Agrotexnologiyalar instituti


Tuproqqa ishlov berish usullari, yer maydonini varivntlarga bo‟lish



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/400
Sana05.01.2022
Hajmi2,77 Mb.
#318501
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   400
Bog'liq
DORIVOR O’SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI MAJMUA 2020 (2)

2.Tuproqqa ishlov berish usullari, yer maydonini varivntlarga bo‟lish 
talablari. 
 
Tajriba uchun o'tmishi (3-4 yilgi dala tarihi) ma'lum bo'lgan paykal ajratilishi 
lozim. Shu narsa aniq bo'lishi kerakki, ajratilayotgan yerda so'ngi yillar davomida 
(3 yildan kam bo'lmagan davrda) bir hil meliorativ ishlar amalga oshirilgan, bir hil 
ekin etishtirilgan, tuprog'iga bir turdagi ishlov va o'g'itlar berilgan bo'lsin. 
Ilgari  turli  ho'jalik  maqsadlarida  foydalanilgan  dala  ma'lum  tayyorgarliksiz 
tajriba  uchun  olinishi  mumkin  emas  (masalan,  bir  qismiga  o'g'itlar  ko'p  solingan, 
unda tubdan yer tekislash ishlari o'tkazilgan, yo'l o'tgan yoki imoratlar, tomorqalar, 
mollar uchun ko'ra va b.k. bo'lgan dala). 
Shunday qilib, tajribaga ajratilgan yerning barcha qismida tuproq unumdorligi 
qariyib bir hil, relfi tekis yoki qiyalik darajasi teng bo'lishi kerak. U, shuningdek, 
maydoni hajmiga ko'ra, g'o'za-beda, g'o'za-g'alla ekinlarini parvarishlash, pahta va 
g'alla hosilini yig'ishtirib olishda mehanizatsiya vositalaridan foydalanish imkonini 
berishi lozim. Iloji boricha tajribaning barcha variantlarini tuprog'i bir hil yoki bir-
biriga yaqin maydonlarda joylashtirishga erishish zarur. 
Tajriba ho'jaliklarida uncha katta bo'lmagan maydonlar uchrab turadi. Ularni 
asta-sekin  yiriklashtirish  kerak.  Tuproq  unumdorligi  faqat  ayrim  qismlardagina 
(masalan,  uvatlar  tekislanganda,  eski  ariqlar  ko'milganda  va  b.q.)  birmuncha 
o'zgargan maydonda tajriba o'tkazish uchun, tekislangan uvatlar, ko'milgan ariqlar 
o'rni  tajribaning  himoya  yo'lagiga  ajratilgani  ma'qul.  Himoya  yo'lagiga  bunday 
erlar bir necha yil davomida ajratilishi kerak. 
Yer  tubdan  tekislanganda  tuproq  yuza qatlami  unumdorligi  keskin o'zgaradi. 
Bunday  holda  yiriklashtirilayotgan  maydonni  tajriba  qo'yish  uchun  mahsus 
tayyorlash  talab  etiladi.  Buning  uchun  maydonga  muvozanatlashtiruvchi  ekinlar 
(beda,  qoplovchi  ziroatlar)  ekish  bilan  birga,  o'g'itlar  tabaqalashtirilgan 
me'yorlarlarda solinadi yoki tekislangan yer usti tuproqning ustki, unumdor qismi 
bilan qayta yopiladi. 
Sug'orishda  tuproq  bir  tekis  namlanishini  ta'minlash  maqsadida  tajriba 
dalasining  yuzasi  yahshilab  tekislanishi  kerak.  Bunday  tekislash  uchun  mahsus 
nivelirlash asos bo'ladi. 



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish