39
Xonalarni tashqi muhitdan ajratib, chegaralab turuvchi konstruktsiyalar xonalarda
mikroiqlim yaratishda katta ahamiyatga ega. Xonalarda odamlar faoliyati uchun asosiy bo`lgan
iqlim ko`rsatkichlariga quyidagilar kiradi :
a) Xona havosining o`rtacha harorati va uning bir sutka
davrida tebranishi;
b) Hamma to`siq konstruktsiyalar ichki sirtining o`rtacha harorati;
v) Xonadagi havoning namligi va gigienik holati.
Xonadagi havoning harakat tezligi qish fasli uchun kam ahamiyatga ega bo`lib, gigienik
nuqtai nazardan havo harakatini tezligi yoz fasli uchun muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari
konstruktsiyaning issiqlik-namlik holati va ularning uzoq muddatga chidamligi uchun xona
ichida konstruktsiyaga nisbatan agressiv muhit bor-yo`qligi muhimdir. Agar tashqi to`siq
konstruktsiyaning ichki sirtida qish faslida kondensatsion namlik hosil bo`lmasa,
konstruktsiyaning ishlatilishi mo`tadil hisoblanib, uning ishlatish muddati yani uzoq muddatga
chidamliligi oshadi.
Odam organizmidan sarf bo`layotgan 45-60% issiqlik miqdori tashqi to`siq
konstruktsiyaning ichki sirti haroratining pasayishi tufayli bo`lib, shu sababli to`siq
konstruktsiyalar ichki sirtining o`rtacha harorati (radiatsion harorat) gigienik
nuqtai nazardan
muhim
ahamiyatga ega
Binolar tashqi to`siq konstruktsiyalaridan issiqlik o`tishi
Biror bir muhitning alohida olingan nuqtalarida harorat har xil bo`lsa, shu nuqtalar
orasida issiqlik harakatini kuzatish mumkin. Issiqlik doimo harorati yuqori bo`lgan nuqtadan
harorati past bo`lgan nuqtaga qarab harakat qiladi. Bu hodisani amaliyotda binolarning tashqi
to`siq konstruktsiyalarida kuzatish mumkin. Qish faslida issiqlik bino xonalarining ichki
havosidan tashqi to`siq konstruktsiyalar orqali tashqi havoga o`tadi. Binoda esa sarf bo`lgan
issiqlik miqdori, har xil isitgich uskunalar orqali to`ldiriladi. Yoz faslida esa bu
hodisaning aksini
kuzatish mumkin. “Sovutgich” xonalarda havoning zaruriy past harorati maxsus sovutgich
mashinalar yordamida, ayrim binolarda shamollatgich uskunalar va konditsionerlar yordamida
taminlanadi. Bu holda issiqlik harakati tashqaridan ichkariga yo`nalgan bo`ladi.
Issiqlik harakati uch turda: moddaning issiqlik o`tkazuvchanligi issiqlik nurlanishi va
konvektsiya (havo yoki suyuqlik harakati) tufayli amalga oshishi mumkin.
Issiqlikning issiqlik o`tkazuvchanlik orqali uzatilishi barcha qattiq, suyuqlik va gazsimon
muhitlarda bo`lishi mumkin. Sof holdagi issiqlik o`tkazuvchanlik yaxlit qattiq jismlarda
kuzatiladi
17
.
17 David Littlefield METRIC HAND BOOK Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA,
2008 – 851 p. (711-740 bet)
40
Qattiq jismlarda va suyuqliklarda energiya elastik to`lqinlar yordamida, gazlarda – atom
yoki molekulyalar diffuziyasi va metalda esa – elektronlar diffuziyasi yordamida o`tkaziladi.
Ko`pchilik qurilish materiallari g`ovakli jismlar bo`lib, ulardagi kapillyar-g`ovaklarida hamma
turdagi issiqlik o`zatilishini kuzatish mumkin. Ammo, issiqlik fizik hisoblarda issiqlikning
materialda tarqalishi faqat issiqlik o`tkazuvchanlik hisobiga amalga oshadi deb qabul qilinadi.
Konvektsiya faqat suyuq va gazsimon muhitda kuzatiladi. Konvektsiyaning o`zi ikki xil bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: