39
3.1.
Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentni amalga
oshirish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribalari va ularni milliy
sug’urta bozoriga tadbiq etish masalalari..............…………….
39
3.2.
Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentni samarali
tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari………………………
42
Xulosa va takliflar…………………………………………………….…
52
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….
59
4
Kirish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan sug‘urta sohasining jamiyat hayotidagi
o‘rni yanada ortib ketdi. Ayniqsa iqtisodni ko‘p ukladli tizimda rivojlantirish,
davlat korxonalarining kamayishi, tadirkorlikni rivojlanishi sug‘urta sohasini,
O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Sug‘urta
aholini baxtsiz hodislardan, kasalliklardan himoya qila turib, moddiy mablag‘ga
muxtoj bo‘lganda aholini himoya qilishda asosiy yordam beruvchi manbaalardan
biriga aylandi. Korxona va tashkilotlarni ularning xo‘jalik faoliyatida yuz beruvchi
zararlardan himoya qilish orqali ularni bankrotlik holatidan himoya qila boshladi.
Sug‘urrta yordamida nafaqat korxona va tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy holatini
yaxshilanmoqda, balkim mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishiga
ko‘mak berlmoqda. Sug‘urtaning milliy iqtisodni rivojlantirishdagi, fuqarolarni
ijtimoiy himoya qilishdagi ahmiyati kattaligiga shub’ha yo‘q. “2011-2015 yillarda
O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi dastur
tasdiqlangan. Ushbu dasturga asosan umumiy qiymati 50 milliard dollarni tashkil
etadigan 500 dan ortiq yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda
tutilmoqda
1
.
Prezidentimiz
tomonidan
belgilab
berilgan
2011
yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlatirish ustuvor vazifalarini bajarishni
ta’minlashda sug‘urta tashkilotlarining rol katta.
SHu sababli hozirgi zamon dolzarb masalardan biri sug‘urta bozorini,
shuningdek sug‘urta faoliyatini davr talabiga mos holda rivojlantirishdir.
O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilgan. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish. Sug‘urta bozorini rivojlantirish
uchun zarur bo‘lgan huquqiy baza yaratilgan. Sug‘urta bozorida 33 ta sug‘urta
tashkiloti ro‘yxatga olingan. Ammo hozigi kunda barcha sug‘urta kompaniyalarini
sug‘urta faoliyati talab darajasida rivojlanmoqda deb aytish qiyin. Bunga asosiy
sabab ayrim sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejment mexanizmidan
1
Барча режа ва дастурларимиз ватанимз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини
оширишга хизмат қилади. Президент И.Каримовнинг 2010 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий
ривожлантириш якунлари ва 2011 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. 21.01.2011.
5
oqilona foydalanilmayotganligidir. Ularning moliyaviy menejmentida etarli
darajada muammolar mavjudligidir. Sug‘urta tashilotlarining moliyaviy holatini
yanada yaxshilash milliy iqtisodimizni rivojlanishiga katta ko‘mak beradi. Bu esa
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejment muammolarini hal qilish,
moliyaviy holatni yaxshilash masalarini dolzarbligini yanada ortiradi.
Mazkur bitiruv malakaviy ish ana shunday dolzarb muammolardan biriga
bag‘ishlangan.
Ushbu mavzuning ayrim jihatlari respublikamizda taniqli olimlar tomonidan
o‘rganilgan. I.f.d., prof.N. Haydarov, i.f.d. prof.T.Malikov, i.f.d. prof
M.Almardonov, i.f.n. dots. X.SHennaevlar o‘zlarining bir qator ilmiy risolalarida
mavzuning u yoki bu jihatlarini o‘rgangan. Lekin, mazkur mavzu to‘liqligicha,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘rganilmagan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz yuz berayotgan vaqtda sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy menejment mexanizmini nazariy va maliy jihatidan
o‘rganib, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mexanizmini
takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalash ishlab chiqish – bitiruv malakaviy
ishining maqsadi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishi quyidagi
vazifalarni hal qilishi lozim:
-sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning mohiyatini va rivojlanish
bosqichlarini o‘rganish;
-sug‘urta
tashkilotlarida
moliyaviy
menejmentning
tamoyillari
va
funksiyalarini o‘rganish;
-sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari va ularni boshqarish
mexanizmini o‘rganish;
-
s
ug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish
mexanizmini o‘rganish;
- sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarini boshqarish mexanizmini o‘rganish;
- sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mexanizmini takomillashtirish
bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
6
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati bitiruv malakaviy
ishining ob’ekti hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti – sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
potensiali bilan bog‘liq munosabatlari majmuasidir.
Sug‘urta tashkilotlaridan olingan statistik ma’lumotlar, iqtisodiy-ijtimoiy
gazeta va jo‘rnallarda chop etilgan sug‘urta faoliyatiga oid ma’lumotlar,
O‘zbekiston Respublikasi byudjet parametrlari haqidagi ma’lumotlar, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligidan va Davlat soliq qo‘mitasidan olinadigan
ma’lumotlar bitiruv malakaviy ishining ma’lumot manbaasi hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmetini o‘rganishda mantiq, guruhlash,
taqqoslash, tahlil, tarixiy va boshqa uslublardan foydalaniladi.
Bitiruv malakaviy ishni tarkiban kirish, uch bob, xulosa va takliflar,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |