O'zbekiston 1991 yil 31 avgustda siyosiy mustaqilligini to'la qo'lga kiritgandan so'ng respublikada iqtisodiy rivojlanish uchun keng yo'llar ochildi. “Biz uchun mustaqillik, - deb qayd etadi Yurtboshimiz Islom Karimov, - eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf- datlarimizni tiklash, hammamiz uchun muxtabar shu zaminda. Har bir xonadonda tinglash-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz Vatanimizda adolat, insof, dinu-diyonat, mehru-oqibatni qaror toptirishdir”.1
1991 yil 31 avgustda O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilindi. “O'zbekiston – suveren demokratik respublika”. Xuddi shu kuni xalqimiz ongida “O'zbekiston davlati”, “O'zbek davlatchiligi” kabi tushunchalar yangidan paydo bo'ldi.13 Zero, 130 yillik mustamlaka davrida o'zbek xalqi “Milliy davlat”, “Milliy davlatchilik” tushunchasini unutib qo'ygan edi. Zotan, o'sha muddat mobaynida milliy davlatchilikdan asar ham qolmagan edi. Shu jihatdan qaraganda O'zbekiston Oliy Kengashining “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida” 1991 yil 31 avgustda qabul qilgan qarori hamda u tasdiqlagan “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi Qonunda ilk bor rasman qayd etilgan “davlat mustaqilligi” tushunchasi naqadar tarixiy-amaliy ahamiyatga ega bo'lgani oydinlashadi.
Davlatchilikning tiklanishi, shubhasiz, buyuk hodisa. Shu bilan birga, davlat yuzaga kelishi bilan jamiyat zimmasiga muayyan maqsad va vazifalarni yuklashi ham tabiiy. Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin jamiyatimiz kelgusi taraqqiyotini belgilab beruvchi bosh yo'l xuddi mana shu maqsad va vazifalarning
Hozirgi o'tish davrida xalq xo'jaligining, ayniqsa, uning asosini belgilaydigan tarmoqlarning faoliyatini qo'llab-quvvatlashi, narx-navolarni tartibga solib turishi, soliq solish va qarz berishda ma'lum tabaqalarga imtiyozlar yaratish lozim. Ayni paytda davlatning vazifasi himoya etish bilan chegaralanib qolmaydi. Bozor munosabatlarining qaror topishi davrida davlat islohotlar jarayonida faol ishtirok etishi, uning tashabbuskori bo'lishi kerak. Davlat iqtisodiy erkinliklarni kafolati sifatida iqtisodiyotni tartibga solib ham turadi. Bunda davlatning strategiya va taktikasi puxta ishlangan bo'lishi shart. Mana shu tariqa davlat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichi yuzaga keladi. “Bozorga o'tilgan sari iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy o'zgaradi” 2
Bozor iqtisodiyotining shiddatli to'lqinlari noishlab chiqarish sohasidagi fuqarolarni tang ahvolga solib qo'yishini oldindan faxmlagan Islom Karimov aholini ijtimoiy himoyalashni to'rtinchi tamoyil sifatida e'lon qilar ekan, bunda birinchi navbatda demokratik, huquqiy davlatning xalqparvarlik tabiati va mohyatiga tayandi.
Demokratik islohotlarning dastlabki bosqichida Prezident xalqni, uning barcha qatlamlarini o'tkazilayotgan keng qamrovli islohotlarga professional va ruhan tayyorlashga katta e'tibor berdi. Bu maqsadda u o'zining «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat», «Yangi uy qurmay turib-eskisini buzmang», «O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» va boshqa asarlarini yaratdi. Ularda O'zbekistonning kelajagi, amalga oshirilishi lozim bo'lgan siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarning strategiyalari va taktikasini ishlab chiqdi.
Prezident Islom Karimovning yuqoridagi besh tamoyili O'zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini qaror toptirish borasida asosiy metodologik ko'rsatma bo'lib xizmat qildi. Ammo bu tamoyillarning ayrimlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ham xizmat qilishi, shubhasiz. Masalan, qonunning ustuvorligi, kuchli ijtiomiy siyosat va boshqalar.
Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov taraqqiyotning o'zbek modelini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga asosiy e'tiborni qaratdi. Demak, O'zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha “izm”lardan xoli, adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo'lmog'I darkor. “Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish – bosh vazifadir, -deb uqtiradi Prezident, - O'zbekiston kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir”.3
Yangilanayotgan jamiyatda yashovchi har bir kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi quyidagi yo'llar ham belgilab berildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |