JK 28-moddasi 3-
qismi
va JK Maxsus qismining jinoyat bajaruvchisi uchun javobgarlikni
ko‘zda tutadigan tegishli modda bo‘yicha tasniflanadi.
NOTA BENE !
Jinoyat sodir etishga qiziqtirgan, ya’ni qasddan boshqa shaxsda qonun
bilan taqiqlangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga qat’iyat
uyg‘otgan shaxs
dalolatchi
deb topiladi
(JK 28-moddasi 4-qismi).
Dalolatchilik
– bu muayyan shaxs yoki bir guruh shaxslarni muayyan
aniq bir jinoyat sodir etishga qiziqtirishdir. Umuman, jinoiy faoliyatga
yoki noaniq shaxslar doirasiga qarata qilingan da’vat dalolatchilik
hisoblanmaydi. Dalolatchilik obyekt bo‘yicha ham, subyekt bo‘yicha ham
aniqlashtirilgan bo‘lishi shart.
Jinoyat sodir etishga da’vat etsa-da, jinoyat aynan qaysi obyektga
qarshi qaratilishini ko‘rsatmaydigan shaxs dalolatchi deb topilishi mumkin
emas.
Umuman olganda, jinoyat sodir etishga umumiy yoki noaniq shaxslar
guruhini dalolat qilish dalolatchilik hisoblanmaydi. Bunday harakatlar
muayyan hollarda alohida jinoyat tarkibini tashkil qilishi mumkin.
Masalan, davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga
qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga
tajovuz qilish jinoyati (JK 159-moddasi), qirg‘in solishga yoki fuqarolarni
zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etish (JK 244
1
-moddasi).
Dalolatchining qonuniy ta’rifida unda amalga oshiriladigan vosita va
shakllar aks etmagan. Dalolatchilik vosita va shakllarining to‘la ro‘yxatini
mustahkamlab qo‘yish mumkin emas, shuning uchun u turli xil
harakatlarda ifodalanishi mumkin. Bu yerda dalolatchi qanday vosita va
shakllarni ishga solgani emas, balki bu vositalar qanchalik samara bergani
muhimdir. Shuning uchun alohida hollardagina dalolatchi tomonidan
ishlatilgan u yoki bu vosita va shakllarning samaradorligi haqida so‘z
yuritish mumkin.
Dalolatchilik og‘dirib olish, iltimos qilish, ishontirish, undirish,
buyruq berish, zo‘rlik ishlatish, aldash va boshqa yo‘llar bilan amalga
303
oshirilishi mumkin. Dalolatchilikning bu tashqi ifodalanish shakllari
yozma yoki og‘zaki faoliyatda, konklyudent yoki boshqa harakatlarda
(imo-ishora va boshq.) yuzaga chiqishi mumkin.
Majburlash
jismoniy yoki ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash
ko‘pincha, dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir etiladi. Dalolatchi,
masalan shaxsni do‘pposlash vositasida uni jinoyat sodir etishga
majburlashi, aynan shu maqsadga dalolatchi kaltaklash yoki unga boshqa
zarar yetkazish tahdidi vositasida erishishi ham mumkin. Ushbu ma’noda
tahdid ruhiy majburlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Buyruq berish
dalolatchilik vositasi sifatida faqatgina dalolatchiga
xizmat bo‘yicha bo‘ysunadigan shaxslarga nisbatan ishlatilishi mumkin.
Jinoiy buyruqni qonuniy ijro etish natijasida bevosita sodir etgan
xizmat bo‘yicha bo‘ysunuvdagi shaxs o‘zining sodir etgan qilmishi uchun
javobgarlikka tortilmaydi. Bu hollarda noqonuniy buyruq bergan yoki
majburlagan shaxs, agar (harbiy xizmatchilar, mansabdor shaxslar uchun)
majburiy bo‘lsa, bevosita zarar yetkazuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka
tortiladi.
Ishontirish
dalolatchi tomonidan jinoyat sodir etish motivi bo‘lib
keladigan holatlarni bajaruvchi yoki yordamchiga xabar qilishdan iborat.
Dalolatchilik vositasi sifatida ishontirishning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, tashqi tomondan dalolatchining jinoyatda o‘z manfaatlari
bo‘lmaydi. Bajaruvchining irodasiga ta’sir etib, dalolatchi u yoki bu
qilmishni sodir etishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga, jinoyat
sodir etilishi bajaruvchi manfaatlarida ekanligiga ishontirishga harakat
qiladi.
Ishontirish obyektiv tomondan dalolatchi va u qiziqtirayotgan shaxs
orasida aloqalarni talab etuvchi davomli jarayondir. Aloqa vaqtida
dalolatchi bajaruvchi tomonidan qaror qilinishiga turtki beruvchi
motivlarni tug‘dirishgagina emas, balki dalolatchi istagan qarorning qabul
qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi motivlarni kuchsizlantirishga, yo‘q qilishga
harakat qiladi.
Ishontirishga yaqin bo‘lgan boshqa bir vosita — shaxsda jinoyat sodir
etishga bo‘lgan qat’iyatni uyg‘otuvchi bir vaqtning o‘zidagi akt sifatidagi
304
maslahatdir
. Bu borada dalolatchilikning maslahatini jinoyatdagi aqliy
yordamchilikni tashkil etuvchi yordamchilik maslahatidan ajrata bilish
lozim. Dalolatchining aqliy yordamchidan farqini qo‘llanilgan vositalar
emas, balki bajaruvchida uyg‘otiladigan motivlar bilan bog‘liq holda
qarash kerak. Ishontirishda dalolatchi tashqi tomondan jinoyatga hech
qanday aloqasi bo‘lmagandek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari jinoyatni
sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga ma’lum darajada mos keladi.
Dalolatchi qiziqtirilayotgan shaxsda jinoyat sodir etish istagini uyg‘otadi,
aqliy yordamchi esa faqatgina mavjud istakni mustahkamlaydi, yangilarni
keltiradi, jinoyat sodir etishga qo‘shimcha motivlar uyg‘otadi. Shu sababli
muayyan holda dalolatchilikmi yoki aqliy yordamchilik bo‘lganligini
aniqlash maqsadida maslahatning shaxsda mavjud jinoiy istakni
mustahkamlash va yo‘naltirishga yoki bu istakni uyg‘otishga olib
kelganligini bilish lozim.
Iltimos
ishontirish va maslahatdan farqli ravishda dalolatchining
manfaatlariga asoslanadi. Iltimos yordamida dalolatchi bajaruvchini
bevosita o‘zining yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari uchun xizmat
qiluvchi harakatlarni sodir etishga undaydi. Shubhasiz, iltimos dalolatchi
tomonidan faqat o‘zining tanishlari, do‘stlari va xizmatdoshlariga qilinishi
mumkin. Dalolatchilik vositasining ruhiy ta’siri, asosan, dalolatchilik va
qiziqtirilayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiatiga bog‘liq.
Ko‘ndirish
iltimosdan shunisi bilan farq qiladiki, dalolatchi shaxsni
jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga
soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda dalolat qilishning boshqa turlari ham uchraydi. Jinoyat
qilish uchun mukofot va’da qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |