NOTA BENE !
Jinoyatning tayyorlanishiga yoki sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs
tashkilotchi
deb tan olinadi
(JK 28-moddasi 3-qismi).
JK 28-moddasi 3-qismidagi
qoidalardan kelib chiqqan holda
tashkilotchilik faoliyatining ikki turini ajratish mumkin:
– jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishga rahbarlik qilish;
– jinoyatni sodir etishga rahbarlik qilish.
Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmani tashkil qilish yoxud unga
rahbarlik qilishni ham tashkilotchilik faoliyatining turi deb tan olish lozim.
Mazkur holatda tashkilotchi javobgarligi JK Maxsus qismi (242-modda)
normalari bilan belgilanadi va binobarin, alohida turdagi jinoyatni tashkil
etadi. Tashkilotchi rollar taqsimoti bilan ishtirokchilik doirasida harakat
qilgan bo‘lsa, uning javobgarligi JK Umumiy qismida ko‘zda tutilgan
asoslar bo‘yicha yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |