Sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan
xatoda,
birinchidan, shaxs qilmishini noto‘g‘ri ijtimoiy xavfliligini
yo‘qotuvchi faktik holatlar kuchda bo‘ladi. Masalan, shaxs ombor
hududiga kirib, hisobdan chiqarilgan va yo‘q qilishga mo‘ljallangan,
qimmatga ega bo‘lmagan mulkni «o‘g‘irlaydi». Mazkur xato aybning
shakliga ta’sir qilmaydi va o‘z-o‘zidan qasddan sodir etilgan deb topiladi,
ammo bu holat bo‘yicha jinoiy javobgarlik masalasi tugallangan jinoyatga
nisbatan vujudga kelmaydi, chunki jinoiy maqsad amalga oshmagan va
faktik jihatdan tanlangan (o‘g‘irlanmoqchi bo‘lgan) tajovuz obyektiga
hech qanday zarar yetkazilmaganligi uchun jinoyatga suiqasd sifatida
baholanadi, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxsning harakati aybdor fikrining
yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, shaxs o‘z
xatti-harakatlarini huquqiy hisoblab, ularning ijtimoiy xavfliligi
xususiyatini anglamaydi. Odatda, bunday holatlar jinoyatning obyektiv
tomoni va qilmishga ijtimoiy xavfli xarakter kasb etuvchi qandaydir
muhim faktik holatni bilmaslik bilan izohlanadi. Bunday xato aybning
qasd shaklini inkor etadi, shuning uchun faqat qasddan sodir etilgan
qilmish uchun jinoiy javobgarlik mavjud normalarda ular jinoiy
javobgarlikni istisno etadi. Masalan, shaxs tomonidan qalbaki pullarni
haqiqiy deb o‘ylagan holda o‘tkazishi qasd bo‘lmaganligi uchun jinoyat
deb hisoblanmaydi. Agar qonunchilik jinoiy qilmishni aybning har qanday
formasida jazoga sazovor deb hisoblasa, shaxs ijtimoiy xavfli oqibatni
anglashi mumkin yoki anglashi kerak bo‘lgan hollarda uning harakatlari
223
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni
yuzaga keltiradi. Bunday turdagi xatoga juda ko‘p hollarda yo‘l
qo‘yiladigan holat sifatida zaruriy mudofaa misol bo‘ladi. «Agar hodisa
holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs o‘zining
yanglishganini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa»
1
, ya’ni
qilmishning ijtimoiy xavfli xususiyatiga nisbatan uzrli xato bo‘lganida
zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish uchun javobgarlik kelib
chiqmaydi. Biroq ehtiyotsizlik orqasida o‘lim yoki sog‘liqqa jiddiy zarar
yetkazilganda jinoiy javobgarlik kelib chiqsa, aybli xato qilmishning
ijtimoiy xavfliligiga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin,
ammo qasddan sodir etilgan qilmish uchun emas, balki zaruriy mudofaa
holatida bo‘lgan, ish holatiga ko‘ra tajovuzning xayoliyligini va o‘zining
«mudofaalanuvchi» harakatlarining ijtimoiy xavfini anglashi mumkin va
lozim bo‘lgan shaxsning ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazishi uchun
javobgarlik kelib chiqishi mumkin
2
.
Shaxsning jinoyat obyektiga nisbatan xato qilishi sud-tergov
amaliyotida ko‘p kuzatiladigan holat hisoblanadi. Bu xatoning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, u qasd doirasida namoyon bo‘ladi. Qoida tariqasida
bunday xatoga yo‘l qo‘yish ayb shaklini o‘zgartirmaydi faqat mazmun-
mohiyatini, uning tomonlarini aniqlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |