0
= 0,85 * 1,56 = 2,41 m
2
SG‟Vt.
U holda
R
0
= 2,41 >
=1,8 m
2
SG‟Vt. Demak shart bajarildi.
Nazorat savollari
1.
Qanday konstruktiv tizimlarni bilasiz?
2.
Bino qanday konstruktsiyalardan tashkil topadi?
3.
Stvolli-karkas tizimi haqida nimalar bilasiz?
4.
Stvolli-obolochka va obolochkali karkas tizimi haqida aytib bering.
тр
0
R
тр
0
R
П
R
пен
пен
56
,
1
032
,
0
05
,
0
тр
0
R
46
6 - MA’RUZA
BINOLARGA TA’SIR QILUVCHI YUKLAR VA TA’SIRLAR. SHAHARSOZLIK
ASOSLARI.
Reja:
1.
Binolar va ularning tashqi to`siq konstruktsiyalarini loyihalashda iqlimning tasiri
2.
Bino xonalaridagi mikroiqlimko`rsatkichlari
3.
Binolar tashqi to`siq konstruktsiyalaridan issiqlik o`tishi
4.
Qish sharoiti uchun g`isht devorning issiqlik-fizik hisobi.
Har qanday bino va inshootlar loyihasini bajarishda qurilish joyining iqlimi birinchi
navbatda etiborga olinadi. Qurilish issiqlik fizikasi bilan iqlimshunoslik bir-biri bilan uzviy
bog`langan. Iqlim, “klimat”, grek so`zidan olingan bo`lib (naklon) “qiyalik” degan manoni
anglatadi, yaniyer sathiga nisbatan quyosh nurlari qanday qiyalikda tushishini ko`rsatadi.
Demakyer sathidagi havoning harorati quyoshningyer sathiga nisbatan holatiga bog`lik.
Agar quyosh nurlariyer sathiga nisbatan perpendikulyar ravishda tushsa,yer sathidagi havo
harorati baland bo`ladi. Bundan tashqari havo haroratiga joyning jug`rofiy o`rni, relefi va okean
sathidan balandligi ham tasir etadi
19
.
Iqlimshunoslik qadimiy fanlarning bir turi bo`lib, olimlar quruvchilar, sayohatchilar,
dengizchilar va tijoratchilar, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanib kelgan butun
insoniyat tomonidan qullanilib kelingan.
Eramizdan III-asr ilgari yashab o`tgan grek tarixchisi va geografi Gerodot Kavkaz iqlimi
bilan Gretsiya iqlimini solishtirgan. Eramizdan ilgari II-asrda yashagan grek olimi va faylasufi
Aflotun (Aristotel) “Meteorologiya” kitobida atmosfera iqlimi haqida qimmatli ilmiy malumotlar
qoldirgan.
Entsiklopedik olim A.R.Beruniy “Hindiston” deb ataluvchi kitobida va boshqa asarlarida
iqlim to`g`risida avlodlar uchun bebaho malumotlar yozib qoldirgan.
Iqlimshunoslik insonlarning tabiiy ehtiyoji va yashash shart-sharoitlari talabi orqali vujudga
kelgan.
Bino xonalarida insonlarga yashash va ishlashi uchun mo`tadil iqlim sharoitini yaratish
uchun quyidagi tabiiy iqlim ko`rsat-kichlarini etiborga olish kerak: havo harorati va namligi,
shamol tezligi va takrorlanishi, quyosh radiatsiyasi va yog`ingarchiliklar.
19David Littlefield METRIC HAND BOOK Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA,
2008 – 851 p.(707 bet)
47
Binolarning tashqi hajmiy va rejaviyyechimlariga tashqi havo iqlimining tasiri kattadir.
Yil davomida 9-oy isitiladigan fuqaro binolarining eni, sarf bo`ladigan issiqlik miqdorini tejash
uchun, mo`tadil iqlimda loyiha qilinadigan binolar enidan katta qilib olinadi. Juda sovuq iqlim
mintaqalarda jamoat va turar joy binolarini loyiha qilishda erker, lodjiya va balkonlar ko`zda
tutilmaydi. Sanoat binolarida proletlar balandligi bir xil qilib olinib, yorug`lik bilan taminlovchi
fonarlar kam ko`llaniladi.
Asrlar bo`yi muzlikdan iborat mintaqalarda binoning birinchi qavati shamol esib turishi
uchun ochiq qoldiriladi. Aks holda binodan o`tadigan issiqlik muzlikni eritib, binoning
cho`kishiga olib keladi.
O`zbekiston hududida issiq iqlimning davomiyligi 3-4 oydan ortiqdir. Shu sababli bu
binolarda tabiiy shamollatish usuli qullanilib, xona havo harorati juda isib ketishdan saqlanadi.
Bundan tashqari ko`p qavatli binolarning devor va derezalariga quyosh radiatsiyasidan himoya
qilish uchun tusiqlar (ekran-jalyuz) loyiha qilinadi va yaxlit-chordoqli tomlarda tabiiy
shamollatish tadbirlari ko`riladi.
O`rta Osiyo mintaqalarining iqlimi keskin kontinental bo`lgan joylarida, binolarni
kechasi derazalar yordamida tabiiy shamollatish va kunduz kunlari-derezalar yopilib yuqori
haroratdan himoya qilinishi yuqori samara beradi. Boshqa tekislik, cho`l joylarda suniy sovutish-
konditsionerlar yordamida xonalarda mo`tadil iqlim yaratiladi. Bundan tashqari O`rta Osiyo
hududlarida xona balandligi 2,7 m. dan kam bo`lmasligi kerak.
Hozirgi paytda bir oilaga mo`ljallangan qishloq va shaharlarda bir va ikki qavatli binolar
ko`p qurilmoqda.
Buning qulayligi shundan iboratki ikki qavatli binolarning yuqori qismini tabiiy
shamollatish uslubi bilan quyosh radiatsiyasidan himoya qilinsa pastki qismidagi yuqori harorat
esayerga singadi.
Quyosh radiatsiyasidan himoya qilishning yanada samarali uslubi binoning atrofiga soya-
salqin havo beradigan ixota, mevali daraxtlar ekishdir.
Kuchli shamol va yog`ingarchilik birga kuzatiladigan joylarda, konstruktsiyalarning
tashqi sirti nam o`tkazmaydigan sopol-keramik va nam yuqmaydigan qatlam bilan himoya
qilinadi. Yog`ingarchilik kam kutiladigan joylarda binolarning devor sirti 2-4 sm qalinlikda
tsement-qumli qorishma bilan suvoq qilinadi.
Bino, yashash maskanlari va shaharlarni loyiha qilishda va qurishda qurilish mintaqasi,
shamol esishining takrorlanishi va tezligi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sanoat va qishloq
xo`jalik binolarini loyiha qilishda, tabiatni va yashash massivlarini ekologik himoya qilishda
shamol esishi etiborga olinadi. Mintaqalarda shamolni jug`rofiy qutb tomonlaridan esishining
takrorlanishi va tezligi meterologik stantsiyalarda qayd qilinib boriladi.
48
Shamol esishining takrorlanishi va tezligini ko`rsatkichlari ixtiyoriy masshtabda chiziladi.
Bu chizma, “Shamol yulduzi” yoki “Shamol yo`nalishi” deyiladi. Shamol esishining
takrorlanishini va tezligini ko`p yillik kuzatish ko`rsatkichlari asosida yillik, fasliy va oylik
yulduzi chiziladi.
Bino xonalaridagi mikroiqlim ko`rsatkichlari
Bino xonalaridagi asosiy mikroiqlim ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi: a) tashqi to`siq
konstruktsiyaning sirtlaridagi va xonaning asosiy qismlaridagi harorat; b) xonadagi havo
namligi; v) xonada havoning sanitar-gigienik holati (sifati); g) ichki havo muhitini to`siq
konstruktsiyalarga nisbatan agressiv yoki progressivligi. Havo muhitining tashqi to`siq
konstruktsiyalarga nisbatan agressiv yoki progressivligiga, nafaqat havo tarkibida kimyoviy
birikmalar bor yoki yo`qligida, balki havo muhitining harorati va namligiga ham bog`liq..
Harorat va namlikning eng kichik va maksimal (eng katta) hisobiy ko`rstakichlari,
ularning yil davomida fasllarda o`zgarishi va bino ichidagi odamlarga tasiri muhim bo`lib hatto
to`siq konstruktsiyalarni loyihalashda ham katta ahamiyatga ega. Loyihalash jarayonida
ko`pincha bino xonalaridagi harorat va namlikning o`rtacha ko`rsatkichlari qabul qilinadi. Bu
ko`rsatkichlar, binoning (xonaning) pastki qismi uchun gigienik talablarga javob beradi.
Binoning maqsadga muofiqlik bo`yicha turlariga asosan, ularda mo`tadil harorat va namlik
muhitlari tashkil etiladi. Bazi sanoat binolaridagi texnologik jarayon katta miqdorda issiqlik
miqdori va namlik ajralib chiqishi bilan bog`lik. Fuqaro (yashash va jamoat) binolarining
deyarlik barchasida katta bo`lmagan issiqlik ajralib chiqishi sababli ularda mo`tadil iqlim sharoiti
yaratish uchun isitiladi
20
..
Xonalarni tashqi muhitdan ajratib, chegaralab turuvchi konstruktsiyalar xonalarda
mikroiqlim yaratishda katta ahamiyatga ega. Xonalarda odamlar faoliyati uchun asosiy bo`lgan
iqlim ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi :
a) Xona havosining o`rtacha harorati va uning bir sutka davrida tebranishi;
b) Hamma to`siq konstruktsiyalar ichki sirtining o`rtacha harorati;
v) Xonadagi havoning namligi va gigienik holati.
Xonadagi havoning harakat tezligi qish fasli uchun kam ahamiyatga ega bo`lib, gigienik
nuqtai nazardan havo harakatini tezligi yoz fasli uchun muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari
konstruktsiyaning issiqlik-namlik holati va ularning uzoq muddatga chidamligi uchun xona
ichida konstruktsiyaga nisbatan agressiv muhit bor-yo`qligi muhimdir. Agar tashqi to`siq
konstruktsiyaning ichki sirtida qish faslida kondensatsion namlik hosil bo`lmasa,
20David Littlefield METRIC HAND BOOK Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA,
2008 – 851 p.(745-757 bet)
49
konstruktsiyaning ishlatilishi mo`tadil hisoblanib, uning ishlatish muddati yani uzoq muddatga
chidamliligi oshadi.
Odam organizmidan sarf bo`layotgan 45-60% issiqlik miqdori tashqi to`siq
konstruktsiyaning ichki sirti haroratining pasayishi tufayli bo`lib, shu sababli to`siq
konstruktsiyalar ichki sirtining o`rtacha harorati (radiatsion harorat) gigienik nuqtai nazardan
muhim ahamiyatga ega .
Binolar tashqi to`siq konstruktsiyalaridan issiqlik o`tishi
Biror bir muhitning alohida olingan nuqtalarida harorat har xil bo`lsa, shu nuqtalar
orasida issiqlik harakatini kuzatish mumkin. Issiqlik doimo harorati yuqori bo`lgan nuqtadan
harorati past bo`lgan nuqtaga qarab harakat qiladi. Bu hodisani amaliyotda binolarning tashqi
to`siq konstruktsiyalarida kuzatish mumkin. Qish faslida issiqlik bino xonalarining ichki
havosidan tashqi to`siq konstruktsiyalar orqali tashqi havoga o`tadi. Binoda esa sarf bo`lgan
issiqlik miqdori, har xil isitgich uskunalar orqali to`ldiriladi. Yoz faslida esa bu hodisaning aksini
kuzatish mumkin. “Sovutgich” xonalarda havoning zaruriy past harorati maxsus sovutgich
mashinalar yordamida, ayrim binolarda shamollatgich uskunalar va konditsionerlar yordamida
taminlanadi. Bu holda issiqlik harakati tashqaridan ichkariga yo`nalgan bo`ladi.
Issiqlik harakati uch turda: moddaning issiqlik o`tkazuvchanligi issiqlik nurlanishi va
konvektsiya (havo yoki suyuqlik harakati) tufayli amalga oshishi mumkin.
Issiqlikning issiqlik o`tkazuvchanlik orqali uzatilishi barcha qattiq, suyuqlik va gazsimon
muhitlarda bo`lishi mumkin. Sof holdagi issiqlik o`tkazuvchanlik yaxlit qattiq jismlarda
kuzatiladi
21
.
Qattiq jismlarda va suyuqliklarda energiya elastik to`lqinlar yordamida, gazlarda – atom
yoki molekulyalar diffuziyasi va metalda esa – elektronlar diffuziyasi yordamida o`tkaziladi.
Ko`pchilik qurilish materiallari g`ovakli jismlar bo`lib, ulardagi kapillyar-g`ovaklarida hamma
turdagi issiqlik o`zatilishini kuzatish mumkin. Ammo, issiqlik fizik hisoblarda issiqlikning
materialda tarqalishi faqat issiqlik o`tkazuvchanlik hisobiga amalga oshadi deb qabul qilinadi.
Konvektsiya faqat suyuq va gazsimon muhitda kuzatiladi. Konvektsiyaning o`zi ikki xil bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |