konstruktiv tuzilishi, anatomik xususiyatlari va hokazolar haqid-
agi butun bilimlari zaxirasidan foydalanadi.
Dala amaliyoti davrida o‘quv mashg‘ulotlarining eng ko‘p
mahsuldorligiga talabalar aynan xomaki rasmlar chizishda erishadi.
Bunda ular ham naturani o‘rganish ham tasvirlashning butun
texnik vositalaridan foydalana bilish tomonlarini namoyon etadi.
Shuning uchun ham xomaki rasmlar agar rasm chizuvchi natura
haqida m alum ma’lumotlarga ega bo‘lganidagina foydahdir. M alum
vazifalar aniq yo‘naltirilgan maqsad bo‘lmasdan, xomaki rasmlar
chizaverish o‘quvchini ijoddan bezdirib qo‘yishi mumkin.
K o‘p yillik amaliyot shuni ko‘rsatdiki, m a’lum bir tizimsiz,
uslubiy prinsiplarsiz, bu ish maqsadsiz bo‘lishi mumkin. Xomaki
rasm chizishga o ‘rgatish ham o ‘quv vazifalarini asta-sekin
murakkablashtirish m a’lum bir uslubiy bosqichlikni taqozo etadi.
Dastlab o ‘quvchilar uchun ancha yengil, o‘quv
vazifalari berilishi
maqsadga muvofiq.
Qisqa xomaki rasm va chizgilarda asosiy e’tiborni xaraktemi
ochishga, kishining obrazli xarakteristikasini ko‘rsatishga qaratiladi.
Eng asosiysi davomli rasm va xomaki rasmga bo‘lgan yondashishni
to ‘g‘ri tushunishdir. Davomli o‘quv
rasmdabiz akademik rasmning
asosiy qoidalari — bosh shakli qurilishining konstmktiv tuzilish
anatomik qonuniyatlarini o‘zlashtiramiz; xomaki rasm chizishda
esa, insonning emotsional holatini — tipajini ilg‘ab olish talab
etiladi.
Xomaki rasm ustida muntazam ishlash rasm chizish san’atini
tezroq egallab olish imkonini beradi. Biron rassom yo‘qki, u o‘zi
bilan xomaki rasmlar uchun maxsus albom ko‘tarib yurrnagan
b o ‘lsa. 0 ‘tmishning mashhur rassomlari o ‘zlarining kundalik
ishlariga juda katta e’tibor berishadi. Mashhur rassomlar doimo
shuni ta’kidlashganki, rassom biron kunni ham behuda o‘tkazmay,
garchi u bu maqsad uchun hech narsa bo‘lmasa ham, biron-bir
narsaning rasmini chizishga undaganlar, chunki u shogirdga
keyinchalik juda katta foyda keltiradi. Hayotda biz bir-biriga aynan
o ‘xshash odam ni uchratm aym iz. Rassomning vazifasi ham
individual xususiyatlami ilg‘ab olish, ushbu odam uchun o‘zgacha
bir xususiyatni topa bihshdan iboratdir. Shuning uchun ham ko‘proq
kuzating, ko‘proq naturadan rasm chizing, muntazam ravishda
xomaki chizgilar qiling.
175
Tasvirda inson yuzining hayotiy ta ’sirchanligini bera olish re-
alist rassom uchun o‘ta muhimdir. Hozirgi kunning eng dolzarb
vazifasi mohir pedagogni tarbiyalash ekan, inson tanasi, bosh
shakli va atrofdagi barcha shakllaming rasmini chizishga o‘rgatish
tizimida xomaki rasmlar cliizish ishiga jiddiy e’tibor berish lozim.
Xomaki rasmlar va qisqa cliizgilar boshlovchi rassomni ijobiy faoli-
yatga uzluksiz bog‘lab qo‘yadi. Ular o‘quvcliini mustaqillikka va
o‘quv mashq tasviriy vazifalami hal etishga o‘rgatadi.
Tirik odam rasmini chizish rassom uchun yaxshi maktab
liisoblanadi. Tirik inson yuz harakatidagi shakl boyligi va
ifodaliligi
rassomga ushbu odamga xos bo‘lgan eng xarakterli xususiyatlarini
ilg‘ab ohsh, yosh rassomga badiiy obraz
yaratish uchun dadil qadam
tashlash imkonini beradi. Muvaffaqiyat bilan hal etilgan o‘quv
vazifalar rasm chizish san’ati bilan qiziqishga, keyinchalik esa,
tasviriy san’atni mukammal egallashga bo‘lgan intilishlarga foyda
bo‘ladi.
Quyidagi 113—125-rasmlarda qisqa muddatli xomaki rasmlar
va cliizmalar bajarish bo‘yicha namunaviy ishlar ko‘rsatilgan.
113-rasm.
176