DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
34
6. O‟simlikni turlari bo‟yicha tuproqni tayyorlash, urug ekish usuli, ko‟chat
ekish va joylashtirish.
Tajriba dalasi
- qishloq xoʻjaligi sohasidagi tajriba muassasasi. Tajriba dalasida
joyning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda dorivor o‘simliklar
yetishtirishning ratsional usullarini ishlab chiqish maqsadida dala tajribalari
oʻtkaziladi. Tajriba dalasi qishloq xoʻjaligi fanlari rivojlanishida muhim rol oʻynagan.
dorivor o‘simliklarning biologik va agrotexnik xususiyatlarini, ularni turli tabiiy va
xoʻjalik sharoitlarida yetishtirish usullarini oʻrganish uchun moʻljallanadi.
Tajriba dalasining tuprogʻi mazkur zona uchun tipik, unumdorligi jihatidan bir
xil, relyefi tekis, nishabi tuproqni bir tekisda namlashga imkon beradigan darajada
boʻlishi tajriba natijalarining anikligini taʼminlaydi. Tajriba dalasi uchun soʻnggi 3—4
yil davomida
har yili bir xil ekin ekilgan, oʻgit solish, tuproqqa ishlov berishda
yagona
sistema qoʻllanilgan yerlar tanlanadi va h.k. Maydondagi paykallarning kattakichikligi
va tajriba takroriyligi dala tajribasining aniqligiga taʼsir koʻrsatadi.
Tajribalar muayyan sondagi variantlardan iborat boʻlgan maʼlum bir sxema
boʻyicha bajariladi. Tajriba kichik paykallarda oʻtkazilsa va juda aniq natijalar olish
zarur boʻlsa, tajriba 6 martagacha takrorlanadi (mas., Davlat nav sinovida 50 m2
kattalikdagi paykallarda). Paykal taxminan 100 m2 gacha kattalashtirib borilganda
tajriba
aniqligi ortib boradi, ularni yanada kattalashtirish tajriba anikligini pasaytiradi.
Alohida alohida ishlov berishni talab qilmaydigan paykallarda agrotexnika
tajribalarining asosiy qismi kattaligi 50—200 m2 keladigan paykallarda oʻtkaziladi.
Mashina va qurollarni alohida alohida ishlatishni talab etadigan tuproqqa ishlov berish
usullari yoki boshqa agrotexnika tadbirlarini sinab ko‘rihda har bir paykal 300 va,
hatto, 1000 m2 gacha kattalashtiriladi.
Tajriba dalasida oʻsimliklar hosilini miqdor va sifat jihatidan hisobga olib borish
shart, bu esa dala sharoitlarida hosilning oʻrganilayotgan shu usullariga qay darajada
bogʻlikligini anikdashga yordam beradi.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish dala tajribasi o‘tkazilganda esa tajriba
maydonchasi sathi kattaroq, ya‘ni 100 dan 3000 kv.m gacha bo‘lishi mumkin. YAna
shu zona uchun xos bo‘lgan agrotexnik va mexanizatsiya ishlarini ta‘minlashiga
e‘tibor bsriladi.
Umuman tajriba maydonchasining sathi bu konkret aniq bir holat bo‘lmasdan, u
tajriba vazifasi tuproq sharoiti, ekish usullari ekinlarni parvarish qilish usullari, hosilni
yig‘ish va boshqalarga qarab u yoki bu miqdorda o‘zgarib turishi mumkin.
Hosil maydonchalari - tajriba maydonchalarini ajratib turish uchun yonbosh va
ztaklardan himoya maydonchalari ajritiladi. YOnbosh himoya maydonchalarining
kengligi 0,5-1,5 m bo‘ladi. Ba‘zi hollarda masalan sug‘orish yoki
gerbitsidlar bilan
o‘tkazilgan tajribalarda esa ularning kengligi 2-3 m qilib belgilanadi.
IV-
QAYTARIQ
III-
QAYTARIQ
II-
QAYTARIQ
I-
QAYTARIQ