JK 28-moddasi 2-qismi
holatlaridan kelib chiqib, bajaruvchilikning
bir necha muhim belgilarini ajratish mumkin:
– jinoiy qasdni, ya’ni jinoyatni to‘liq yoki qisman bajarish;
– jinoyatni bevosita sodir etish;
– jinoyatni qonun kuchiga ko‘ra javobgarlikka tortilmaydigan boshqa
shaxslardan yoki o‘zga vositalardan foydalanish orqali sodir etish
(jinoyatni bilvosita sodir etish).
Jinoyatni to‘liq sodir etish
– bu JK Maxsus qismi moddasi
dispozitsiyasidagi ta’rifiga muvofiq qilmishni to‘liq hajmda bajarishdir.
Mazkur holatda jinoyatda jinoyat tarkibining obyektiv tomoni to‘liq
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |