Axborot tarmog’i
–
ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun
mo’ljallangan tarmoq. U abonent va ma’muriy tizim; ularni kommunikatsion
tarmoqlar bilan bog’lovchi tarmoqlardan tarkib topadi. Abonent tizimlari o’rtasidagi
masofaga ko’ra axborot tarmoqlari global, mintaqaviy va mahalliy kabi guruhlarga
ajratiladi. Shuningdek, universal hamda maxsus axborot tarmoqlari farqlanadi.
Axborot texnologiyalari
– axborot resurslari, amaliy dasturlar, axborot
texnologiyalari (kompyuter va telekommunikatsiya), aloqa vositalari (telefon, faks,
modem, onlayn tizimi) yordamida axborotni izlash, yig’ish, saqlash, uni qayta ishlash
hamda tarqatishni ta’minlovchi tizim. Zamonaviy sharoitda axborot texnologiyalari
gipermatn, multimedia, internet, intranet, elektron pochta, WEB texnologiyasi, sun’iy
intellekt tizimlari kabi tarkibiy qismlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |