Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

5.5.  Qo‘l  kaftini  chizish
Topshiriqdan  k o ‘zlangan 
maqsad qo‘l kafti tuzilishini to ‘liq o‘zlashtirishdan iborat.  Mash- 
hur usta rassom va  nazariyotchi  I.D.  Preyslerning qo‘l kaftlarini 
tasvirlashga oid namunasida kaftining tuzilishi, uning turli burilish 
va  rakurslardagi  holati  ko‘rsatilgan.  Qo‘l  kafti  murakkab  shakl- 
lardan tuzilganligi,  katta burchakda harakatlanishi bilan xarakter- 
lanadi va  shu sababli ham rasm chizishdagi eng murakkab  obyek- 
tlardan biri bo‘lib  hisoblanadi.  Rassomlarning  fikricha,  qo‘l kafti 
qanday chizilganligiga qarab, rassomning ishiga baho berish mumkin. 
Kaftni,  ayniqsa, naturadan foydalanmay, xotiradan chizish mush- 
kul.  Shuning  uchun  kaftning  turli  ko‘rinishini  naturadan  uzoq 
vaqt  davomiy  chizishdan  oldin  o‘quvchi  uning  turli  holatlarini 
qalamchizgilar bajarish orqali asta-sekin chizib, uni xotirada saqlab 
qolishi  lozim  (110-rasm).
Qo‘l haykaltaroshlik va rassomchilik asarlarining asosiy obyekti 
boTib,  u  tasvirlanayotgan  modelning  shaxsiy  va  ijtimoiy  xusu- 
siyatlarini ochib beradi. Yosh qizchaning qoTi keksa odamnikidan, 
mashshoqning qoTi esa,  temirchi ustanikidan farqlanadi.  Tasviriy 
san’at  asarida  qo‘1  odamning jismoniy va  ichki  holatini  ifodalash 
bilan  birgalikda,  harakatni  ham  anglatadi  va  uni  yo‘naltiradi. 
Shuning uchun barcha davr rassomlari qo‘1 tasviriga katta ahamiy- 
at qaratishgan va uni chizish bo‘yicha ko‘p mashq qilib, bu borada 
katta tajriba to‘plashgan.
160


110-rasm.
Qo‘l  kaftlarini  chizishdan  oldin  uning  anatomik  xususiyatini 
o‘rganish kerak (111-rasm).  Shuningdek,  naturadagi kaftning tur- 
li  holat  va  rakurslardagi 
ko‘rinishini  chizish  tav- 
siya etiladi. Bulaming bar- 
chasi  qo‘l  kafti  tuzilishi 
va  plastik  chiroyi  o‘ziga 
xosligini anglash imkoni- 
ni  beradi.
Kaft  rasmini  chizish 
ketma-ketligi boshqa har 
qanday  hajmli  jism  tas- 
virini  chizish jarayoniga 
mos  keladi.  Tasvirning 
qog‘ozdagi  joylashgan 
o‘rni va  masshtabi  aniq- 
langanidan  so‘ng,  uning 
asosiy  plastik  harakati 
bilan  umumiy  massasi, 
shakli  va  quyidagi  kaft 
belgilari  belgilanadi:  bi- 
lak  suyagining  kaft  suy- 
agi  bilan  birlashgan  qis- 
midagi bo‘g‘im,  kaft usti 
suyaklari,  kaft  suyaklari.
lll- r a s m .


Kaft plastikasini aniqroq ko‘rsatish uchun  barmoq falangalariga, 
aloliida barmoq uzunhgiga hamda bilak-kaft usti suyagi bo‘g‘imidagi 
bilak  va  tirsak  suyaklarining  pastki  uchiga  e’tibor  be-rish  kerak, 
chunki ular rasmning  muvaffaqiyatli  cliiqisliini ta ’minlaydi  (112- 
rasm).  Rasmni  plastika  nuqtayi  nazaridan  to ‘g‘ri  chizish  uchun 
bilak va barmoqlami eguvclii va bukuvchi mushaklaming joylashu- 
vi va  o‘lchamini,  shuningdek,  kaft suyagi boshchalaridan barmoq
112-rasm.
falangalariga  o ‘tuvchi,  barm oqlarni  bukuvchi  paylarni  bilish 
muhimdir.
Kaft  rasmi  umumiydan  qismlarga  o‘tish  tamoyili  bo‘yicha 
chiziladi.  Kaftning o‘ziga xos xususiyatini, harakatini belgilab olib 
hamda aloliida qismlar va umumiy shakl tuzilisliini oydinlashtirib, 
kaftni tashkil etuvclii qismlar cliizgilari ishlanadi. Bu yerda qismlarga 
chalg‘imasdan,  rasmni  umumiy ko‘rinishda,  yaxlitligicha  chizish 
zamr.  Qismlami  chizish  davomida  kaftning  o‘rta,  biroz  chu- 
qurlashgan  joyiga  hamda  jimjiloq  va  bosh  barmoq  tomonida 
muskullami  hosil  qiladigan  do‘mboqqa  e’tibor  qaratish  lozim.
Kaftning  orqa tarafidagi yuza biroz bo‘rtib  chiqqan.  Bu  shakl 
birinchi va ikkinclii kaft  suyaklari  o‘rtasidagi suyak o‘rta mushagi 
ta ’sirida hosil bo‘lgan.  Bosh barmoq ko‘rsatkich barmoq bilan bir- 
lashganda,  bu  bo‘rtma  ko‘zga  yaqqol  tashlanadi.  Mashg‘ulotlar
162


skelet suyaklari va tirik odamdagi mushaklar rasmlarini namoyish 
etish bilan davom ettiriladi.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish