216
nushalarini tanlashga intilmoq zarur. Tajribalarning ko‟rsatishicha, to‟sinlarda
= 0,2...0,3 va
plitalarda
=0,1...0,25 olinsa, mablag‟ tejaladi.
Sanoat, fuqaro va qishloq xo„jaligi binolarida ishlatiladigan beton va temirbeton
qurilmalariga agressiv muhit ta‟sir etishi mumkin. Qurilmaning uzoq muddatga chidamliligini
beton va armaturaning agressiv muhit ta‟siriga bardoshliligi bilan aniqlanadi. Ularning betonga
agressiv ta‟siri maxsus qurilish qurilmalarini emirilishdan saqlovchi (SNiP 2.03.11-85)
me‟yorlar asosida aniqlanadi. Temirbetonga ta‟sir qiluvchi hamma agressiv muhitni uch guruhga
bo„lish mumkin: suyuq, gazsimon va qattiq.
Birinchi guruhga hamma uchta jarayon, betonga yumshoq suv ta‟sirida rivojlanuvchi,
sement toshini tashkil etuvchi qismlar oqar suv ta‟sirida erib va oqib ketishi (ayniqsa betondan
filtrlanib o„tishi natijasida) birlashadi.
Ikkinchi guruhga esa, tarkibida kimyoviy elementlar bo„lgan suvning sement toshi
tarkibidagi elementlar bilan reaksiyaga kirishishi beton emirilishining rivojlanish jarayoniga
kiradi. Reaksiyaga kirishgan mahsulotlar suvda oson erib oqib ketadi yoki amorf massasi
ko„rinishida, bog„lovchi xususiyatga ega bo„lmagan yoki reaksiya joyida qoladi. Bu guruh
nordon va magneziyali tuzlar ta‟sirida hosil bo„luvchi jarayonlarni o„z ichiga oladi.
Yemirilishning ikkinchi turida beton uchun himoyalanish tadbirlariga maxsus bog„lovchi
va bo„yash ko„rinishida yuzani
ishonchli himoyalash, qoplash va shu kabilar kiradi.
Yemirilishning uchinchi turida emirilish uchun kurashishning asosiy omillaridan
sementni tanlash, qurilmani ishlash sharoiti hisobga olingan holda va muhitning agressiv holati,
beton zichligini oshirish uchun turli uslublar havoni chiqarib yuboruvchi, plastifitsirlovchi
qo„shimchalar qo„shish, shuningdek past W/S qo„llashlardan iboratdir.Temirbeton qurilmaning
buzilishi armaturaning emirilishi sababli bo„lishi ham mumkin. Betonning armaturaga nisbatan
himoya ta‟siri sement toshining po„latni passirlash qobiliyati bo„yicha aniqlanadi. Ma‟lumki,
ko„pincha armaturaning emirilishi havo va suv tarkibidagi kislorod ta‟sirida bo„ladi. Emirilishni
asosiy mahsuloti bo„lib zang hisoblanadi va u kimyoviy yoki elektrokimyoviy reaksiyalarda
ishtirok etuvchi kislorod ta‟sirida ham kelib chiqishi mumkin.
Yemirilish mahsulotlari armaturada yig„iladi, betonni bosadi, natijada darzlar paydo
bo„ladi. SHundan so„ng betonning himoya qatlami ko„chadi. Emirilish doimo metall mahsuloti
yuzasidan boshlanadi va sekin-asta ichkariga tarqaladi. Bunda metallar tashqi ko„rinishini
o„zgartiradi: yaltirashi yo„qoladi, silliq yuzasi g„adir-budir bo„lib boradi va qo„ng„ir rangli temir
oksididan tashkil topgan zang bilan qoplanadi. SHundan so„ng zang chuqurroq kirib boradi va
metall buziladi.
Temirbetonda armatura qotgan sement xamiridan yupqa elastik plenka bilan qoplanadi, u
havo va suv kirishidan himoyalaydi. Qurilmaning turiga qarab betonning himoya qatlam
218
iplardan iborat bo„ladi. Tolalarni (po„latli va shishali) yuqori va past modulligi (sun‟iy)
ishlatiladi. YUqori modulli tolalardan o„zaklash beton mustahkamligini oshiradi. Past modulligi
– uning zarbaga qayishqoqligini. Tolalarning qayishqoqlik moduli betonga nisbatan yuqori
bo„lishi kerak, tola va beton bir-biriga o„zaro kimyoviy jihatdan mos bo„lib va o„zaro yaxshi
yopishadigan bo„lishi kerak. Fibrobetondan tayyoragohlar va avtoyo„llar uchun plitalar, ustun
qobig„i, tutun trubalari, bosimbardosh truboprovodlar, muvozanatsiz mashinalar tagidagi
fundamentlar, portlashga bardoshli qurilmalar va shu kabilar tayyorlanadi.
Temrbeton qurilmalar agressiv muhitda yoki yuqori gidrostatik bosimda, shuningdek
elektr o„tkazmaslik sharoitida va radio tiniqligi uchun ishlashga mo„ljallangan armotsementdan
tayyorlanadi, po„lat yoki metall bo„lmagan armatura bilan o„zaklanadi. Temirbetonda bog„lovchi
sifatida fenoloformaldegidlar va boshqa qatronlar ishlatiladi. Armopolimerbetonning
mustahkamlik xususiyatlari og„ir temirbetonga solishtirganda ancha yuqori.
yuqori
cho„ziluvchanlikka va emirilishga bardoshli yuqori siljuvchanlikka ega.
Armopolimerbeton qimmatbaho bo„lgani uchun qurilish qurilmalarida keng qo„llanila olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: