Nazorat savollari
1. Arxitektura rivojlanishi inson jamiyati rivojlanishi orasidagi bog‟lik qanday?
1.
“Arxitekturaviy uslub” nima?
2.
“Arxitekturaning” zamonaviy ta‟rifini mohiyati nimada?
3.
Qaysi arxitektura turlarini bilasiz?
4.
Binonig hajm tarhiy va konstruktiv yechimlariga ta‟sir qiluvchi omillarni sanab uting?
5.
Arxitekturaviy kompozitsiya vositalarini bilasiz? Tavsifini bering/
8
2 - MA’RUZA
BINOLARNI LOYIHALASH ASOSLARI
Reja:
1.
Binolar klassifikatsiyasi.
2.
Binolarning asosiy elementlari va ularning asosiy funktsiyalari.
3. Binolarga qo`yiladigan talablar.
Barcha binolar o`z vazifasiga ko`ra uchta asosiy turlarga: turar joy binolari,
jamoat binolari va sanoat binolari hisoblanadi
2
1-rasm. Bino turlari
Turar joy binolari
- odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi uchun mo`ljallanadi.
Jamoat binolari
-odamlarning muayyan bir vaqt davomida funktsional jarayonlarni
bajarishi uchun qo`llaniladi.
Sanoat binolari
-ishchilarni ishlab chiqarish jarayonlarni bajarishi uchun loyihalanadi.
O`zbekiston Respublikasida binolarni loyihalash va qurish meyoriy hujjatlar tizimi asosida
olib borilishi zarur.
Ushbu meyoriy hujjatlar tizimi O`zbekistonda amal qiluvchi “Davlat standartlashtirish va
texnik meyorlash tizimini tashkil etish kontseptsiyasi” asosida tashkil etilgan. Ushbu
2 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (211 – 212 betlar)
9
kontseptsiya O`.R. Vazirlar Mahkamasi tomonidan maqullangan va Davlatarxitektqurilish
hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Tizimning asosini qurilish sohasiga taalluqli bo`lgan O`zbekiston Respublikasi qonunlari va
Prezidentining qaror va farmonlari tashkil etadi.
Qurilish sohasidagi meyoriy hujjatlar tizimi ushbu sohani tartibga solishga qaratilgandir.
Qurilish sohasidagi meyoriy hujjatlar tizimi binolarni loyihalash, muhandislik qidiruv va
qurilish, binolarni rekonstruktsiya va qayta tamirlash, hamda texnik qayta jihozlash,
ekspluatatsiya qilish va tamirlash ishlarini olib borish uchun ixtiyoriy va majburiy kuchga ega
bo`lgan meyorlar yig`indisidan tashkil topadi.
Meyoriy hujjatlardagi majburiy kuchga ega bandlari: odamlar sog`lig`i va hayotining
xavfsizligini, loyihalanib qurilayotgan bino va inshootlar mustahkamligi va ustuvorligini,
muhandislik tarmoqlarining uzoq muddat chidamliligini va resurs tejamkorligini taminlashga
qaratilgan talablarni o`z ichiga oladi
3
.
2-rasm. Binoning asosiy konstruktivyechimlari
Poydevorlar – binoningyer ostki qismida joylashib, devorlardan tushadigan barcha
yuklarni o`ziga qabul qilib oladi.
Tashqi devor –vertikal yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruktsiyalar, yukni o`ziga qabul
qilib so`ng poydevorga uzatib beradi.
O`z yukini ko`taradigan devorlar – faqatgina o`z yukini poydevorga uzatib berish va
tashqi to`siq vazifasini bajaradi.
2 Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ,
2004 (27-28 bet)
10
Yuk ko`tarmaydigan devor (osma panel) – o`z yukini pastda joylashgan konstruktiv yuk
ko`taruvchi elementga uzatib beradi.
Parda devor – ichki yuk ko`tarmaydigan devorlar.
Orayopma – gorizontal yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruktsiya. Bunda o`zining
xususiy yuki, odamlar, jihozlar va h.k. yuklarni qabul qilib vertikal yuk ko`taruvchi
konstruktsiyalarga uzatib beradi. Joylashuviga ko`ra: qavatlararo, tsokol qismidagi,yer to`ladagi
va chordoqdagi panellarga ajratiladi
4
.
Yopma (tom yopmasi) – binoning ustqi qismi bo`lib, uni tashqi agressiv muhitdan
himoya qilish uchun qo`llaniladi. Tom yopmasining yuqori qismi tom qoplamasi deyiladi.
Agar binoda chordoq qismi bo`lmasa, bino tomi birlashtirilgan deb ataladi.
3-rasm. Yuk ko`taruvchi devorli bino
Binolarida quyidagi konstruktiv yechimlar qo‟llaniladi: karkasli (sinchli), karkassiz (yuk
ko‟taruvchi devor) va aralash karkas.
Karkasli
bino - bu poydevorga mahkamlangan ustunlarga biriktirilgan to‟sinlar hamda
to‟sinlarga tayantirilgan orayopma yoki yopma plitalardan tashkil topgan tizim bo‟lib, ushbu
elementlarning barchasi tizimning geometrik o‟zgarmasligini va ustivorligini ta‟minlaydi (4-
rasm). Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element bu ustunlar bo‟lsa, gorizontal yo‟nalishda
yukni to‟sinlar qabul qiladi.
1 Andrea Deplazes BUILDING CONSTRUCTION ADHESIVES, Birkhauser Constructing architecture materials
processes structures / Bauhauz, Berlin, 2013 (211 – 212 betlar)
11
4-rasm. Karkas
Odatda, karkasli binolarning tashqi devorlari binoni faqat tashqi muhitdan himoyalovchi
vazifani bajarib, o‟zini yukini o‟zi ko‟taruvchi yoki ustunga ilib qo‟yiladigan bo‟lishi mumkin.
Karkas - binoga tushadigan yuk va ta‟sirlarni o‟ziga qabul qiladi. Karkasli binolarni
loyihalashda binoning hajmiy-rejaviy yechimiga mos keladigan unifikatsiyalashgan parametrga
ega bo‟lgan karkas elementlarini tanlash maqsadga muvofiq (5-rasm, a).
Karkas – bu poydevorga qistirib mahkamlangan vertikal yuk ko`taruvchi elementlar, so`ng
orayopma yoki yopma plitalardan hamda bog`lovchilardan iborat bo`lgan tizim bo`lib, ushbu
elementlarning barchasi tizimning geometrik o`zgarmasligini va ustuvorligini taminlaydi
2
.
Karkas -binoga tushadigan yuk va tasirlarni o`ziga qabul qiladi.
Karkassiz
(yuk ko‟taruvchi devor) tizimidagi bino - bu o‟zaro bog‟langan tashqi devorlar va
ularga tayangan qavatlararo orayopmalardan tashkil topgan bikir va mustahkam qutidan iborat
bo‟lgan tizimdir.
Bunda asosiy vertikal yuk ko‟taruvchi element sifatida tashqi va ichki yuk ko‟taruvchi
devorlar qo‟llaniladi. Bunda gorizontal yo‟nalishda joylashgan orayopma va yopma plitalar
yukni qabul qilib yuk ko‟taruvchi devorlarga uzatib beradi. Odatda, o‟rta qavatli yuk ko‟taruvchi
devorli tizimdan iborat bo‟lgan turar-joy binolari ushbu tizimda loyihalanadi (5-rasm, b).
Shuningdek, kam qavatli turar-joy (hovli uy-joy) binolarining aksariyati yuk ko‟taruvchi
devor tizimida quriladi. Bunda yuk ko‟taruvchi devor qo‟l mehnati yordamida teriladigan mayda
devor (g‟isht, mayda blok) materialaridan tashkil topadi.
2 Maklakova T.G., Nanasova S.M., SHarapenko V.G., Balakina A.E. Arxitektura/Uchebnik –
M.: Izd-vo ASV, 2004 (27-28 bet)
12
4-rasm. Turar-joy binolari konstruktiv yechimlari:
a) – karkasli bino; b) – karkassiz bino; v) – aralash karkas; 1 – tasmasimon poydevor; 2 –
yuk ko‟tarib turuvchi tashqi devor; 3 – qavatlararo orayopma; 4 – yopma paneli; 5 – yuk
ko‟taruvchi ichki devor; 6 - karkas ustunlari; 7 – ustunsimon poydevor.
Ushbu konstruktiv tizimda loyihalangan binolar tashqi devori ham yuk ko‟taruvchi, ham
tashqi muhitdan himoyalovchi vazifalarni bajaradi.
Aralash karkas
bu karkas va yuk ko‟taruvchi devorlar tizimlarini mujassamlanishidan
paydo bo‟lgan tizimdir. Bunda binoga tushadigan vertikal yukni tashqi tomondan yuk ko‟taruchi
devorlar ichki tomondan esa ustunlar qabul qiladi. Gorizontal yukni esa ustunlarga biriktirilgan
to‟sinlar va to‟sinlarga tayangan orayopma va yopma plitalar qabul qiladi (5-rasm, v).
Do'stlaringiz bilan baham: |