«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Temirbeton  stropil  fermalari. 
Temirbeton  fermalar  eni  18,  24  va  30  m  bo‟lgan  bino 
tomlarini  yopishda  qo‟llaniladi,  fermalar  qadami  6  va  12  m  bo‟ladi.  Temirbeton  fermalarda 
po‟latning sarfi po‟lat fermalarga nisbatan ikki marta kam bo‟ladi, shuning uchun ham eni 30 m 
gacha bo‟lgan binolarda faqat temirbeton fermalar qo‟llash tavsiya etiladi. Katta oraliqlarda esa 
po‟lat fermalar qo‟llash maqsadga muvofiqdir, chunki bunda ularning vazni, mehnattalabligi va 
tannarxi temirbetonga nisbatan ancha arzonga tushadi. Biroq qurilish amaliyotida 60 m va undan 
ortiq bo‟lgan oraliqlarni yopishda oldindan zo‟riqtirilgan yig‟ma fermalar qo‟llanganligi malum. 
Katta  oraliqli  temirbeton  fermalarning  vazni  og‟ir  va  tashish  noqulay  bo‟lib,  o‟rnatishda  ko‟p 
mehnat sarflanadi. Shuning uchun ham ular alohida hollardagina qo‟llaniladi. 
Fermalar  ustunlarga  o‟rnatiladi,  anker  boltlar  yordamida  mahqamlanadi  yoki  metall 
tahtakachlarga payvandlanadi. Ferma ustiga tom yopmalari yopiladi. 
Stropil  fermalarining  shakli  tomning  xiliga  bog‟liq.  Nishabli  tomlarda  yuqori  tasmasi 
siniq  chiziqdan  iborat  bo‟lgan  hovonli  segment  fermalar  (22.4,a–rasm)  hamda  arkasimon 
hovonsiz  fermalar  (22.4,v–rasm),  yassi  tomlarda  esa  parallel  tasmali  hovonli  fermalar  (22.4,b–
rasm) qo‟llaniladi. 
Fermaning  balandligi  uzunligining  1/7…1/9  qismini  tashkil  etadi,  fermaning  ustki 
tugunlari  orasidagi  masofa,  qobirg‟ali  plitalarning  bo‟ylama  qobirg‟alari  orasidagi  masofaga 
moslab, 3 m olinadi. Bu hol yuklarning fermalarga tugunlar orqali uzatilishini taminlaydi. 


222 
 
 
22.4–rasm. Fermalar sxemasi 
Yuqori  tasmasi  segment  yoki  poligonal  bo‟lgan  fermalar  boshqalariga  ko‟ra  maqbulroq 
sanaladi,  chunki  bularda  statik  nuqtai  nazardan  zo‟riqishlar  epyurasi  oraliq  bo‟ylab  o‟zgarib 
boradi. Bundan tashqari, nishabli tomlarni uskunalashda ancha qulayliklarga ega. 
Yassi  tomli  binolarda  parallel  tasmali  fermalar  qo‟llaniladi.  Tom  yopishda  bu 
fermalarning malum  qulayligi  bor. Biroq tayanchlarda ular katta balandlikka ega bo‟lib, tashqi 
devorlar  balandligini  oshirishdan  tashqari,  fermalar  orasiga  vertikal  bog‟lanishlar  o‟rnatishni 
taqozo etadi. Beton sarfi ham segmentli va arkasimon fermalardan ancha yuqori. 
Katta oraliqli fermalarni tashishga mo‟ljallangan maxsus mashinalar bo‟lmagan taqdirda 
zavod sharoitida fermaning alohida qismlari  tayyorlanadi,  o‟z joyida alohida qismlardan ferma 
yig‟iladi. Yig‟ma fermalar ko‟pincha ikkita yarim fermadan yoki bir necha 6 metrlik bloklardan 
tashkil topadi. Tutashuvyerlari payvandlanib, tugunlar betonlangach, fermaning pastki tasmasida 
qoldirilgan kanaldan armatura o‟tkazib taranglanadi. 
Fermalar  yopmadan  tushadigan  yuklar,  qor  va  osma  uskunalar  og‟irligi,  shuningdek 
ularni tayyorlash, tashish va o‟rnatish jarayonida vujudga keluvchi kuchlar tasiriga hisoblanadi. 
Yopmalardan tushadigan yuklar va fermaning xususiy og‟irligi yuqori tasma tugunlariga, osma 
jihozlar yuklari pastki tugunlarga qo‟yilgan deb olinadi. 
Fermalarni  mustahkamlikka  hisoblashda,  ularni  statik  aniq  tizim  deb  qaraladi.  Bunday 
usul konstruksiya ishini umuman to‟g‟ri aks ettirib, hisob aniqligiyetarli darajada bo‟ladi. Sterjen 
kesimlarini tanlashda ular markaziy siqilish yoki cho‟zilishga ishlaydi deb qaraladi. 
Hovonsiz  fermalar  sterjenlari  tugunlarda  bikr  biriktirilgan  statik  noaniq  tizimlar  sifatida 
hisoblanadi.  Sterjen  kesimlariga  eguvchi  moment,  bo‟ylama  va  ko‟ndalang  kuchlar  tasir  etadi 
deb qaraladi. 
Ferma  elementlarining  kesimi  to‟g‟ri  to‟rtburchak  shaklida  bo‟lib,  tayyorlash  qulay 
bo‟lsin  uchun  ustki  va  pastki  tasmalarning  kengligi  birday  (1/70…1/80) 
l
  olinadi.  Hovonli 
fermalarning ustki siqilgan tasmasi va siqiluvchi hovonlari payvandlangan fazoviy karkas bilan, 


223 
 
cho‟ziluvchi  hovonlar  esa  bitta  yassi  sim  to‟r  bilan  armaturalanadi.  Fermaning  cho‟ziluvchi 
pastki tasmasi armaturasi oldindan zo‟riqtiriladi.  
Hovonsiz  fermalarda  pastki  tasmaga  o‟rnatilgan  armatura,  bazi  hollarda  esa  fermaning 
ustun armaturalari ham oldindan zo‟riqtiriladi. 
Texnik–iqtisodiy  jihatdan  hovonli  va  hovonsiz  fermalar  bir–biridan  kam  farqlanadi, 
ko‟pincha  segment–hovonli  fermalar  material  sarfi  bo‟yicha  hovonsiz  fermalarga  nisbatan  10–
12% tejamli sanaladi. 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish