Qarori prezident maktablari to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Prezident maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish



Download 291,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana06.01.2022
Hajmi291,02 Kb.
#325187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
526-сон 25.06.2019. Prezident maktablari to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

4-bob. Prezident maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish

12.  Prezident  maktablarida  ta’lim  jarayoni  umumiy  o‘rta  ta’limning  davlat  ta’lim

standartlari  hisobga  olingan  holda,  umumiy  o‘rta  ta’lim  sohasida  xizmat  ko‘rsatuvchi

ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilotlar  bilan  hamkorlikda  ishlab  chiqiladigan  hamda  vazirlik

tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

13.  O‘quv  jarayonining  jadvali,  o‘quv  mashg‘ulotlarining  turlari  va  davomiyligi,

o‘quvchilarning  o‘quv  yuklamasi,  tashkil  etish  shakllari  va  o‘quv-tarbiya  jarayonining  boshqa

masalalari  ta’lim  sohasida  xizmat  ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilotlar  bilan

birgalikda  ishlab  chiqiladigan  hamda  vazirlik  tomonidan  tasdiqlanadigan  ta’lim  dasturlari  va

vazirlikning boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

14.  Ta’lim  sifatini  nazorat  qilish  xalqaro  ta’lim  standartlarini  inobatga  olgan  holda,

umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Ta’lim

sifatini  nazorat  qilishni  ta’minlash  uchun  maxsus  xorijiy  tashkilotlar  ham  jalb  qilinishi

mumkin.


15. Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat

(guvohnoma, shahodatnoma) beriladi.

16.  Prezident  maktablarining  11-sinf  bitiruvchilari  tanlangan  fanlar  asosida  xalqaro

malaka  imtihonlarini  (International  Baccalaureate,  Advanced  Placement  yoki  International

Advanced Levels) topshirish huquqiga ega bo‘ladilar va ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda,

yetakchi  xorijiy  oliy  ta’lim  muassasalariga  kirish  imkoniyatini  taqdim  etuvchi  xalqaro  diplom

oladilar.

Prezident maktablariga xalqaro namunadagi diplom berish huquqi belgilangan tartibda

tegishli vakolatli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tganidan so‘ng beriladi.

17.  O‘quvchilarni  sinfdan  sinfga  tegishli  imtihonlarni  muvaffaqiyatli  topshirish

natijalari bo‘yicha Prezident maktabi Ijrochi direktorining buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.

Imtihon  natijalarini  baholash  mezonlari  ta’lim  sohasida  xizmatlar  ko‘rsatuvchi

ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilot tomonidan vazirlik bilan birgalikda belgilanadi.

18.  O‘quvchining  bir  yoki  bir  nechta  fanlardan  reyting  natijasi  pasaygan  taqdirda,  u

bilan individual ish olib boriladi.

O‘quvchining  reyting  natijalari  pasayishini  belgilaydigan  mezonlar  ta’lim  sohasida

xizmatlar  ko‘rsatuvchi  ixtisoslashtirilgan  xorijiy  tashkilot  tomonidan  vazirlik  bilan  birgalikda

belgilanadi.

19. Prezident maktablarining o‘quvchilari safidan quyidagi hollarda chiqariladi:

o‘quvchining o‘z tashabbusi bilan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish (ota-onasining

yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida);



individual  ish  olib  borilishiga  qaramasdan,  reytingi  va  akademik  o‘zlashtirishning

tizimli pasayishi;

Prezident maktabining o‘quv intizomi va ichki tartib qoidalarini bir necha marta buzish.

Bo‘sh  qolgan  o‘quvchi  o‘rinlari  mazkur  Nizomning  44-bandiga  muvofiq  tanlov  asosida

to‘ldirilishi mumkin.


Download 291,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish