30
Sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida bo‘ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari
va nazorat tashkilotlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda to‘lovlar bo‘yicha
kechiktirilgan vaqt bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo‘ladi. Bunda
sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik
majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar
hisoblanadi. Qarshi tomonga to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik
majburiyatlari hisoblansa, qarshi tomondan olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar
debitorlik majburiyatlari deyiladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining to‘lov muddatining o‘tib ketishi
sug‘urta tashkilotlari moliyaviy ahvoliga katta tasir o‘tkazadi. SHu maqsadda
sug‘urta tashkilotlari faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik
majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish masalasiga alohida axamiyat beriladi.
Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish davlat tomonidan
nazorat qilinadi. Sug‘urta tashkilotlari va sug‘urta qildiruvchilar o‘rtasida
bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarda majburiyatlarni tartiblash asosida sug‘urta
tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi, davlat pul-kredit siyosatini tartibga solish
amalga oshiriladi.
Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini samarali
bosharishda tahlil muhim ahamiyatga ega. Tahlil etishda sug‘urta tashkilotlarining
muayyan davrga bo‘lgan o‘zaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining
holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga,
debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning to‘lanuvchanligiga, debitorlik va
kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho
beriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini boshqarishning asosiy maqsadi
debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining aylanish davrini tezlashtirish asosida
sug‘urta tashkiloti moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan holatni baxolash va
chora tadbirlar, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishdan iborat.
Bu majburiyatlar sug‘urta tashkiloti bilan sug‘urta qildiruvchilar yoki naf
oluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda, sug‘urta tashkiloti bilan bank tashkilotlar
31
o‘rtasida, sug‘urta tashkiloti bilan solio‘ organlari o‘rtasidagi, sug‘urta tashkiloti
bilan ijtimoiy ta’minot bo‘limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuningdek
xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda
yuza keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sababi hisob-kitoblarda vaqtning
o‘zgaruvchanligidir.
Sug‘urta tashkilotlarida debitorlik hamda kreditorlik majburiyatlarining
yuzaga kelishi bo‘yicha quyidagi sabablarini ko‘rsatishimiz mumkin:
- o‘zaro hisob-kitoblarda tamonlarning to‘lov layoqatiga ega emasligi;
- sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda hisob-kitoblarning o‘z vaqtida emasligi;
- mulk va unga egalik qilishda mas’ullik hissining yo‘qligi;
- o‘zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- xodimlar va investorlar bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlarda qat’iy
shartlarning yo‘qligi;
- sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi muno-
sabatlarda qat’iy davlat qonunchilik mexanizmining mavjud emasligi va boshqa
sabablarni kiritish mumkin.
Sug‘urta tashkilotida debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga
kelishining asosiy sababi hisob-kitoblarda to‘lovlar muddatining yoki sanasining
turli hisobot davriga to‘g‘ri kelishidir.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisobot, ma’lumotnoma har
oyning 1- sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari sug‘urta tashkiloti tuzadigan moliyaviy
hisoboti tarkibidagi 2a-shakl «Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida
ma’lumotnoma»da ham aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o‘zaro tengilik
nisbatini
xarakterlaydi.
Bunda
debitorlik
majburiyatlarining
kreditorlik
majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.
Debitorlik qarzlar tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan.
32
Jadval
Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari
Do'stlaringiz bilan baham: