Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

Kombinatsiyalashgan  (dastlab  naturadan,  keyinchalik  xotira
 
bo ‘yicha) xomaki rasmlar chizish.
 Natura harakatga kela boshlashi, 
o‘z  holatini  o‘zgartira borishi bilan va rassom ko‘zidan iz  qolishi 
boshlanishi bilan ana shu xomaki rasmni nihoyasiga yetkazish uchun 
xotiradan ko‘rish qobiliyatini ishga solishga to ‘g‘ri keladi.
N aturadan  boshlanib,  so‘ngra  uning  ishtirokisiz  xotirada 
tugallangan  xomaki  rasm  «Kombinatsiyalashgan»  hisoblanadi. 
Kuzatish  vaqtining  qisqarishi  endi  xomaki  rasm  ustida  ishlashni 
ham murakkablashtiradi va xotiraga zo‘r berishni talab qiladi. Bunday 
holatlar amaliyotda juda ko‘p  uchraydi.
Xotiradan  chiziladigan  xomaki  rasm  chizish.
  Uzluksiz,  doimiy 
harakatda bo‘layotgan natura holatini bir zumda aks ettirish ancha 
mushkul.  Bunday paytda hammasini birdan nazardan qochirmay 
ilg‘ab ohsh va darhol, hech kechiktirmay xotirangizga muhrlanganni 
qog‘ozga tushirish zamr. Ana shunda xotiraga muhrlangan ko‘rinish 
o‘z «yangiligini» yo‘qotmaydi.  Bunga misol qilib,  oldingizdan tez 
yugurib  o ‘tayotgan  yoki  to ‘siqlar  osha  sakrab  yugurayotgan 
sportchini ko‘rishimiz mumkin.  Bunday vazifani uddalash amalda 
mumkin.  Buning uchun o‘ta tez, bir nigohda harakatdagi ifodani 
ilg‘ab  olish kerak bo‘ladi  (masalan,  yugurib borayotgan  sportchi- 
ning gavdasi,  oyoqlari, bosh va qo‘llari harakati).  Lekin bu o‘rinda 
xomaki  bajarilgan  chiziqlarni  bir  yerga  to ‘plash,  ya’ni  har 
tomonlama jamlashni unutmaslik kerak.
K o‘rish  qobiliyati  kuchli  bo‘lganda,  juda  qisqa,  ba’zan  esa, 
bir soniyada xotiraga muhrlanadigan detallami ham umumlashtirib 
yuzaga chiqarish mumkin. Ana shu tarzda ijro etilgan xomaki rasm 
xuddi  qog‘ozga  muhrlangan  xotira  kabi  bo‘ladi.  Bundan  keyingi 
uning  vazifasi  —  ko‘rilgan  narsa  haqida  eslatishdan bo‘lak  narsa 
emas.  Bunday xomaki rasmlarga tuzatish va qo‘shimchalar kiritish 
faqat boyagi sportchining harakati takrorlangandagina (deyarli bir 
xil harakat),  yana xotiraga olish yo‘li bilan bajariladi.
Faqat ko‘rib, xotirada saqlash qobihyatiga tayangan holda xomaki 
rasm ustida ishlash zamrati tashqi shart-sharoitlami  kuzatish imko- 
niniberadiganvaziyatlardatug‘iladi.  Masalan,  shahar transportida 
qarshingizda  o‘tirgan yo‘lovchining  boshi  o‘ylab  qo‘ygan  kartina 
personajiga o‘xshaydi va anchadan beri qidirib yurgan obyektingiz
168


chiqib  qoladi.  Uni naturadan chizishning  iloji yo‘q,  chunki u  o‘z 
nigohini olib qochishi, boshini burishi yoki qiyofasini o‘zgartirishi, 
shuningdek,  transportdagi  vaziyat  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri  naturadan 
chizish imkonini bermasligi mumkin va h.k.
Siz o‘z oldingizga qo‘ygan vazifani  bajarish uchun boshqa yo‘lni 
tanlashga  to ‘g‘ri  keladi.  Buning  uchun  ko‘rish  qobiliyatini  ishga 
solasiz: naturani sezdirmay  kuzatasiz,  o‘rganasiz,  o‘zigaxos xusu- 
siyatlami  (ayniqsa,  undagi  ajralib  turadigan  xarakterli belgilarni) 
eslab qolishga harakat qilasiz. Yo‘lovchi o‘z bekatida tushib ketdi. 
Shunda  darhol,  hech  ham  kechiktirmay  cho‘ntak  albomni  olib 
(aks holda, xotirangizdan ko‘tarilib ketishi mumkin) o‘sha yo‘lov- 
chi holatini qanday eslab qolgan bo‘lsangiz,  shundayligicha xomaki 
rasmini  chizib  olasiz.
Bunday  misollami  ko‘plab  keltirish  mumkin.  Lekin  rassom 
ko‘rish xotirasini rivojlantirishi uchun harakatdagi odam,  ayniqsa, 
o‘z  xarakteri  va  harakatlanishi  tezligi  har  xil  bo‘lgan  bir  gumh 
odamlarga  qarab,  xomaki rasmlar chizishni talab  etadi  (masalan, 
basketbol,  futbol,  xokkey  kabi  sport  o‘yinlari  vaqtida,  hayvonot 
bog‘idagi  jonivorlarga  qarab,  xomaki  rasmlar  chizish  foydadan 
xoli  emas).
Shuni nazarda tutish kerakki,  kuzatish natijasida  esda  qoladi- 
gan  obrazning  sifatiga,  uning barqarorligiga ko‘plab  sabab va va- 
ziyatlar ta’sir qiladi (idrok qilishning takrorlanishi, kuzatish faolligi 
va tezligi,  shuningdek,  zamrat tug‘ilganda ko‘rilgan narsani  eslab 
qolish  qafiyligi).  Ayniqsa,  qisman  biror  holatda  (yoki  sxematik 
ko‘rinishda)  naturadan qog‘ozga tushirilgan chizgini  diqqat bilan 
kuzatgan va o‘rganilgan narsa xotirada yaxshi saqlanib qoladi. Ko‘r- 
ko‘rona,  hech  qanday  tahlilsiz,  faqat  ko‘chirib  qo‘ya  qolingan 
narsa,  odatda,  xotirada uzoq saqlanmaydi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish