Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet447/578
Sana03.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#315596
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   578
Bog'liq
Ozbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 30-moddasi 5-qismiga

 

muvofiq, «Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy 



ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan 

barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi jinoyatda ishtirokchilik uchun 

javobgarlikni istisno qiladi». Mazkur qoidadan aniq-ravshan ma’lum 

bo‘ladiki, tashkilotchining, dalolatchining yoki yordamchining ixtiyoriy 

rad etishi faqat faol bo‘lishi, ya’ni tayyorlanayotgan jinoyatning bartaraf 

1

 



При неудавшемся соучастии отсутствуют либо преступные деяния исполнителя, либо объективная связь 

между  его  деяниями  и  деяниями  других  соучастников,  в  силу  чего  намерения  последних  остаются 

нереализованными, несмотря на все их усилия. 

333 


 

                                                           




etilishini ta’minlovchi harakatlarda ifodalanishi darkor. Hokimiyat 

organlariga  vaqtida xabar berishdan tashqari yana tashkilotchi yoki 

dalolatchi bajaruvchiga jinoyat sodir etmaslikka, yordamchini 

bajaruvchiga ko‘maklashmaslikka ko‘ndirishda, tajovuz qaratilgan shaxsni 

o‘z vaqtida ogohlantirishda ifodalanadigan boshqa choralar ham ko‘rilishi 

lozim. Bunda jinoyat tashkilotchisi yoki dalolatchining bajaruvchini 

ko‘ndirish turidagi ixtiyoriy qaytishi moddiy tarkibli jinoyatda jinoiy 

natijaning oldini olish, formal tarkibli jinoyatlarda esa, butun obyektiv 

tomonning amalga oshirilishining  oldini olishi lozimligi sharti bilangina 

bo‘lishi mumkin. Aks holda, tashkilotchi va dalolatchi sodir etilgan 

qilmish uchun javobgarlikka tortiladi, ularning jinoyatning oldini olishga 

qaratilgan harakatlari esa sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida 

yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin. 

Yordamchi  o‘zining harakatsizligi bilan jinoyat sodir etishdan 

ixtiyoriy qaytishni ifodalashi mumkin. Biroq yordamchi bunday xulq-

atvorini baholashda muayyan vaziyatdan kelib chiqishi lozim, ya’ni 

yordamchining harakatsizligi jinoyatda ishtirokchilikdan ixtiyoriy qaytish 

sifatida, agar bu harakatsizlik u bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni 

amalga oshirmasligida ifodalangan bo‘lsa, masalan, bajaruvchiga seyf 

kalitini taqdim etishga va’da berib, so‘zining  ustidan chiqmagan bo‘lsa, 

tan olinishi mumkin. Bu vaziyatda, agar bajaruvchi jinoyat sodir etishga 

qaror qilsa, uning harakatlari yordamchining harakatlari bilan sababiy 

bog‘liqlikda bo‘lmaydi. 

Shu bilan birga, yordamchining ixtiyoriy qaytishini yordamchilikning 

turidan kelib chiqib alohida ajratilgan holda ko‘rib chiqish lozim. (Ruhiy) 

aqliy yordamchining ixtiyoriy qaytishi bajaruvchiga yordam berishga, 

ko‘maklashishga qaratilgan o‘zining barcha harakatlarini to‘liq 

neytrallashtirishida ifodalanishi lozim.  Gap shundaki, yordamchining 

maslahat va ko‘rsatmalari ularning bajaruvchiga ma’lum qilinganidan 

so‘ng oxirgisi tomonidan yordamchining irodasidan qat’i nazar, ishlatilishi 

mumkin, bu esa yordamchi harakatlari va bajaruvchi sodir etgan jinoyat 

o‘rtasidagi  sababiy bog‘lanishni keltirib chiqaradi. Ixtiyoriy qaytish 

majburiy element sifatida jinoiy natijaning yuz bermasligini taqozo 

334 


 


etganligi sababli, yordamchining ixtiyoriy qaytishi haqida, faqat u o‘z 

harakatlari oqibatlarini to‘liq bartaraf etganidan so‘nggina namoyon 

bo‘lishi mumkin. Agar yordamchining mazkur intilishlari natijasiz 

yakunlansa, jinoyat sodir etilsa, uning harakatlari ixtiyoriy qaytish sifatida 

kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 

Mazkur masala jismoniy yordamchilikda bir oz boshqacha hal 

qilinadi. Bunday hollarda, ko‘pincha jinoyat sodir etilishini 

yengillashtirishi lozim bo‘lgan jinoyat quroli va vositalarini taqdim 

etmaslikda, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga to‘siqlarni bartaraf 

etmaslikda, agar bu to‘siqlarni bartaraf etish tashabbusi yordamchining 

o‘zidan chiqqan bo‘lsa, ifodalanadigan yordamchining passiv xulq-atvori 

yetarli bo‘ladi. 

Agar birgalikdagi bajaruvchi boshqa bajaruvchilar tomonidan jinoyat 

sodir etilishiga ko‘maklashuvchi yoki uni osonlashtiruvchi harakatlarni 

sodir  etishni boshlamagan bo‘lsa, ixtiyoriy qaytish uning passiv xulqida, 

ya’ni birgalikdagi bajaruvchilikni tashkil etuvchi harakatlardan o‘zini 

saqlashda ifodalanishi zarur. Bunday hollarda shaxsning jinoiy 

javobgarligi istisno etiladi, biroq u 




Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   578




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish