Axloqiy bilim
– ijtimoiy munosabatlar, shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi,
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob,
o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlari to’g’risidagi nazariy
tushunchalar, axloqiy tamoyillar majmui va ularning shaxs tomonidan o’zlashtirilishi.
Axloqiy e’tiqod
–
jamiyat tomonidan e’tirof etilgan tartib, odob, o’zaro
munosabat, muloqot, xulq-atvor, odob qoidalari, axloqiy me’yor va tamoyillarning
ezgulikka xizmat qilishiga bo’lgan ishonch; ma’naviy-axloqiy asosga ega bo’lgan
ezgu g’oyalarga shubhasiz ishonish. Axloqiy e’tiqod “iymon” tushunchasi bilan ham
ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |