«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (211 – 212  betlar)
 
 


35 
 
Konstruktiv tizimlar vertikal yuk ko`taruvchi elementlarning o`zaro fazoviy joylashuviga 
ko`ra bir necha  konstruktivyechimlarga bo`linadi
14

Karkassiz
 (yuk ko‟taruvchi devor) tizimidagi bino - bu o‟zaro bog‟langan tashqi devorlar va 
ularga tayangan qavatlararo orayopmalardan tashkil topgan bikir va mustahkam qutidan iborat 
bo‟lgan tizimdir.Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element sifatida tashqi va ichki yuk 
ko‟taruvchi devorlar qo‟llaniladi. Bunda  gorizontal yo‟nalishda joylashgan orayopma va yopma 
plitalar yukni qabul qilib yuk ko‟taruvchi devorlarga uzatib beradi. Odatda, o‟rta qavatli yuk 
ko‟taruvchi devorli tizimdan iborat bo‟lgan turar-joy binolari ushbu tizimda loyihalanadi.  
Shuningdek, kam qavatli binolarining aksariyati yuk ko‟taruvchi devor tizimida quriladi. 
Bunda yuk ko‟taruvchi devor qo‟l mehnati yordamida teriladigan mayda devor (g‟isht, mayda 
blok) materialaridan tashkil topadi. 
 
Karkassiz tizimda quydagi sxemalar mavjud: 

 
Bo`ylama yuk ko`taruvchi devorli; 

 
Ko`ndalang yuk ko`taruvchi devorli; 

 
Ko`ndalang va bo`ylama yuk ko`taruvchi devorli.  
 
 
 
                                                 
2  Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ, 
2004 (27-28 bet) 


36 
 
6-rasm. Yuk ko`taruvchi devorli konstruktiv sxemalar 
 
Karkasli binolar yuk ko`taruvchi ramalarning joylashuvi va karkas tarkibiga ko`ra 
ajratiladi. 
 
7-rasm. Karkasli binolar konstrukiv sxemalari 
 
Har  qanday  bino  va  inshootlar  loyihasini  bajarishda  qurilish  joyining  iqlimi  birinchi 
navbatda  etiborga  olinadi.  Qurilish  issiqlik  fizikasi  bilan  iqlimshunoslik  bir-biri  bilan  uzviy 
bog`langan.  Iqlim,  “klimat”,  grek  so`zidan  olingan  bo`lib  (naklon)  “qiyalik”  degan  manoni 
anglatadi, yaniyer sathiga nisbatan quyosh nurlari qanday qiyalikda tushishini ko`rsatadi. 
Demakyer  sathidagi  havoning  harorati  quyoshningyer  sathiga  nisbatan  holatiga  bog`lik. 
Agar  quyosh  nurlariyer  sathiga  nisbatan  perpendikulyar  ravishda  tushsa,yer  sathidagi  havo 
harorati baland bo`ladi. Bundan tashqari havo haroratiga joyning jug`rofiy o`rni, relefi va okean 
sathidan balandligi ham tasir etadi
15

Iqlimshunoslik  qadimiy  fanlarning  bir  turi  bo`lib,  olimlar  quruvchilar,  sayohatchilar, 
dengizchilar  va  tijoratchilar,  dehqonchilik,  chorvachilik  bilan  shug`ullanib  kelgan  butun 
insoniyat tomonidan qullanilib kelingan. 
Eramizdan III-asr ilgari yashab o`tgan grek tarixchisi va geografi Gerodot Kavkaz iqlimi 
bilan  Gretsiya  iqlimini  solishtirgan.  Eramizdan  ilgari  II-asrda  yashagan  grek  olimi  va  faylasufi 
                                                 
15 David Littlefield  METRIC HAND BOOK  Planning and Design DataG‟ Elsevier Ltd, USA, 
2008 – 851 p. (707  bet) 
 


37 
 
Aflotun (Aristotel) “Meteorologiya” kitobida atmosfera iqlimi haqida qimmatli ilmiy malumotlar 
qoldirgan. 
Entsiklopedik olim A.R.Beruniy “Hindiston” deb ataluvchi kitobida va boshqa asarlarida 
iqlim to`g`risida avlodlar uchun bebaho malumotlar yozib qoldirgan. 
Iqlimshunoslik  insonlarning  tabiiy  ehtiyoji  va  yashash  shart-sharoitlari  talabi  orqali  vujudga 
kelgan. 
Bino  xonalarida  insonlarga  yashash  va  ishlashi  uchun  mo`tadil  iqlim  sharoitini  yaratish 
uchun  quyidagi  tabiiy  iqlim  ko`rsat-kichlarini  etiborga  olish  kerak:  havo  harorati  va  namligi, 
shamol tezligi va takrorlanishi, quyosh radiatsiyasi va yog`ingarchiliklar. 
Binolarning  tashqi  hajmiy  va  rejaviyyechimlariga  tashqi  havo  iqlimining  tasiri  kattadir. 
Yil davomida 9-oy isitiladigan fuqaro binolarining eni, sarf bo`ladigan issiqlik miqdorini tejash 
uchun,  mo`tadil  iqlimda  loyiha  qilinadigan  binolar  enidan  katta  qilib  olinadi.  Juda  sovuq  iqlim 
mintaqalarda  jamoat  va  turar  joy  binolarini  loyiha  qilishda  erker,  lodjiya  va  balkonlar  ko`zda 
tutilmaydi. Sanoat binolarida proletlar balandligi bir xil qilib olinib, yorug`lik bilan taminlovchi 
fonarlar kam ko`llaniladi. 
Asrlar  bo`yi  muzlikdan  iborat  mintaqalarda  binoning  birinchi  qavati  shamol  esib  turishi 
uchun  ochiq  qoldiriladi.  Aks  holda  binodan  o`tadigan  issiqlik  muzlikni  eritib,  binoning 
cho`kishiga olib keladi. 
O`zbekiston  hududida  issiq  iqlimning  davomiyligi  3-4  oydan  ortiqdir.  Shu  sababli  bu 
binolarda  tabiiy  shamollatish  usuli  qullanilib, xona  havo  harorati  juda  isib  ketishdan  saqlanadi. 
Bundan  tashqari  ko`p  qavatli  binolarning  devor  va  derezalariga  quyosh  radiatsiyasidan  himoya 
qilish  uchun  tusiqlar  (ekran-jalyuz)  loyiha  qilinadi  va  yaxlit-chordoqli  tomlarda  tabiiy 
shamollatish tadbirlari ko`riladi. 
O`rta  Osiyo  mintaqalarining  iqlimi  keskin  kontinental  bo`lgan  joylarida,  binolarni 
kechasi  derazalar  yordamida  tabiiy  shamollatish  va  kunduz  kunlari-derezalar  yopilib  yuqori 
haroratdan himoya qilinishi yuqori samara beradi. Boshqa tekislik, cho`l joylarda suniy sovutish-
konditsionerlar  yordamida  xonalarda  mo`tadil  iqlim  yaratiladi.  Bundan  tashqari  O`rta  Osiyo 
hududlarida xona balandligi 2,7 m. dan kam bo`lmasligi kerak. 
Hozirgi paytda bir oilaga mo`ljallangan qishloq va shaharlarda bir va ikki qavatli binolar 
ko`p qurilmoqda. 
Buning  qulayligi  shundan  iboratki  ikki  qavatli  binolarning  yuqori  qismini  tabiiy 
shamollatish uslubi bilan quyosh radiatsiyasidan himoya qilinsa pastki qismidagi yuqori harorat 
esayerga singadi. 
Quyosh radiatsiyasidan himoya qilishning yanada samarali uslubi binoning atrofiga soya-
salqin havo beradigan ixota, mevali daraxtlar ekishdir. 


38 
 
Kuchli  shamol  va  yog`ingarchilik  birga  kuzatiladigan  joylarda,  konstruktsiyalarning 
tashqi  sirti  nam  o`tkazmaydigan  sopol-keramik  va  nam  yuqmaydigan  qatlam  bilan  himoya 
qilinadi.  Yog`ingarchilik  kam  kutiladigan  joylarda  binolarning  devor  sirti  2-4  sm  qalinlikda 
tsement-qumli qorishma bilan suvoq qilinadi. 
Bino,  yashash  maskanlari  va  shaharlarni  loyiha  qilishda  va  qurishda  qurilish  mintaqasi, 
shamol  esishining  takrorlanishi  va  tezligi  muhim  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa,  sanoat  va  qishloq 
xo`jalik  binolarini  loyiha  qilishda,  tabiatni  va  yashash  massivlarini  ekologik  himoya  qilishda 
shamol  esishi  etiborga  olinadi.  Mintaqalarda  shamolni  jug`rofiy  qutb  tomonlaridan  esishining 
takrorlanishi va tezligi meterologik stantsiyalarda qayd qilinib boriladi. 
Shamol esishining takrorlanishi va tezligini ko`rsatkichlari ixtiyoriy masshtabda chiziladi. 
Bu  chizma,  “Shamol  yulduzi”  yoki  “Shamol  yo`nalishi”  deyiladi.  Shamol  esishining 
takrorlanishini  va  tezligini  ko`p  yillik  kuzatish  ko`rsatkichlari  asosida  yillik,  fasliy  va  oylik 
yulduzi chiziladi. 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish