Bo'laklarning o'lchami va variantlar takroriyligi
.
Variantlar uchun ajratilgan
er bo'laklari o'lchami va takroriyligi dala tajribasi aniq va to'g'riligini belgilovchi
muhim omillardir. Tajribalarni katta o'lchamli maydonlarda o'tkazish yuzasidan
tavsiya berish uchun nazariy asos mavjud emas.
Ma'lum chegaradan keyin bo'laklar maydonini ko'paytirish tajribaning aniqlik
darajasi pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Buning sababi shundaki, har bir
variant maydoni kengaytirilishi bilan tajriba o'tkazilayotgan umumiy maydon ham
ortib boradi. Maydon kengaytirilishi hisobiga umumiy maydon unumdorligi bir hil
bo'lgan tuproq maydonchasi chegarasidan chiqib ketish mumkin. Bu holda
bo'lakning katta o'lchami butun tajribani unumdorligi bir hil maydon chegarasida
joylashtirish zarurati bilan cheklanadi. Demak, variant kattaligini belgilashda
tajriba dalasi tuprog'ining hilma-hillik darajasi etiborga olinishi zarur. Shu bilan
birga bo'laklar o'lchamini belgilashda tajribaning yo'nalishi va vazifalari,
agrotehnikasi, qo'llaniladigan mehanizmlar, ishlov berish, sug'orish-oziqlantirish
tizimi va b.q. lar e'tiborga olinishi kerak.
Bo'laklar o'lchamini shunday tanlash kerakki, ular ekinlarga ishlov berishda
va hosilni yig'ishda mehanizmlardan keng foydalanish imkonini bersin.
Chopiqtalab ekinlar joylashtiriladigan bo'laklar kengligini belgilashda traktorlar,
turli moslamalar va mashinalar bir, ikki va h.k. marta kiraolishi ko'zda tutilishi
kerak.
To'rt qatorli mashinalar uchun bo'lakda kamida 4 hisob qatori, bo'lakdagi
umumiy egatlar soni esa 8-12 ta bo'ladi. Shulardan 2 va 4 tadan qator hisobli
egatlarning ikki tomonidan himoya yo'lakchasiga qoldiriladi. Maydon ohiridagi
himoya yo'laklari dala shakliga qarab ajratiladi. Terim mashinalari qaytib olishi
uchun dalaning ikki boshida 6-8 metrli himoya yo'laklari qoldiriladi.
Shuni unutmaslik zarurki, bo'laklar o'lchamining oshirilishi tajriba dalasi
kengayib ketishiga, dala tanlashda qiyinchilik tug'ilishiga va daladagi barcha
bo'laklarda bir hil ishlovlarni baravariga, tez amalga oshirib bo'lmasligiga olib
keladi. Shuning uchun bo'laklarni juda kattalashtirmay, dala ishlarini ishlab
chiqarishda joriy etilgan usullar va qurollar yordamida qisqa muddatda o'tkazishni
mo'ljallab rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Variantlarning ma'lum bir takrorlanishida tajriba bo'yicha yakuniy natijalarga
tasodifiy notekis ta'sir etadigan tashqi muhit omillari turli-tumanligi, tuproq
unumdorligi, relef noteksligi, sho'rlanish va eroziyalanish darajalari, ishlov berish,
ekish, sug'orish va h.k. lar tufayli yuzaga keladigan kamchiliklar to'liq bartaraf
etilmasa-da, biroz kamaytirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |