Nazorat savollari
1. Maxsuslashgan jamoat binolari deb nimaga aytiladi?
2. Qanday turdagi binolar universal jamoat binolari hisoblanadi?
3. Jamoat binolari loyihalash tizimlarini ayti bering.
6 Pickard, Quentin . The Architects‟ Handbook – UK: Blackwell, 2003. – 464 р. (18 bet)
22
4-MA’RUZA
ARXITEKTURAVIY LOYIHALASHNI IQTISODIY VA FUNKSIONAL ASOSLARI
(DAVOMI).
Reja:
1. Jamoat binolari hajm-tarhiy elementlari
2. Yong`in xavfsizligi va odamlarni binodan evakuatsiya qilish
Jamoat binosi hajm-tarhiy tuzilishi ushbu binoning funktsional jihatdan eng asosiy xonasining
strukturali tugunlar va boshqa bir guruh xonalar bilan o`zaro bog`lanishi tushuniladi.
Jamoat binolarini loyihalashning funktsional va kompozitsion asoslari:
4.
Bino funktsiyalari va bino elementlarining xilma xilligi.
5.
Bir vaqtning o`zida binoda ko`plab odamlarning yig`ilishi
6.
Bino xonalarining ichki muhitiga oid parametrlariga fizik-texnik talablarning keng
qamrovli bo`lishi (xonaning yorug`ligi, uning tovush va havo rejimi).
Jamoat binolari 3 turdagi xonalardan iborat: ishchi xonalar, xizmat ko`rsatuvchi va yordamchi
xonalar.
Jamoat binolarini hajmiy rejaviy strukturasiga va konstruktivyechimigi eng ko`p tasir etuvchi
omil bu uning ishchi xonalari gabarit o`lchamlaridir.
Xonalarning tarkibi va ularning maydonlari loyihalanayotgan jamoat binosi turiga ko`ra
meyoriy qoidalar asosida aniqlanadi.
Strukturali tugunlarga:
1.
Binoga kirish joylari guruhi (tamburlar, vestibyullar, garderoblar);
2.
Asosiy xonalar guruhi (zallar, auditoriyalar);
3.
Yordamchi va qo`shimcha xonalar guruhi, xojatxonalar;
4.
Gorizontal kommunikatsiyalar (koridorlar, foye, xoll);
5.
Vertikal kommunikatsiyalar (zina, lift, eskalatorlar)
Binoga kirish joylari guruhi
Binoga kirishi joyida yer sathiga nisbatan +0,15 m sathda joylashgan ustki tomoni yopiq
maydoncha ko`zda tutilishi kerak.
23
1-rasm. Binoga kirish joylari ko`rinishi
2-rasm. Jamoat binosiga kirishdagi pandusning ko`rinishi
Tamburlar
– binoga kirish davrida qo`llaniladigan katta o`lchamga ega bo`lmagan
shlyuz ko`rinishidagi joy.
3-rasm. Kirish tamburining ko`rinishi
a – tamburnung rejaviy yechimi; b – tashqaridan qo`yilgan tambur; v – bino ichida joylashgan
tambur
24
Vestibyul
– binoga kirish joylari guruhiga oid bo`lgan element bo`lib, u o`z ichiga
garderob xonasini va yordamchi xonalarni qamrab oladi (axborot olish byurosi,
sotuv kiosklari va h.k.).
Vestibyulda: Bir tomonlama, Ikki tomonlama va orol ko`rinishidagi garderoblar bo`ladi (4-
rasm).
4-rasm. Jamoat binosidagi vestibyul ko`rinishi
a – garderobning bir tomonlama joylashuvi; b – garderobning ikki tomonlama joylashuvi; v –
garderobning orol ko`rinishidagi joylashuvi;
g – teatr binosidagi vestibyul inter`yerining ko`rinishi
Garderoblarni 1 ta joy uchun 0,1 kv.m hisobidan loyihalanadi. Garderobning chuqurligi
–6 m dan oshmasligi kerak. Kiyim uzatish uchun mo`ljallangan to`siq kengligi 0,6 -0,7 m,
uzunligi– esa 30ta joyga 1 m. Kiyim beruvchi va qabul qilib oluvchilar uchun to`siqning oldi
tomonidan 3-4 metr kenglikda joy ko`zda tutilishi kerak.
Asosiy xonalar guruhi
Gabaritiga ko`ra 3 guruhchaga bo`linadi:
1)
Yacheykali xarakterga ega xonalar (S=50-100 m
2
, h=3,3 – 3,6 m) - maktab sinflari,
palatalar, klub xonalari va h.k.;
2)
Katta maydonli xonalar (S =200 m
2
dan katta, h=3,3 – 4,2 m) – sotuv zallari, loyiha
tashkilotlari ustaxonalari va h.k.;
3)
Tayanchsiz Zal xonalar (S =1000 m
2
dan katta, h= 6; 12 m va undan katta) – sport
zallar, kinoteatrlar, teatrlar va h.k.
Yordamchi va qo`shimcha xonalar guruhi
25
Yordamchi va qo`shimcha xonalar guruhi 2ga bo`linadi:
yacheykali xarakterga ega bo`lgan kichik xonalar (laborantlar xonasi, omborxona)
katta maydonga ega bo`lgan xonalar (do`konlar omborlari).
Sanitar tugunlarga: xojatxonalar, yuvinish xonalari, ayrim xollarada esa dush xonalari,
vannalar, kiyim quritish xonalari kiradi
7
.
Odatda xojatxonalar vestibyul va zina yaqinida joylashtiriladi.
Xojatxona bolalar bog`chasida bolalar guruhida, kasalxonalarda esa palata ichida
joylashtiriladi.
5-rasm. Xojatxona va yuvinish xonasi ko`rinishi
Xojatxonalar binoda shunday joylashtirilishi kerakki, undan eng uzoqda joylashgan
xonagacha bo`lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Xojatxonaga kirish yuz-qo`l yuvish xonasi orqali kirilishi kerak. Xojatxona kabinkalari
o`lchamlari – 1,2 m x 0,85 m.
7 Pickard, Quentin . The Architects‟ Handbook – UK: Blackwell, 2003. – 464 р. (65-75 bet)
26
6-rasm. Invalidlar va kicik yoshdagi bolali onalar uchun ko`zda tutilgan xojatxona rejasi
8
.
Gorizontal kommunikatsiya xonalari
1.
Koridorlar
- vertikal kommunikatsiyalarga olib keluvchisi - asosiy, qolganlari – esa
ikkinchi darajali. Koridorlar tabbiy yoritishga va shamollatishga ega bo`lishi kerak.
7-rasm. Sanitar meyorlar asoslangan koridorning joylashuviga ko`ra uning uzunligi
Koridor uzunligi uni loyihalash jarayonida meyor asosida aniqlanadi.
Chiqish eshiklari fuqarolar asosiy evakuatsiya yo`nalishi bo`yicha korridorga qarab ochilishi
kerak. Asosiy koridorning minimal eni - 1,5 m, ikkinchi darajali uchun – 1,25 m.
2.
Rekreatsion xonalar
yorug`likni taminlash uchun mo`ljallangan koridorlar tushuniladi.
Xonalar bir tomonlama joylashganda ularning eni 2,8m dan kam bo`lmasligi, ikki tomonlama
xonalar joylashuvida esa 3,2m dan kam bo`lmasligi lozim.
8 Pickard, Quentin . The Architects‟ Handbook – UK: Blackwell, 2003. – 464 р. (75-80 bet)
27
8-rasm. Rekreatsion xona
3.
Kuluarlar va foye
tomoshabin zallari mavjud binolarda qo`llaniladi. Kuluarlar bevosita
zalga bog`lanib, zalni to`ldirish va tomoshabinlarning dam olishi uchun qo`llaniladi. Foye –
tomoshabin zallarining asosiy xonasi bo`lib, kutish va dam olish, shuningdek ko`rgazmalar
o`tkazish uchun ishlatiladi.
9-rasm. Kuluarlar va foye
Vertikal kommunikatsiyalar
Zinalar:
kirish, asosiy, xizmatchi, yordamchi, yong`inda va favqulotda ishlatiladigan
turlarga bo`linadi.
Kirish zinasi binoga kirishda qo`llaniladigan, ko`tarilib turuvchi platformadan iborat
zinapoyalardan tashkil etiladi.
Asosiy zinalar binoda ommaning kundalik harakati uchun tashkil etiladi.
Xizmatchilar zinasi mamuriyat va xizmat ko`rsatuvchi personal uchun mo`ljallanadi
9
.
9 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 - 508 р. (238 bet)
28
Yordamchi zinalar qavatlar orasidagi qo`shimcha bog`lanishni taminlash uchun
qo`llaniladi.
10-rasm. Zina turlari
a – kirish zinasi; b – asosiy zina; v – favqulotda zina; g – xizmatchilar zinasi
Favqulotda ishlatiladigan zinalar bino ichidan ommani avariya vaqtida evakuatsiya qilish
uchun ishlatiladi.
Bitta zina marshidagi zinapoyalar soni 3 donadan kam bo`lmasligi va 18 donadan ko`p
bo`lmasligi kerak.
Lift
bu statsionar ko`tarish qurilmasi bo`lib, bunda odamlar yoki yuklar kabina ichiga
joylashtiriladi. Ko`p qavatli binolarda katta yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lgan liftlar
qo`llaniladi (1000 – 1600 kg).
Lift shaxtalari beton devor ichida bo`lib, alohida poydevorga tayanadi. Lift shaxtasining
tagida 1,3 – 2,0 m ga teng bo`lgan chuqurcha bo`lib, uning ichida lift amortizatorlari
joylashadi
10
.
Liftning mashina bo`limi shaxtaning tepa qismida joylashtiriladi. Mashina bo`limi
joylashgan qavat balandiligi kamida 3,5 – 4,0 m. bo`lib, mashina bo`limining balandligi kamida
2,1 m ga teng.
10 Pickard, Quentin . The Architects‟ Handbook – UK: Blackwell, 2003. – 464 р. (56-65 bet)
29
11-rasm. Lift ko`rinishi
Liftlar asosiy zinalar bilan bloklashtiriladi. 9 qavatdan iborat binoda 2-tadan ortiq lift
ko`zda tutilib, ular zina yonida joylashtiriladi. Lift olib chiquvchi xona kengligi 2,5 m dan kam
bo`lmasligi kerak.
12-rasm. Lift
Doimiy ishlab turuvchi liftlar – paternoster va eskalatorlar deyiladi.
30
13-rasm. Paternoster
14-rasm. Eskalator
Yong`in xavfsizligi va odamlarni binodan evakuatsiya qilish
Yong`inga qarshi choralar binoning yong`inbardoshlilik darajasidan kelib chiqqan holda
belgilanadi. Malumki, yong`inbardoshlilikning 5 darajasi mavjud. Qurilish konstruktsiyalar
uchun yonish darajasi va yonuvchanlik chegarasi asosida yong`inbardoshliligi belgilanadi
11
.
Yonish darajasi bu konstruktsiyalarni olov tasirida necha soat davomida qarshilik
ko`rsatish vaqti tushuniladi.
11 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 - 508 р. (234-235 bet)
31
15-rasm. Bino tarzida qo`llanilgan yong`inga qarshi choralar
Bunda konstruktsiyalarning mustahkamligi va ustuvorligining yo`qotilishi, yoriqlar hosil
bo`lishi yoki konstruktsiyaning tashqi tomonidagi haroratining 140 gradusdan oshib ketishi bilan
xarakterlanadi.
Jamoat binolari yong`inbardoshlilikning qaysi darajasiga taalluqli bo`lishi va qavatlari
sonidan qatiy nazar, yong`inbardosh devorlar yordamida bo`laklarga bo`linishi kerak.
Evakuatsiya chiqish eshiklari orasidagi masofalar
Zina kataklari orasidagi va berk koridorlarda joylashgan xona uchun meyorlar asosida
eng kam masofani aniqlash binoning yong`inbardoshlik darajasiga, binodagi fuqarolar oqimiga
va uning funktsiyasiga bog`lik holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |