DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
131
Tajribadan bo'shagan paykalni yana tajriba o'tkazish uchun bir yil o'tmasdan
ajratib bo'lmaydi, ayrim hollarda, ayniqsa, o'g'itlarning turli me'yorlari bo'yicha
o'tkazilgan tajribalardan so'ng bundan ham kechroq ajratish kerak. Ushbu muddat
davomida maydonga birorta ekin ekilib, bir hil ishlov va bir me'yorda o'g'it
berilgani ma'qul.
Bunday ekinlar muvozanatlashtiruvchi ekinlar bo'lib, zarur hollarda ularni
tegishli yerlarda ekib, o'stirish ikki-uch yil va bundan ham ko'prok davom
ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |