Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

Kompleks xomaki  rasmlar (barcha  usullarni  qo ‘llagan  holda)
Eng  so‘nggi  va  eng  murakkab  xomaki  rasmlar  turi,  bu  — 
kompleks  usulda  bajariladigan,  ya’ni  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgan 
usullarni  hammasidan  qisman  foydalangan  holda  (naturadan, 
kombinatsiyalashgan  yoki  dastlab  naturadan,  keyin  xotiradan, 
shuningdek, faqat xotiradan va tasavvurdan) ijro etiladigan xomaki 
rasmlar.
Kompleks usulni  qo‘llash zarurati,  asosan,  ko‘pgina bir vaqt- 
ning o‘zida harakatlanayotgan obyektlardan xomaki rasm chizish-
171


da paydo bo‘ladi.  Binobarin, bir guruh odamlar,  ayniqsa,  xomaki 
rasmda guruhni tashkil  etadigan odamlarning  o‘zaro joylashuvini 
xomaki rasmda qidirish va o‘z o‘miga qo‘yishda bu usulga murojaat 
etiladi.
Kompleks  xomaki  rasm  chizishga  o‘rgatish  rasm  darslarida 
o‘tkaziladi.  Lekin amaliyotda u «Kompozitsiya» o‘quv bosqichida 
ko‘proq  qo‘llaniladi.  Shuning  uchun  ham  bu  xomaki  rasmlarni 
shartli ravishda «Kompozitsion»,  deb atash ham mumkin.  0 ‘z ijro 
usuliga  qarab,  ular  u  yoki  bu  holatda  naturani  kuzatish  bilan 
bog‘liqdir.  Shuning  uchun  ulami  xayolan  ijro  etiladigan  badiiy 
obrazning  kompozitsion  yechimi  —  xomaki  eskizlar  bilan  chal- 
kashtirish kerak emas.
Xayolan xomaki rasmlar chizish
Xayolan  xomaki  rasmlar  chizish  —  bu  juda  umumlashgan 
xomaki  rasm  —  eskiz  bo‘lib,  unda badiiy  tasawurning  rnuayyan 
grafik natijasi sifatida paydo bo‘ladigan badiiy obraz gavdalanadi.
Rassom  xayoloti  obyektiv  borliqdagi  predmet  va  hodisalar 
haqidagi  olingan  tasavvurlari  va  undagi  idrok  etish  zaxirasiga 
asoslangandir.  Rassom o‘z xohishiga qarab, bu tasawurlami qayta 
va  qayta  shakllantirib,  ularni  kombinatsiyalab,  ular  o‘rtasida 
bog‘lanish yasab yoki ulami bir-biriga zid qo‘yib, badiiy obrazning 
bir butunligiga,  maksimal  darajada ifodaliligiga  erishadi.
Tasawurlarning o‘zi yetarli darajada umumlashgan bo‘lganligi 
sababli  ham  xayolot  kuchi bilan  qayta  ishlangan  xotirotlar  idrok 
etish obyektidan ancha uzoqlashadi, lekin shu bilan birga u o‘zining 
realistik  tasvir  uchun  zamr  bo‘lgan  alomatlarini  saqlab  qoladi. 
Tasawur  qiling,  bir-biri  bilan  yagona  harakat  yoki  biror  oddiy 
sujetda  ifodalangan  mazmun  bilan  bog‘liq  ikki  kishini  «o‘zidan 
chiqarib»  (tasawurda)  tasvirlashdek  oddiy  vazifa  ham  tasavvur 
qilish,  xayolotga berilishni talab  etadi.
Mazmunning  m a’no  va  mohiyatiga  chuqur  ta ’sir  qiladigan, 
ya’ni tasvir ifodasiga ta’sir qiladigan ikki shaklning o‘zaro joylashuvi 
va  ichki bog‘lanishi  kabi juda  ko‘plab  har xil variantlar tug‘ilishi 
mumkin.  Eng yaxshi variantni qidirib topishda,  ulami o‘zaro bir- 
biri  bilan  taqqoslash  zamr  bo‘ladi.
Rassom o‘zi o‘ylab qo‘ygan ijodiy fikri uchun rnuayyan yorqin
172


javob  olishi  kerak  bo‘lsa,  xomaki  rasmning  asosiy  alomatlari  — 
uning umumiylashgani,  mantiqiy jihatdan to ‘g‘riligi  kabilar katta 
ahamiyat  kasb  etib  qoladiki,  ular  tashqaridan  qaraganda  go‘yo 
tugalsizdek ko‘rinadi. Vaholanki,  aynan ana shu tugalsizlik badiiy 
tasawurning  keyingi  faoliyatiga  ko‘proq  turtki bo‘ladi,  ijodkomi 
ko‘proq ifodalilikka undaydi.
Tugallanmagan xomaki rasm topilgan yechimga dastlabki fikrga 
muvofiq tez va yaqqol ishonch hosil qilish, unchalik qiyinchiliksiz 
yaxshilash  tomonga  qaratilgan  o‘zgartirishlar  kiritish  imkonini 
beradi.  Bunda kiritiladigan o‘zgartirishlami awalgi variantlaridagi 
bilan  solishtirish  uchun  aynan  ana  shu  xomaki  rasmga  kiritish 
ham mumkin bo‘ladi. Nihoyasiga yetkazilgan rasmdagi biror qismni 
texnikjihatdan o‘zgartirish,  qo‘l yoki oyoqni biroz bo‘lsa-da surish, 
tana yoki boshni biror tomonga burish, tana harakatini kuchaytirish 
anchagina qiyinchilik tug‘dirishi ma’lum.
Qalamda yenghgina ishlangan xomaki rasmda esa, bu ish unchahk 
mushkullik tug‘dirmaydi.  Chunki bunda  aw al belgilab  qo‘yilgan 
narsani  o‘chirish yoki yo‘q qilish zamrati tug‘ilmaydi.  Oddiygina 
solishtirish bilan badiiy fikming yangi, yanada ifodaliroq variantini 
topish imkonini beradi. Xomaki rasm-eskizni muddatidan oldinroq 
tugatib qo‘yish keyingi ishga xalaqit beradi, tasaw um i toraytiradi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish