8-§. Yuridik va faktik xato, ularning jinoyat-huquqiy ahamiyati
Xato
– bu shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida
ko‘rsatuvchi obyektiv xususiyatlariga nisbatan yanglishish yoki noto‘g‘ri
tasavvur qilish, noto‘g‘ri baholash hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda,
xato bu shaxsning sodir qilgan jinoyati holatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri
munosabatidir. Shuning uchun huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlanishi
lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri, bu – subyekt xato bo‘lib, sodir
etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishning xarakter va darajasini aniqlashtiradi
yoxud yanglishishning yuridik tavsifini o‘zida namoyon qiladi.
Shaxsning xatoli tasavvurlaridan kelib chiqqan holda xatolarni yuridik
va faktik xatolarga bo‘lish qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |