«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati toshkent temir yo‘l muhandislari instituti



Download 13,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/102
Sana03.01.2022
Hajmi13,86 Mb.
#317292
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Bog'liq
arxitektura va qurilish konstruktsiyalari

Nazorat savollari 
1.
 
Qanday devor terimining tizimlarini bilasiz? 
2.
 
Gishtli devorlar qanday armaturalanadi? 
3.
 
Qanday devor terimi tizimlari xorijiy mamlakatlarda qo`llaniladi? 
4.
 
Yuk  ko‟taruvchi  devorlar  sxemasida  loyihalangan  binolarda  zilzilaga  qarshi  qanday 
tadbirlar qo‟llaniladi? 
5.
 
Kompozit devor terimi haqida nimalar bilasiz? 
6.
 
Yirik blokli bino sxemalari haqida nimalar bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


81 
 
9 - MA’RUZA 
KARKASLI BINOLAR. 
 
Reja: 
1.
 
Karkasli binolar.  
2.
 
Karkasning asosiy elementlari 
 
Karkasli binolar. Karkasning asosiy elementlari 
Karkas – bu poydevorga qistirib mahkamlangan ustunlar va ushbu ustunlarga tayangan rigel, 
so`ng orayopma yoki yopma plitalardan hamda bog`lovchilardan iborat bo`lgan tizim bo`lib, bu 
elementlarning barchasi tizimning geometrik o`zgarmasligini va ustuvorligini taminlaydi.   
Karkas -binoga tushadigan yuk va tasirlarni o`ziga qabul qiladi. 
 
 
 
1-rasm. Yig`ma temirbeton karkasi: 
1 – poydevor; 2 – ustun; 3 – rigel, 4 – yopma plita  
 
Karkasli  binolarni  loyihalashda  binoning  hajmiy-rejaviyyechimiga  mos  keladigan 
unifikatsiyalashgan parametrga ega bo`lgan karkas elementlari tanlanadi. (ustunlar qadami, plita 
va rigel oralig`i, qavat balandligi). 
Seysmik  tumanlarda  seriyasi    IIS-04    bo`lgan  yig`ma  karkaslar    yoki  1.020.1  –  2S  seriyali 
karkaslarni qo`llash mumkin.  


82 
 
 
 
2-rasm. Seysmik tumanlarda seriyasi  1.020.1 – 2S seriyali karkasli bino 
 
 
Barpo etish  materiali bo`yich karkasli binolar (3-rasm): 

 
Temirbeton (a) 

 
Yog`och (b) 

 
Metal karkasdan  (v)  iborat bo`ladi.
 38
 
 
 
 
                                                 
38. Маклакова Т.Г., Нанасова С.М., Шарапенко В.Г., Балакина А.Е. Архитектура/Учебник – М.: Изд-во АСВ, 
2004 – 464 с. (263-266  bet) 


83 
 
 
 
3-rasm. Karkasli binolar 
Karkasli binolarning statik sxemalari. 
 
 
4-rasm. Jamoat binolari temirbeton karkaslarining sxemalari 
1 – poydevor; 2- devor paneli; 3 – ustun; 
4, 6 – rigel; 5 – orayopma plitasi. 
  
 
Karkaslar kompanovkasi va konstruktiv sxemalarining tasnifi 
 
Ko`p  qavatli  sinch  (karkas)li  binolarning  bikrligi  va  ustuvorligi,  yuk  ko`taruvchi 
elementlarini  romli  (a);  rama-bog`lagichli  (b)  va  bog`lagichli  (v)  sxemalarda  loyihalash  bilan 
amalga oshiriladi. 
 


84 
 
 
 
 
 
 
5-rasm. Karkasning statik sxemalari: 
a – ramali; b – rama-bog`lovchili; v – bog`lovchili; 
1 – rama; 2 – bikirlik diafragmasi; 3 – orayopmaning bikir diski 
 
Ko`p  qavatli  sanoat  binolari  temirbetondan  yoki  po`lat  karkasdan  iborat  bo`lishi  mumkin. 
Odatda ko`p qavatli sanoat binolari temirbeton karkasda ishlanadi.  
Ko`p  qavatli  sanoat  binolari  konstruktiv  yechimiga  ko`ra  to`liq  karkasli,  tashqi  devori  yuk 
ko`taruvchi va yarim karkasli binolar turiga bo`linadi.  


85 
 
Ko`p  qavatli    temirbeton  karkasli  binolar  o`z  strukturasiga  ko`ra 
to`sinli
, ya`ni  ustun,  rigel 
va  plitadan  iborat  bo`lgan  hamda 
to`sinsiz, 
ya`ni  ustun,  kapiteliy  va  plitalardan  tashkil  topgan 
bo`ladi.   
Ramali sxema 
Romli tizim bu ustunlarni va rigellarni hamda orayopmalarni o`zaro bog`lash orqali  bikr 
va  mustahkam  fazoviy  tizim xosil  qilishdir.  Bunda  barcha  gorizontal  va  vertikal  yuklarni  xosil 
qilingan  tizim  qabul  qiladi.  Romli  tizimning  bo`ylama  va  ko`ndalang  tugunlari  bikr 
mahkamlanadi.  
Bu tizim sermehnat va ko`p po`lat sarfini talab etadi. 
 
 
6-rasm. Ramali sxema 
 
Rama-bog`lagichli tizim 
Rama-bog`lagichli  tizim  ko`ndalang  joylashgan  yassi  ramalar  va  bo`ylama  yo`nalishda 
joylashgan bikr bog`lovchilardan tashkil topadi. Ushbu karkas turida gorizontal yuklarni nafaqat 
ramalar balki “bikrlik diafragmalari” qabul qiladi.  
Vertikal  yuklar  esa  ko`ndalang  ramalarga  uzatiladi.  Bunda  ko`ndalang  joylashgan  yassi 
ramalar  binoning  faqat  ko`ndalang  yo`nalishdagi  mustahkamligini  taminlaydi.  Binoning 
bo`ylama mustahkamligi esa “bikrlik diafragmalari” yordamida taminlanadi.  


86 
 
 
7-rasm. Rama-bog`lagichli tizim 
 
Bog`lagichli tizim 
Bog`lagichli  tizimda  ramalar  faqat  vertikal  yuklarni  qabul  qilib,  gorizontal  yuklar  esa 
orayopmalar  yordamida  vertikal  diafragmalarga  yoki  mustahkamlik  o`zagiga  (yadro  jyostkosti) 
uzatiladi.  
Bog`lagichli tizim bu rigelsiz karkasli konstruktsiyalarda qo`llaniladi.  
Binoda diafragmalar o`zaro simmetrik joylashgan bo`lishi kerak.  
Bikrlik  diafragmalari  yig`ma  yoki  monolit  ko`rinishda  bo`lishi  mumkin.  Bunda 
diafragmalar binoning butun balandligi bo`yicha xosil qilinadi.  
 
 
8-rasm. Bog`lagichli tizim 
 
Diafragma va mustahkamlik o`zaklari 
Gorizontal  yuklarni  qabul  qiluvchi  diafragma  va  mustahkamlik  o`zagi  binoning 
balandligi  bo`ylab  bir  xil  bo`lishi  va  ikki  tomonlama  yo`nalishda  binoning  og`irlik  markaziga 
nisbatan simmetrik bo`lishi kerak.  


87 
 
Qavat balandligiga teng bir xil o`lchamli yig`ma vertikal diafragmalar (qalinligi 140 mm 
li) temirbeton panellar ko`rinishida loyihalanadi.   
Binoning  zilzilaviy  chidamliligini  taminlashda  asosiy  vazifani  qavatlararo  yopmalar 
bajaradi, ular gorizontal zilzila kuchini karkas vertikal konstruktsiyalari orasida taqsimlaydi.  
 
 
9-rasm. Diafragma va mustahkamlik o`zaklari 
Mustahkamlik o`zaklari 
Minora  ko`rinishidagi  binolarning  markazida  qo`shtavr,  kvadrat  yoki  xoch  shaklidagi 
fazoviy mustahkamlik o`zaklari joylashtiriladi.  
Ushbu  fazoviy  mustahkamlik  o`zaklarining  gabarit  o`lchamlarini    binoga  tasir  etuvchi 
hisobiy yuklar va seysmik yukni etiborga olgan holda hisoblab topiladi.   


88 
 
 
10-rasm. Mustahkamlik o`zaklari 
 
Binolarni quyidagi xollarda zilzilaga qarshi choklar bilan ajratish kerak:   
• 
 bino murakkab shaklga ega bo`lsa; 
• 
 bino uchastkalarining balandligi 5 m va undan ortiq    bo`lsa. 
   Zilzilaga qarshi choklar binoni butun  balandligi  bo`ylab ajratishi  kerak.  Zilzilaga qarshi chok 
cho`kish choki bilan bir xil bo`lgan taqdirda, poydevor choksiz bo`lishi mumkin. Zilzilaga qarshi 
chok juft devorlar yoki romlarni  qo`yish orqali bajariladi.    
   Balandligi  5  metrgacha  bo`lgan  binolarda  zilzilaviy  chokning  eni  3  sm  dan  kam  bo`lmasligi 
kerak. Juda baland binolarda zilzilaga qarshi chokning eniga binoning har 5 m balandligi uchun  
2 sm dan qo`shib borish tavsiya etiladi.  
Karkasli bino konstruktiv elementlari 
Poydevor  –  binoning  yer  ostki  qismida  joylashib,  ustunlardan  tushadigan  barcha  yuklarni 
o`ziga qabul qilib oladi.  
Karkasli  binolarda  yig`ma  va  quyma  ko`rinishdagi  ustun  osti  (stakansimon)  poydevorlar 
qo`llaniladi.  


89 
 
 
11-rasm. Yig`ma temirbeton poydevor 
 
Ustun  osti  poydevorlarining  pastki  pog`onasi  stakansimon  ko`rinishdagi  maxsus  bloklardan 
tashkil topadi. 
 
 
 
 
12-rasm. Ustunsimon poydevor ko`rinishi 
Poydevorlar  katta  o`lchamga  ega  bo`lganda  poydevor  osti  pog`onalarining  sonini  ortirish 
mumkin.  


90 
 
 
13-rasm. Ustunsimon poydevor tarxining ko`rinishi 
 
 
 
14-rasm. Ustunsimon poydevor joylashgan bino qisminung tugunlari 
 
Poydevorlarning joylashish chuqurligi binoning hajmiy- rejaviyyechimiga bog`liq bo`ladi (yer 
osti qavatining borligi yoki mavjud emasligi, lift, qurilish tumani gidrogeologik sharoitlari)
 39

                                                 
39 R.Chudley, R.Greeno   BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill, 
Oxford OX28DP,UK,  2008 – 754 р. (484  bet) 
 


91 
 
 
 
15-rasm. O`rtacha yuklangan ustunni poydevorga o`zaro birikishi 
 
 
 
16-rasm. Katta miqdorda  yuklangan ustunni poydevorga birikishi 
 


92 
 
 Karkasli  binolarni  zaif  va  bir  jinsli  bo`lmagan  gruntlarda  qurish  jarayonida,  ustunlarga 
tushadigan  yuk katta bo`lib, poydevor  cho`kishini oldini  olish uchun tasmasimon poydevorlar 
qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir
40
.  
 
 
17-rasm. Tasmasimon poydevor ko`rinishi 
 
 
 
Plitali poydevorlar 
 
 
18-rasm. Plitali poydevorni barpo etish 
 
 
Ko`p qavatli binolarni zaif va bir jinsli bo`lmagan gruntlarda qurishda, asosning notekis  
cho`kishini oldini  olish uchun qovurg`ali yoki to`sinsiz yaxlit plitali poydevor qo`llaniladi. 
                                                 
40.
 
Edward Allen.  How Buildings Work.  THE NATURAL ORDER OF ARCHITECTURE/ OXFORD  UNIVERSITY  
PRESS , USA,  2005 – 270 р  (201  bet) 


93 
 
Plitali  poydevorning  qalinligi  ustunlar  qadamiga  ko`ra  qabul  qilinadi:  qovurg`a  plitali 
poydevor uchun 1/8 -1/10 L, yaxlit plitali poydevor uchun esa  1/6 – 1/8 L. 
buyerda:  L-ustun qadami 
Plitali poydevorlar egilishga ishlab, odatda temirbetondan ishlanadi
41
.  
 
 
19-rasm. Plitali poydevor ko`rinishi 
 
20-rasm. Plitali poydevor
42

                                                 
41.
 
Edward Allen.  How Buildings Work.  THE NATURAL ORDER OF ARCHITECTURE/ OXFORD  UNIVERSITY  
PRESS , USA,  2005 – 270 р  (201  bet) 


94 
 
 
Qoziqli poydevorlar 
Qoziqli poydevorlar asos tuprog`i bo`sh va siqiluvchan gruntlarda qo`llaniladi.  
Ular rostverk va qoziq qismidan iborat bo`ladi. 
 
21-rasm. Qoziqli poydevor konstruktsiyasi 
 
Qoziqli poydevorlar: 
 Asosga yukni uzatish usuliga ko`ra: 
a) ”ustun” qoziq (cho`kuvchan tuproq qatlamidan o`tib, qattiq va mustahkam bo`lgan tuproq 
qatlamiga yukni uzatib beradi) 
b)  ”osma”  qoziq  (qattiq  va  mustahkam  bo`lgan  tuproq  qatlamigayetmasdan,  binodan 
tushayotgan vertikal yukni qoziq sirti bilan tuproqning ishqalanish kuchi hisobiga ishlaydi )
 43
.  
 
 
                                                                                                                                                             
42 R.Chudley, R.Greeno   BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill, 
Oxford OX28DP,UK,  2008 – 754 р. (210  bet) 
 
43 R.Chudley, R.Greeno   BUILDING CONSTRUCTION HANDBOOK /Elsevier Linacre House, Jordan Hill, 
Oxford OX28DP,UK,  2008 – 754 р. (212-218  bet) 
 


95 
 
 
22-rasm. Qoziqli  poydevorni barpo etish 
 
 
23-rasm. Qoziqli poydevor konstruktsiyasi 
 
Zaminga kiritish usuliga ko`ra:  
a)  qoqib  kiritiladigan  (maxsus  tayyorlangan  qoziqniyerga  uskunalar  yordamida  qoqib  yo  burab 
kiritiladi); 
b) quyma (oldindan burg`alangan quduqlarga beton quyish yordamida kiritiladi). 
Shakliga ko`ra:  qoziqlar prizma va tsilindr shakliga ega bo`ladi. 
44

Shuningdek,  yog`och  qoziqlar  ham  qo`llanilib,  ularning  diametri  kamida  180  mm  bo`lib, 
uzunligi 4,5 dan  16 m gacha bo`ladi. 
                                                 
44.
 
Edward Allen.  How Buildings Work.  THE NATURAL ORDER OF ARCHITECTURE/ OXFORD  UNIVERSITY  
PRESS , USA,  2005 – 270 р  (202  bet) 


96 
 

Download 13,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish