B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov


Az-Zamaxshariy,  Abul  Qosim  Mahmud  ibn  Umar



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

Az-Zamaxshariy,  Abul  Qosim  Mahmud  ibn  Umar 
(1075-1144  y.y.)  –  yirik 
tarixchi,  geograf,  adabiyotshunos,  pedagog  va  shoir.  Alloma  to’g’risidagi 
ma’lumotlar  asosan  o’rta  asrlarga  taalluqli  manbalarda  keltirilgan.  Ularda 
ko’rsatilishicha,  ulug’  mutafakkir  1075  yilning  19  martida  Xorazmning  Zamaxshar 
qishlog’ida tug’ilgan. Otasi o’qimishli kishi bo’lib, Zamaxsharda masjidda imomlik 
qilgan.  Yosh  Abul  Qosim  ilk  ta’limni  o’z  otasidan  olgan.  Alloma  yoshligida  og’ir 
kasallik  tufayli  bir  oyog’idan  ayriladi.  Shu  bois  otasi  uni  “og’ir  mehnatga 
yaramaydi”,  deb  tikuvchi  ustaga  shogirdlikka  berishga  qaror  qiladi.  Biroq,  ilmga 
ishtiyoqi kuchli bo’lgan yosh Abul Qosim o’zini madrasaga o’qishga yuborishlarini 
so’raydi. Madrasada ta’lim olish jarayonida o’zining iqtidorli ekanligini namoyon eta 
olgan  Abul  Qosim    arab  tili  va  adabiyotini,  hattotlikni,  Islom  dini  asoslarini  puxta 
o’zlashtrishga  kirishadi.    Balog’at  yoshiga  yetganda  o’zlashtirgan  ilmini  yanada 
boyitish  maqsadida  Buxoro  madarasalaridan  birida  tahsilni  davom  ettiradi.  O’qishni 
tamomlagach,  Abul    Qosim  bir  necha  yil  Xorazmshohlar  saroyida  kotiblik  qiladi. 


 
34 
Biroq, bu yerdagi ishi uni qoniqtirmaydi. Shu bois o’zga yurtlarga safar qilib, ilm-fan 
sirlarini  mukammal  o’rganishga  intiladi.  1118  yilda  og’ir  dardga  chalingan  Abul 
Qosim Mahmud ibn Umar qolgan umrini faqat ilm-fanga bag’ishlashga qaror qiladi. 
Bo’lajak allomaning ilm-fan yo’nalishida kamolga yetishida ustozlaridan biri – til va 
adabiyot  sohasining  yetuk  vakili  –  Mudar  Mahmud  ibn  Jariyr  al-Dabbiy  al-
Isfahoniyning  xizmati  beqiyos.  Ulug’  alloma  Xorazmda  biroz  muddat  yashagan 
bo’lib,  ma’na  shu  davrda  Abul  Qosim  Mahmud  ibn  Umar  alloma  qo’lida  tahsil 
olishga muvaffaq bo’lgan. 
Bo’lajak  alloma  o’z  ilmini  oshirish  maqsadida  o’sha  davrning  eng  yirik 
madaniyat, ilm-fan “o’choqlari” bo’lgan shaharlar – Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, 
Bag’dod,  Hijoz,  Makkada  bo’lib,  taniqli  shaxslardan  hadis,  fiqh,  til  va  adabiyot 
sirlarini  o’rganadi.  Mahalliy  qabilalarning  lahjalari,  maqollari,  urf-odatlarini  tadqiq 
etadi, mintaqa geografiyasiga doir muhim ma’lumotlarni to’pladi.  
Ulug’ alloma besh yil davomida Makka shahrida yashagan. Shu sababli Jorulloh 
(“Ollohning  qo’shnisi”)  degan  nomni  oladi.  Alloma  o’z  asarlarining  asosiy  qismini 
shu  yerda  yaratadi.  O’z  umrini  ilm-fanga  bag’ishlab,  arab  grammatikasi, 
lug’atshunosligi, adabiyot, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid ellikdan ortiq asarlar 
yaratgan alloma 1144 yilning 14 aprelida vafot etadi.  
Allomaning  “Al-Mufassal”  (1121  yil)  asari  uzoq  yillardan  beri  arab 
tilshunosligini o’rganishda yirik qo’llanma vazifasini o’tab kelmoqda. Asarning ilmiy 
qimmatini  taniqli  arab  tilshunosi  Sibavayhning  arab  grammatikasiga  oid  mashhur 
kitobidan keyin ikkinchi o’rinda turishi bilan ham belgilash mumkin. Hozirda ushbu 
asarning  qo’lyozma  nusxalaridan  biri  Toshkentda,  O’zR  FA  Sharqshunoslik 
institutida  saqlanmoqda.  “Al-Mufassal”  asari  ixcham,  muxtasar  holda  ham  chop 
etilgan. Mazkur nusxa “Al-Unmazaj” (“Namuna”) deb nomlagan.  
Ulug’  mutafakkir  Az-Zamaxshariyning  xorazmshoh  Alouddavla  Abulmuzaffar 
Otsizga bag’ishlab yozilgan “Muqaddimat ul-adab”, “Notiqlik asoslari”, “Atvoq uz-
zadab  fi-l-mavoi’z  va-l-xutab”  (“Xutbalar  va  va’zlar  bayonida  oltin  shodalar”), 
“Rabi’  ul-abror  va  nusus  ul-axyar”  (“Ezgular  bahori  va  yaxshilar  bayoni”)  asarlari 
ham  alohida  ahamiyatga  ega.  “Kitob  al-jibol  va-l-amkina  va-l-miyoh”  (“Tog’lar, 
joylar va suvlar haqida kitob”)  nomli asarida jug’rofiy joylar, tog’lar va dengizlarga 
doir  qimmatbaho  ma’lumotlar  keltirilgan.  Pand-nasihatlarni  o’z  ichiga  olgan  “Rabi’ 
ul-abror  va  nusus  ul-axyar”  (“Ezgular  bahori  va  yaxshilar  bayoni”)  nomli  asarida 
odob-axloq  masalalari  yoritilgan.  97  bobdan  iborat  ushbu  asarning  nodir  qo’lyozma 
nusxalaridan biri Toshkentda O’zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.  
O’z  asarlarida  ulug’  mutafakkir  inson  irodasi,  uni  tarbiyalash,  o’zida  axloqiy 
sifatlarni  hosil  qilish  yuzasidan  bugungi  kunda  ham  ahamiyatli  bo’lgan  qarashlarni 
bildiradi. Uning fikricha, insoniylik, to’g’rilik, rahmdillik va mardlik komil insonga 
xos  eng  muhim  sifatlar  sanaladi.  Alloma  insoniy  munosabatlar,  odob-axloq 
masasalalari yuzasidan fikr bildirar ekan quyidagilarni ta’kidlab o’tadi: “To’g’rilik va 
halollik  yo’li sherning o’rmondagi yurishiga o’xshaydi”, “Savdogarning hurmati va 
obro’si uning mablag’i bilan belgilansa, olimniki uning kitoblari bilan belgilanadi”, 
“Axloqiy  (ma’naviy)  ko’mak  moddiy  yordamdan  ko’ra  afzaldir”,  “Qaerdaki 
axloqsizliklar  avj  olar  ekan,  Olloh  o’sha  yerga  kulfatlar  (turli  halokatlar,  ofatlar  va 
musibatlar)ni yuboradi”, “Osiy kimsalarning sodiq do’stlari bo’lmaydi”, “To’g’riso’z 


 
35 
kishi  doimo  xotirjamlikda,  osoyishta  umr  kechiradi,  yomonlikni  o’ylovchi  sotqin, 
xiyonatkor kimsalar esa jarlikka qulashi muqarrar”.  
Ulug’  alloma  Az-Zamaxshariyning  odob-axloqqa  doir  qarashlari  asosida 
“Kamalak”  nashriyoti  tomonidan  1992  yilda  “Nozik  iboralar”  nomli  kitob  nashr 
etilgan.     
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish