik  mahorat  darsini

o‘tishi.


55.  Tanlov  ishtirokchilarining  shaxsiy  va  ishbilarmonlik  fazilatlari,  ularning  qonun

hujjatlarida  belgilangan  pedagoglik  kompetensiyalari  vakolati  doirasida  pedagogik  faoliyatni

amalga  oshirish  qobiliyati  Tanlov  komissiyasi  tomonidan  ballar  tizimi  bo‘yicha  o‘tkazilgan

suhbat davomida baholanadi va natijalari baholash varag‘iga kiritiladi.

56.  Tanlov  ishtirokchisi  tomonidan  taqdim  etilgan  materiallar  quyidagi  yo‘nalishlar

bo‘yicha tahlil qilinadi va baholanadi:

o‘quv  ishlari:  o‘quvchilarning  ko‘nikma  va  malakalarini  shakllantirish,  ularning  bilim

faolligini rivojlantirish;

tarbiyaviy ishlar: o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantirish;



fan bo‘yicha darsdan tashqari ishlar;

o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashni tashkil etish;

ilmiy-uslubiy  ishlar  —  pedagogik  texnologiyalardan  keng  foydalanish,  pedagogik

mahorati va ko‘nikmalarini oshirish (mustaqil ta’lim, kurs ishlari).

57. Eng ko‘p ball to‘plagan tanlov ishtirokchilari tanlov g‘oliblari deb e’tirof etiladi.

58. Tanlov natijalari to‘plangan ballar soniga muvofiq tanlov ishtirokchilarining reytingi

shaklida yig‘ilish bayonnomasiga kiritilishi kerak.

Tanlov  komissiyasi  majlisining  bayonnomasi  tanlov  o‘tkazilgan  kuni  majlisda  ishtirok

etgan komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.

59. Tanlov tashkilotchisi:

tanlov  g‘oliblari  aniqlangan  sanadan  boshlab  uch  ish  kuni  mobaynida  ishtirokchilarni

uning natijalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov g‘oliblari bilan mehnat shartnomalarini

tuzadi.


60. Tanlov g‘olibi mehnat shartnomasi tuzishni rad etgan taqdirda, tanlov tashkilotchisi

reytingda  ikkinchi  o‘rinni  egallagan  tanlov  ishtirokchisi  bilan  mehnat  shartnomasini  tuzadi.

Reytingda  ikkinchi  o‘rinni  egallagan  tanlov  ishtirokchisi  mehnat  shartnomasi  tuzishdan  bosh

tortgan taqdirda, tanlov tashkilotchisi qayta tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

61.  Tanlovda  ishtirok  etishga  ruxsat  etilmagan,  shuningdek,  tanlovda  ishtirok  etgan,

lekin  tanlov  g‘oliblari  sifatida  belgilanmagan  tanlov  ishtirokchilarining  hujjatlari  belgilangan

tartibda saqlanadi.

62.  Xorijiy  mutaxassislarni  tanlash  (yollash)  tanlov  komissiyasi  tomonidan  vazirlik  va

ta’lim  sohasida  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilotlar  o‘rtasidagi

shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.




Download 291,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish