o‘tmasada respublika sug‘urta bozori va uning zaruriy infrastrukturasi tashkil
46
qilingan. Sug‘urta bozorida 33 ta sug‘urta komaniyalari faoliyat yuritib
kelmoqda. Ularning moliyaviy menejment faoliyatiga va moliyaviy menejment
mexanizmiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu sohani rivojlantirish dolzarb
masalaligiga amin bo‘lamiz.
O‘zbekiston sug‘urta bozoriga e’tibor bersak, sug‘urta bozorining asosiy
moliviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosiy 10 ta sug‘urta kompaniyalarining
ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Sug‘urta bozorida asosiy ulushga ega bo‘lgan dastlabki 10 ta sug‘urta
kompaniyalarida moliyaviy menejmenti bir muncha yo‘lga qo‘yilgan. Ammo
qolgan sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejment masalalari to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilmagan. Ushbu xulosaga kelish asosiy sababi sifatida bir nechta fikrlarni
bildirishimiz mumkin.
Birinchidan mazkur sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta faoliyati
dastlabki o‘nta sug‘urta kompaniyalar tarkibiga kirgan sug‘urta
kompaniyalarining sug‘urta faoliyatiga qaraganda sust rivojlangan. Ularning
moliyaviy ko‘rsatkichlari ham nisbatan past. Ular tomonidan yig‘ilgan sug‘urta
mukofotlari, to‘langan sug‘urta qoplamalari, olinayotgan sug‘urta majburiyatlari,
sug‘urta portfelining ballanslashganligi holatlari talab darajasida emas.
Sug‘urta javobgarligini hajmini oshirish uchun sug‘urta tashkilotlariga
qo‘shimcha moliyaviy resurslar bo‘lishi talab qilinadi. Ammo nazarimizda
sug‘urta tashkilotlarining hozirgi holatidagi moliyaviy resurslari etarli emas.
Moliyaviy resurslarining asosiy manbaasi bo‘lgan ustav kapitalining
haqiqatdagi darajasi sug‘urta faoliyatini keng miqiyosda rivojlantirishga imkon
bermaydi. SHu sababli mazkur sug‘urta tashkilotlarining hususiy kapitali
miqdorini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish taklif qilinadi:
1.sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan ustav kapitalini minimal miqdorini oshirish;
2. sug‘urta tashkilotlarining haqiqatdagi ustav kapitali miqdorini oshirish
uchun respublika “Toshkent” birjasida sug‘urta tashkilotlari tomonidan
47
qo‘shimcha aksiyalar emissiyasini amalga oshirish yo‘li bilan qo‘shimcha
moliyaviy resurslarni jalb qilish;
3.sug‘urta tashkilotlarining yil faoliyati natijasida olingan daromadlarining
dividend sifatida ajratilgan qismini ustav kpiatlini oshirishga yo‘naltirish;
4. sug‘urta tashkilotlarining ixtiyorida qoluvchi taqsimlanmagan foydani
to‘liqligicha sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga
yo‘naltirish.
Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarini boshqarish borasida ham ayrim
kamchiliklar va muammolar mavjud. Ayrim sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta
faolitida raxbar xodimlarinig xizmat avtomobillarini saqlash xarajatlari nisbatan
kattaligi va reklamma xarajatlarinig nisbatan pastligi ko‘zga tashlanadi. Bunday
holatlarda sug‘urta tashkilotlarining xarajatlar tarkibini optimallashtirishni talab
qiladi. Sug‘urta tashkilotlarining ayrim xarajatlarini qisqartirib bo‘lmaydi.
Masalan. Sug‘urta tashkilotlarining zararlarni koplab berish bo‘yicha xarajatlari,
minimal ish haqi xarajatlari va shu kabi boshqa xarajatlarni qisqartirishni
imkoniyati mavjud emas. Ammo boshqaruv bilan bog‘liq ayrim xarajatlarni
qisqartirsa bo‘ladi.
Sug‘urta tashkilotlarining rahbar xodimlarining engil avtomobillarini saqlash
xarajatlarini qisqartirish lozim bo‘ladi. Ortiqcha avtomobillarni sotish zarur.
Sug‘urta tashkilotlarining raxbar xodimlarini engil avtomobillarini saqlash
xarajatlarini iqtisod qilish hisobiga yig‘ilgan moliyaviy resurslarini quyidagi
maqsadlarga sarflash taklif qilinadi:
1.sug‘urta faoliyatini fuqarolar o‘rtasida ommaviylashtirish, sug‘urta
tashkilotlari tmonidan ko‘rsatilayotgan, shuningdek yangidan ishlab chiqarilgan
sug‘urta mahsulotlarini reklamma qilish, sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta
bozoridagi nufuzini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta
xizmatlarini va ularning firma nomlarini keng miqiyosda reklamma qilish
maqsadida reklamma xarajatlarini oirish;
2.sug‘urta qoplamalarini to‘lash bo‘yicha xarajatlarini kamaytirish
maqsadida sug‘urta hodisalarini oldini olish bo‘yicha rejalashtirilgan xarajatlar
48
miqdorini oshirish, ya’ni oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha tashkil qilinuvchi
jamg‘armaga qilinuvchi ajratma miqdorini oshirish;
3.sug‘urta agentlariga kamission haq sifatida to‘lanuvchi xarajatlar
miqdorini oshirish zarur. Sug‘urta agentlari uchun to‘lanadigan komission haq
maksimal meyorini 25% dan 40% ga o‘zgartish zarur. Sug‘urta
vositachilariga to‘lanuvchi komission haqning miqdorini oshirish ularda sug‘urta
shartnomalarini tuzishga va ularni sifatli bajarishga ko‘mak berishga moddiy
manfaatdorlik tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi. Bu esa sug‘urta bozorini
rivojlanishiga olib keladi.
YUqorida oldinga surilgan takliflarni amalga tadbiq qilinishi nafaqat
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejment faoliyatini samarasini oshishga
imkon beradi, balkim O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlanishiga zamin yaratadi.