Axloqiy ta’lim
–
shaxs ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat
tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat,
muloqot, xulq-atvor, odob qoidalari, axloqiy me’yor va tamoyillarni singdirish
jarayoni.
Axloqiy tushuncha
–
jamiyat tomonidan e’tirof etilgan tartib, odob, o’zaro
munosabat, muloqot, xulq-atvor, odob qoidalari, axloqiy me’yor va tamoyillar
to’g’risidagi tasavvur.
Axloq
(lot. “moralis” – xulq-atvor) – ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-
harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi
zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari,
mezonlarining majmui; ijtimoiy ong shakllaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |