Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

Tasavvur qilib xomaki  rasm  ishlash.
  Tasawurda xomaki  rasm 
chizish naturani bevosita kuzatish bilan bog‘liq emas. U awal idrok 
qilingan,  predmet  olami  va  ongda  muhrlanib  qolgan  hodisalar 
asosida ijro etiladi. Idrokka (qabul qihshga) nisbatan tasawur yanada 
umumiy  xarakterga  ega.  Ularda  tafsilot  kamroq bo‘ladi  va  faqat 
predmet-hodisalaming asosiy xususiyatlarini aks ettiradi.  Shuning 
uchun ham tasawurda chizilgan xomaki rasm «o‘zidan chiqarib» 
iborasiga yaqin va o‘zining mantiqiyhgi bilan bevosita naturaga qar- 
ab  chizilgan  xomaki  rasmdan  farq  qiladi.
169


Tasavvurda rasm chizayotgan kishi uni qamrab turgan vaqt va 
natura holati kabi  omillardan xoli bo‘ladi.  U bamaylixotir,  butun 
diqqat-e’tiborini  xomaki  rasmga  qaratib  ishlashi,  zarur  ifoda  va 
tasviming ishonchligiga erishgan holda faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Eng oddiy vazifa — polda turgan oddiy stul rasmini tasawurda 
chizish uchun u  ana  shu  stulning  shakli,  uning  konstruksiyasi va 
asosiy  o‘lcham nisbatlarini  eslay  olishi  lozim.  Xo‘sh,  qayerdadir, 
yuqorida va pastki  nuqtayi  nazardan  ko‘rinadigan xuddi  ana  shu 
stul  qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?  Predmet  shaklining  qurilishi 
qancha  murakkab  boTsa,  maTumki,  uni  «o‘zidan  chiqarib» 
tasawurda chizish ham shunchalik qiyin kechadi.
Rasm  chizuvchi  ongi  (tasawuri)da  predmetning  kenglikdagi 
obrazini tiklash vazifasi  turadi.  Bunday tiklash jarayoni,  nafaqat, 
predm et  shakli  haqidagi  tasavvurni,  balki  uning  qurilishi, 
nisbatlari,  harakat  yo‘nalishi  va  tezligi  kabi  boshqa  kenglikdagi 
nisbatlarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan, agar odam qaddi-qomati 
kabi murakkab tirik shaklning naturasiz,  o‘zidan chiqarib xomaki 
rasmini  (aytaylik,  boTajak  kartina  eskizi  uchun)  umumlashgan 
holda chizadigan boTsak, buning ustiga bu tasawurdagi naturamiz 
tez harakatda, burilishda yoki boshqa holatda (aytaylik, cho‘qqidan 
tezlikda  tushib  kelayotgan  changTchi)  boTsa,  vazifa  ancha 
murakkablashadi.
Xomaki  rasm  ijrosidagi  oldin  xotirada  tasvir  obrazini,  uning 
qurilishini tasaw ur qilish,  umuman,  ushbu shakl maTum nuqtayi 
nazardan  qog‘ozga  qanday  oTchamni  egallashini  ko‘z  oldimizga 
keltirishimiz  kerak boTadi.  Faqat  shundan  keyingina,  odamning 
plastik anatomiyasi haqidagi bilimlami xotiraga olib,  «o‘zimizdan 
chiqarib» bir varaq qog‘ozga belgilab  olgandan keyingina,  buning 
ustiga  gavda,  bosh,  oyoq-qoTlar  nisbati,  ulaming  oTchamlarini, 
harakat paytida qisqarish proporsiyalarini, yoritilish holatini hisobga 
olgan holda chizishni boshlash mumkin.
MaTumki, inson qaddi-qomatining «o‘zidan chiqarib» xomaki 
rasmini  chizish  faqat  tananing  qurilishi  haqidagi  bilimlar  yetarli 
boTgan taqdirdagina yaxshi amalga oshishi mumkin.  Bunday bilim 
va ko‘nikma esa, faqat inson tanasini doimiy kuzatish hamda natura, 
tasaw ur va xotiradan  qisqa  chizgilar  chizish,  shuningdek,  yalon- 
g‘och va  kiyimdagi  modellardan  muntazam  ravishda foydalanish 
bilangina  erishish  mumkin.  Shuningdek,  inson  tanasining  bosh,
170


qo‘l,  oyoq  kafti  suyaklari  kabi  murakkab  qismlaridan  qilingan 
mashqlar  ham  yaxshi  natijalar beradi.
Har qanday holatdagi va tez harakatlanayotgan inson tanasini 
«o‘zidan chiqarib» (naturasiz) erkin va ifodali tasvirlay bilish faqat 
insonning plastik anatomiyasini, birinchi navbatda,  skelet qurilishi 
va  skelet  mexanizmi  harakatlarini  yaxshi  bilish  natijasida  «natu- 
radan» va «xotiradan» qilingan xomaki rasmlarda mashq va yanada 
ko‘proq mashq oqibatida yuzaga keladi.
Tassavurda  qilingan  o‘quv  xomaki  rasmlar  insonning  har  xil 
holatlarda,  ya’ni  harakatsiz  va  harakatlanayotgan  holatlarini 
tasvirlash malakalarining to‘ldirilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xomaki 
rasm larni  tasavvurda  bajarishga  o ‘rgatishga  davomli  o ‘quv 
vazifalaridagi  o‘tilgan  mavzularning  o ‘zlashtirilishini  tekshirib 
ko‘rish uchun yordamchi mashqlarga ko‘p o‘rin ajratiladi.  Bunday 
tasaw ur bo‘yicha xomaki rasmlar chizishning tekshiruv mashqlari 
o‘quvchilarda «o‘zidan chiqarib» ishonchbilan chizishda  qobihyatni 
rivojlantirishga  ko‘mak  beradi.  Ayniqsa,  bu  hol  maqsad  qilib 
qo‘yilgan yangi  qirralar tobora murakkablashib borganda,  yaqqol 
ko‘zga tashlanadi.
Tasviriy san’atning hamma tur va jamlarida tasawurda xomaki 
rasm  chizishning  asosiy  vazifasi  —  badiiy  obraz  yaratish  ishida 
turtki bo‘ladigan ko‘mak, yordam ko‘rsatishdir. Naturasiz ishlana- 
digan xomaki rasmlar (ya’ni,  «o‘zidan chiqarib») murakkab ijodiy 
fikmi yuzaga chiqarish uchun eng qulay texnik vosita hisoblanadi. 
Shuning uchun ham tasviriy san’atga o‘rgatishda tasawurda xomaki 
rasmlar  chizish  borasida  o ‘quv-dala  amaliyotining  ahamiyati 
kattadir.

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish