I Bob. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning nazariy asoslari
1.1 Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy boshqaruv mohiyati, rivojlanish
bosqichlari
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy texnik taraqqiyotning keskin avj olishi
va jaxon xujaligi tovar ishlab chiqarishning keskin usishi barcha soxalarda
bulganidek moliyaviy boshkaruvning ilmiy konsepsiyalarida xam taraqqiyotlar
bulishiga olib keldi. Natijada zamonaviy sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti konsepsiyasi mustaqil tarmoq sifatida shakllana boshladi. Sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejmentining asosiy muammolaridan biri sifatida
sug‘urta tashkilotlarilar moliyaviy munosabatlari, pul mablaglari aylanishini
samarali tashkil etish masalasi bo‘ldi.
Bozor sharoitida boshqaruvni tashkil qilish mamlaktimizda iktisodiy
erkinlik mavjud bulishini nazarda tutadi. Menejment sug‘urta tashkilotlari
boshkaruvining samarali tizimi sifatida bunday imkoniyatlarga egaligini
tasdiqlaydi. Tadibrkorlik faoliyatining tashkiliy- huquqiy asoslari, tovarlar,
xizmatlar, moliyaviy bozorlar, baxolarni shakllantirish tizimlari, buxgalteriya
xisobi tizimlarini o‘rganish, marketing tadqiqotlari, sug‘urta tashkilotlarining
moliyaviy menejmenti, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari, buxgalteriya xisobi va
personallarni boshkarish tizimini tahlil qilish shuni kursatadiki, ayrim sug‘urta
tashkilotlarilari tashki muxit uzgarishlari keltiruvchi noananaviy muammolarni
an’anaviy usullar vositasida echishga harakat qilishadilar. SHunin uchun
zamonaviy shart sharoitlarda ayrim sug‘urta tashkilotlari oldida asosiy vazifa
sifatida tashki muxit uzgarishlariga uz faoliyat soxalarini tezlik bilan moslashtira
olish va vujudga kelgan muammolarni osonlik bilan uz foydasi xisobiga xal etish
masalasi yuzaga keladi. Har kanday sug‘urta tashkilotlarining asosiy faoliyat
soxalaridan biri sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti xisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining lug‘aiy ma’nosi sug‘urta
tashkilotlarilarda moliyaviy resurslar va kapitallarni boshkarishni anglatadi.
Sug‘urta tashkilotlarilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini boshqarishning
muammolari azaldan iqtisodchi-olimlar va amaliyotchilarni qiziqtirib kelgan.
8
Mamlakatda bozorni shakllantirish istiqbollari va shu asosda O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotini ko‘tarish ko‘proq sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti muammolari ilmiy-amaliy asoslarini qay darajada muvaffaqiyatli va
chuqur ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv tizimida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining o‘z
o‘rni mavjud. Dastlab boshqaruv tizimida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmentining o‘rni, hamiyati va nazariy asoslari o‘rganiladi. So‘ngra, sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejmentining tashkiliy-iqtisodiy asoslari, tarkibi,
vazifalari hamda ularga oid qarashlar tahlil etiladi. Bular asosida sug‘urta
tashkilotlarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti asoslarini tashkil
etish xususiyatlari yoritiladi.
Jamiyatning
muhim
sohalaridan
biri-ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarni
boshqarishdir. Menejment mohiyatini bir-biri bilan bog‘liq bir qancha
fundamental asoslar tashkil etadi.
Menejment-biznesni, sug‘urta tashkilotlarining ishbilarmonlik faoliyatini
boshqarishdir. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi
hisoblanadi. SHuning uchun biznesni boshqarishning menejment asoslari butun
jamiyat uchun muhim ahmiyat kasb etadi.
Menejmentda bosh vazifa bo‘lib, u quyidagidan iborat: qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun kishilar kuchi va ishtiyoqi hamda sug‘urta tashkilotlari
imkoniyatlarini jalb etishdan iborat.
«Bozor muhiti sug‘urta tashkilotlari moliyaviy mexanizmi amal qilish
mantiqiga qanday o‘zgarishlar kiritmoqda?», «Mazkur yangi mantiq asosida
sug‘urta tashkilotlari moliyasini qanday boshqarish lozim?», «Sug‘urta
tashkilotlarilarda moliyaviy qarorlar qabul qilishning bozor mezonlari qanday?»,
«YAngi sharoitlarda sug‘urta tashkilotlari hayotiy faoliyatining uzoq va qisqa
muddatli rejalarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin?» kabi savollar hozirgi
kunda barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qiziqtiruvchin o‘ta dolzarb
muammolardir. Mazkur savollar sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti
tashkiliy asoslarining u yoki bu tarkibiy qismiga taaluqli hisoblanadi..
9
Zamonaviy fanida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti
tushunchasining mohiyatiga har-xil fikirlar bildirilayotir.
AQSH va G‘arbiy Evropa iqtisodchi-olimlari «sug‘urta tashkilotlarining
moliyaviy menejmenti o‘zining bosh maqsadi sifatida aksiya kursini, aksiyaga
to‘g‘ri keluvchi sof foyda miqdorini, dividend darajasini, hissadorlar mulkini va
h.k. ko‘paytirishni ilgari suruvchi firmalar moliyasini boshqarishdir»
2
deb
tushuntirishga harakat qilishadilar.
V.A.Lyalin va P.V.Vorobevlar esa «sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti - sug‘urta tashkilotlari o‘z va qarz mablag‘laridan samaraliroq
foydalanishi hamda eng kam tahlika sharoitida yuqori foyda olishni
ta’minlashining uslublari, yo‘nalishlari haqidagi fandir»
3
deb tushuntiradilar.
Biroq har ikkala tushunchada ham tizimlilik etishmaydi. Bu esa sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejmentining u yoki bu maxsus fanlar bo‘lgan
moliyaviy tahlil, moliyaviy hisob va hisobot, moliyaviy matematika va h.k.
o‘rganish ob’ektilari bilan aralashuv yuz berishiga olib keladi.
Ayrim
olimlar
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti
tushunchasini maqsadli boshqaruv tizimi sifatida talqin etmoqdalar.
Masalan, I.T.Balabanov fikricha, «sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti - moliyaviy resurslar harakati va bu jarayonda xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar o‘rtasida vujudga keluvchi moliyaviy munosabatlarni boshqarish
maqsadini ishlab chiqish va ularga moliya dastaklari yordamida ta’sir etish
jarayonini xususiyatlaydi» deb fikir bildiradi.
E.S.Stoyanova tahriri ostida chiqqan «Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti: nazariya va amaliyoti» darsligida ta’kidlanishicha, «moliyaviy
menejment sug‘urta tashkilotlari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun
foydalanadigan usullarning zaruriy majmuasidir. Bu erda asosiy narsa - bosh
2
Chandra Prasanna. Financial Management. Theory and Practice. Third Edition - New Delhi: Tata Mc
Graw-Hill Publishing Company Limited, 2005. - 23 p.
3
Ефимова О.В. Финансовый анализ. 2-е изд. - М.:Бухгалтерский учет, 1998. – 5с.
10
maqsadga zid kelmaydigan, unga erishishni ta’minlaydigan usullarni tanlay bilish
va qo‘llay olishdadir»
4
deb taakidlaydi.
Nazarimizda, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mohiyatini
bunday tushunish yuqoridagi qarashlardagi kabi aniq izlanish predmetini
ifodalasada, unda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti jarayonining
tashkiliy-iqtisodiy asoslari etarlicha yoritila olinmagan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti konsepsiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bunday o‘ziga
xosliklar tadqiqotning markaziy ob’ekti hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining
moliyaviy menejmenti - sug‘urta tashkilotlarini uning umumiy maqsadlariga
erishishini
ta’minlashga
yo‘naltiruvchi
tizimdir.Birinchidan,
sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejmenti o‘zining xususiyatlari va ma’lum
qonuniyatlarga ega bo‘lgan boshqariladigan tizimdir. Ikkinchidan, u sug‘urta
tashkilotlarini boshqarish umumiy tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida
boshqaruv
tizimi
hisoblanadi.
Boshqariladigan
tizim
sifatida,
sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejmentiga soliqlar, baho, mehnatga haq to‘lash,
investitsiya siyosati, foiz stavkalari kabi davlatning tartibga solish tadbirlari orqali
turli xil boshqaruv qarorlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. YAqingacha boshqariladigan
tizimning etakchi sohasi sifatida xo‘jalik mexanizmi hamda uning tarkibiy qismi
bo‘lgan moliya-kredit mexanizmi o‘rganilib kelingan. YAgona boshqaruv ob’ekti
sifatida moliya-kredit mexanizmi davlat va sug‘urta tashkilotlari pul oborotining
birligini tan olishga asoslanadi.
Moliya-kredit mexanizmi orqali sug‘urta tashkilotlari moliyasini
boshqarish, xususan, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishning
qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan keng foydalanishni ta’minlash
ta’minlanadi. Moliya-kredit mexanizmi moliya-kredit jarayonlarini boshqarish va
tegishli qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi qator zvenolar kompleksiga
egadir. Bunday ta’sir ko‘rsatish natijasida - umumdavlat miqyosida moliya va
kredit normal faoliyatining muhim sharoitlarini ta’minlanadi, kamomadsiz
4
Стоянова Е.С. Финансовый менежмент. Российская практика. - М.:Перспектива, 2003. - 13 с.
11
byudjetni shakllantiriladi, rejadagi tadbirlar moliyalashtiriladi. Bundan tashqari
pul mablag‘lari hisobidan fondlar tashkil etilishi ustidan moliyaviy nazorat
o‘rnatiladi.
Sug‘urta tashkilotlari moliyasini boshqarish sug‘urta tashkilotlarining
umumiy maqsadlariga erishishni ta’minlashi lozim. Sug‘urta tashkilotlarining
umumiy maqsadlariga erishish, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti
konsepsiyasi doirasida erishiladi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentini tashkil etilishi muhim
uslubiy omillardan biri hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti sug‘urta tashkilotlari miqyosi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki
byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, banklar va boshqa kreditorlar, institutsional
investorlar bilan bevosita uzviy munosabatlar tizimiga ham tayanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentidan samarali foydalanish
orqali sug‘urta tashkilotlari iqtisodiy hayotida yangicha tizimini vujudga keltiradi,
uning
rivojlanish
istiqbollari
va
qonuniyatlarini
o‘zgartiradi. Sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy siyosatida uning faoliyati samaradorligini oshirishga
xizmat qilayotgan qaror qabul qilishning yangicha shakllari va usullari aynan
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti muhitining shakllanayotganligini
ifodalaydi.
Aksariyat nazariy manbaalarda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmentining uch asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatiladi:
-investitsion loyihalarni, investitsiyalash yo‘nalishlarini baholash va tanlash
bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar qabul qilish;
-moliyaviy resurslarni shakllantirish va investitsiyalash yo‘nalishlari
bo‘yicha taqsimlash bilan bog‘liq moliyaviy qarorlar qabul qilish;
-moliyaviy resurslarni saqlash va ko‘paytirishga qaratilgan samarali
moliyaviy nazoratni ta’minlash.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining har qaysi yo‘nalishiga
tegishli funksiyalar mos keladi: investitsion qarorlarga takror ishlab chiqarish
12
funksiyasi, moliyaviy qarorlarga - taqsimot funksiyasi, moliyaviy nazoratga -
nazorat funksiyasi.
Foydani ko‘paytirish, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
aholi guruhlari ehtiyojlarini qondirish, sug‘urta tashkilotlarida qisqa muddatli
manfaatlarning uzoq muddatdagi istiqbol taraqqiyoti vazifalariga zid kelmaydigan
o‘sishini ta’minlash maqsadlari sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmentining yo‘nalishlarini birlashtiradi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti yo‘nalishlarining umumiy
maqsadlarga egaligi ularning bir-birini taqozo etuvchi va bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq jarayon ekanligini tasdiqlaydi. Biroq, sug‘urta tashkilotlari
moliyaviy hayotining u yoki bu bosqichida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti ustivor vazifani bajarishini ta’kidlash lozim. Hozirgi sharoitda
sug‘urta tashkilotlari moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, avvalo, uning
asosiga qo‘yilgan iqtisodiy kategoriya bo‘lmish, moliyaning mohiyatini to‘la
ifodalamog‘i lozim. Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmentini foydani ko‘paytirish va sug‘urta tashkilotlari bozor qiymatining
barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida moliyaviy munosabatlarni boshqarishning
shakllari, usullari va tamoyillari yig‘indisi sifatida talqin etilishi mumkin. Sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mazmunini bunday talqin etish sug‘urta
tashkilotlari moliyaviy faoliyatini tashkil etishning huquqiy va informatsion
ta’minotining holatidan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta tashkilotlari faoliyatini boshqarishning
turli jabhalari u yoki bu darajada, albatta, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti xizmatining e’tiborida bo‘ladi. SHu munosabat bilan, sug‘urta
tashkilotlarining ayrim boshqaruv qarorlarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
menejmenti ishtirokini o‘zida aks ettirish zarur.
Xulosa qilib aytganda “Menejment” tushunchasini uch taraflama izzohlash
mumkin: iqtisodiy boshqaruv tizimi, boshqaruv tizimi, boshqaruv
organi(boshqaruv apparati), tadbirkorlik faoliyati sifatida.
13
Menejment ingliz tilidan. Management so‘zidan olingan bo‘lib -
boshqaruv ma’nosini anglatadi. Oshqacha qilib aytganda menejmentni umumiy
holda ishlab chiqarishni iqtisodiy boshqarish tizimi sifatida tushunish mumkin.
Ushbu tizim boshqaruv tamoyillari, usullari, shakllari yalpi holda o‘zida
mujassamlashtiradi YAkka holda menejmentga boshqaruv nazariyasi va
samarali boshqaruv amaliy namunalari xos bo‘lib, uning zamirida boshqaruv
san’ati tushuniladi.
Moliyaviy menejment
-
pul oqimlari moliyaviy resurslarni boshqarish
va moliyaviy munosabatlarni tegishli ravishda tashkil qilishning o‘ziga xos
tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |