Nazorat savollari
1.
Binolarning asosiy turlarini aytib bering
2.
Qanday konstruktsiyalar yuk ko`taruvchi hisobalanadi?
3.
Bino qanday konstruktsiyalardan tashkil topadi?
4.
Bino konstruktsiyalarini joylashuvi va vizafisini aytib bering.
5.
Binolarga qanday talablar qo`yiladi?
6.
Mustahkamlik, ustuvorlik va bikrlik tushunchalariga tarif bering.
7.
Bino konstruktsiyalari olovbardoshlilik chegarasi qanday aniqlanadi?
15
3 - MA’RUZA
ARXITEKTURAVIY LOYIHALASHNI IQTISODIY VA FUNKSIONAL ASOSLARI.
Reja:
1. Jamoat binolarining tasnifi
2. Jamoat binolarining loyixalash sxemalari.
3. Funktsional texnologik sxemalar.
Jamoat binolarini loyihalashning funktsional va kompozitsion asoslari
1.
Bino funktsiyalari va bino elementlarining xilma xilligi.
2.
Bir vaqtning o`zida binoda ko`plab odamlarning yig`ilishi
3.
Bino xonalarining ichki muhitiga oid parametrlariga fizik-texnik talablarning keng
qamrovli bo`lishi (xonaning yorug`ligi, uning tovush va havo rejimi).
Jamoat binolari 3 turdagi xonalardan iborat: ishchi xonalar, xizmat ko`rsatuvchi va
yordamchi xonalar.
Jamoat binolarini hajmiy rejaviy strukturasiga va konstruktivyechimigi eng ko`p tasir
etuvchi omil bu uning ishchi xonalari gabarit o`lchamlaridir.
Xonalarning tarkibi va ularning maydonlari loyihalanayotgan jamoat binosi turiga ko`ra
meyoriy qoidalar asosida aniqlanadi.
Jamoat binolarining asosiy funktsiyalari:
1)
Aholiga xizmat ko`rsatish va ular orasidagi manaviy muloqotni taminlash uchun jamlash
2) Shahar, tuman va qishloq aholisining moddiy, madaniy va marifiy hordiq chiqarishini
taminlash
Funktsiyasiga ko`ra jamoat binolarining klassifikatsiyasi
Jamoat binolari hajmiy-rejaviy yechimining asosini uning funktsional qo`llanilishi tashkil
etadi. Q.M.Q. 2.08.02-96 «Jamoat binolari va inshootlari»ga ko`ra jamoat binolari 9 guruhga
bo`linadi:
1.
Bilim olish maskanlari, kadrlarni o`qitish va tayyorlash uchun mo`ljallangan binolar;
2.
Ilmiy tadqiqot, loyiha va boshqaruv tashkilotlari binolari;
3.
Sog`liqni saqlash va dam olish tashkilotlarining binolari;
4.
Sport, jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish binolari va inshootlari;
5.
Madaniy va manaviy –marifiy markazlar binolari;
6.
Oldi-sotdi, ommaviy ovqatlanish va aholiga xizmat ko`rsatish korxonalari binolari;
7.
Aholiga xizmat ko`rsatuvchi barcha ommaviy transport vositalariga oid binolar
8.
Kommunal xo`jalikka oid binolar;
16
9.
Ko`p funktsiyali binolar va komplekslar, turli xil funktsiyani bajaruvchi xonalarni
qamrab olgan binolar.
Jamoat binolari funktsional strukturasi 3ta asosiy bo`limdan iborat: rekreatsion-
sog`lomlashtiruvchi, maishiy-xo`jalik va ishlab chiqarish.
Jamoat binolarining xonalari ushbu binoda amalga oshiriladigan funktsiyaga to`la mos
kelishi kerak. Bu esa binoda xizmat ko`rsatuvchi insonlar uchun qulay bo`lgan shart-sharoitlarni
taminlash, jamoat binosi xonalaridagi amalga oshiriladigan funktsional-texnologik jarayonlarni
optimallashtirish orqali erishiladi.
1-rasm. Jamoat binolari guruhida ierarxiyasiga doir misol
Funktsional-texnologik jarayon – bu bino asosiy funktsiyasini muayyan hajmda va vaqt
oralig`ida amalga oshirilishi tushuniladi.
Arxitekturaviy loyihalashning asosiy masalasi
bu binoda ro`y beradigan funktsional-
texnologik jarayonlarni bir tizim asosida shakllantirishdir. Avallo, binoda ro`y beradigan
funktsional-texnologik jarayonlarning shart-sharoitlarini tahlil qilish, ushbu jarayonlarning
ketma-ketligini aniqlash, shu asosda ularning orasidagi bog`liqlikni topish va yakunida binoning
kompozitsion sxemasini aniqlash talab etiladi.
Jamoat binosi funktsional sxemasi
- obekt strukturasining funktsional bog`lanishi haqida,
binoda yuz beradigan funktsional jarayonlarning ketma ketligi borasidagi to`liq axborotni
taqdim etadi.
17
2-rasm. Maktab binosining funktsional-texnologik sxemasi
Funktsional qo`llanilishiga ko`ra :
A) Maxsuslashgan (ushbu jamoat binolari foydalanish jarayonida o`z funktsiyasini
o`zgartirmaydi – maktablar, teatr, muzeylar va h.k.)
B) Universal (ushbu jamoat binolari esa o`z funktsiyasini o`zgartiradi. Masalan, sport zali
mos ravishda tennis zali, futbol zali va h.k. Yoki anjumanlar saroyi ham kontsert zali yo
majlislar zaliga o`zgartirilishi mumkin.)
3-rasm. Funktsional qo`llanilishiga ko`ra: maxsuslashgan va universal jamoat binolari
2. Qurilishda takrorlanishiga ko`ra
18
a) noyob turdagi
b) ommaviy turdagi
4-rasm. Qurilishda takrorlanishiga ko`ra jamoat binolari tasnifi
Shahar qurilishidagi vazifasiga ko`ra binolar
5-rasm. Shahar qurilishidagi vazifasiga ko`ra jamoat binolari tasnifi
4. Qavatlar soniga ko`ra
a) kam qavatli
b) ko`p qavatli
19
6-rasm. Qavatlar soniga ko`ra jamoat binolari tasnifi
Jamoat binolarini loyihalash tizimlari
Anfiladli tizimi.
To`g`ri burchakli yoki markazlashgan xarakterga ega bo`lib, bir xonadan ikkinchi xonaga o`tish
devordagi o`tish yo`li (eshik) orqali amalga oshiriladi (muzeylar, ko`rgazma pavilonlari)
5
v)
7-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi anfiladli tizimi
a – to`g`ri burchakli; b – markaziy ko`rinishdagi; v – muzeydagi anfiladli tizimi
Koridorli tizimi .
Xonalar orasidagi bog`lanish koridor yo`lagi orqali amalga oshiriladi. (mamuriy binolar)
8-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi koridorli tizimi
a – bir tomonlama koridor joylashuvi;
b – ikki tomonlama koridor joylashuvi
5 Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ,
2004 – 464 с. (38-40 bet)
20
Yacheykali tizim.
Bunda funktsional jarayonlar katta hajmga ega bo`lmagan va bir-biriga teng bo`lgan
yacheykalarda amalga oshiriladi
9-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi yacheykali tizimi
Pavilonli tizim
Bir kompozitsionyechim asosida loyihalangan bir guruh xonalarni o`zida mujassam etgan
pavilonlardan iborat bo`ladi.
10-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi pavilonli tizimi
Sektsiyali tizim.
Muayyan bir sektsiyalardan iborat bo`lgan bino (maktab, kasalxona va h.k.)
21
11-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi pavilionli tizimi
Zalli tizim.
Bu tizim bir guruh yordamchi xonalarning bitta asosiy xonaga, yani zalga funktsional
bo`ysinishi asosida tashkil etiladi. (teatrlar, kinoteatrlar va h.k.)
6
12-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi zalli tizimi (kinoteatr misolida)
Kombinatsiyalashgan tizim.
Turli tizim elementlarini o`zida mujassam etadi. Ko`p
funktsional binolarda qo`llaniladi (klublar, yoshlar markazi va h.k.)
13-rasm. Jamoat binosini loyihalashdagi kombinatsiyalashgan tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |